Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari Reja: Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish. Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, o'quvchilarni tabiatni kuzatishga o'rgatish, ularda mehnat ko'nikmaiari va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ana shu muhim talablarni bajarish, avvalo, tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshirish, avvalo, o'quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to'g'ri tashkil qila olishdadir. O'quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to'g'risida aniq tasawurlar hosil qilish, o'rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog'Iash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya'ni tabiatshunoslik fanlarini o'rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o'rnatishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo'llarini qo'llash, o'quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog'lab tushuntirish lozim. Tabiatshunoslik dasturi biotogik, geografik, shuningdek, tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementar tushunchalarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik darslarida eng muhim tushunchalarni ajratib tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta'minlaydi, Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun gumhi to'g'risidagi umumlashgan bilimlardir. Chunonchi, «o'simliklar» tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo'lgan muhit belgilari bilan bir guruhga bir¬lashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o'sadi, rivojlanadi, nafas oladi, ko'payadi, ya'ni tirik organizm hisob-lanadi. Tushunchalarni tasawurlardan farq qifa bilish kerak. Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasawur qilishning mahsulidir. Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasawur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasawur qilish uchun unga qarash kifoya. O'sha qush to'g'risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularni tizimlashtirish bo'yicha fikrlash kerak bo'ladi. Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o'zida butun narsalar sinflga taalluqli umum¬lashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg» tushunchasi daraxt, buta, o't o'simliklarda o'sadigan hamma barglarga taalluqlidir. Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bilan tushunchalar o'rtasida keskin chegara yo'q. Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini tobora ko'proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. U yoki bu narsa yoxud tabiat obyektlari to'g'risida tasawudarning bo'lishi ular to'g'risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tu-shuncha ko'pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum-lashishi sifatida hosil bo'ladi, 1-, 2- sinflarda o'quvchilar «Atrofimizdagi olam» fanidan umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o'tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar vaqtida tabiat to'g'risida aniq tushunchalarga ega bo'ladilar. Umumiy tushunchalarni shakllantirishda o'qituvchi: 1) obyektlarni maqsadga yo'nalgan holda qabul qilib olinishini tashkil etishi; 2) tabiat jismlari va hodisalari to'g'risidagi har bir yangi tushunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari o'zlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.36 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.36 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: doc