Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni Reja: Tabiat ta'lim sohasi «Atrofimizdagi olam» fani boshlang'ich sinfning o'quv rejasidagi predmetlar Tabiatshunoslik kursini o'qitishning asosiy maqsadi Umumta'lim va hunar maktablalining islohoti o'rta va hunar ta'limi tizimini o'zgartirdi, O'zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari qabul qilindi. Ushbu Davlat ta'lim standarti umumiy o'rta ta'limning tarkibiy qismi bo'lgan boshlang'ich ta'limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, o'quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o'quv yuklamasi hajmiga qo'yiladigan me'yor va talablar majmui bo'lib, u davlatning me'yoriy hujjati sifatida e'tirof etiladi. Davlat ta'lim standartining boshlang'ich ta'lim bo'limi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunga va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ga hamda Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida»gi 1998- yil 5- yanvar qaroriga va «Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom»ga asoslangan holda belgilangan. Bu hujijatda quyidagilar qayd etilgan: boshlang'ich ta'limga davlat standarti o'quv fanlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlar 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanishi darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilanadi. Boshlang'ich ta'limga davlat ta'lim standartining belgilanishi shu bosqichda ta'lim mazmuni ko'lamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta'lim standartini belgilash boshlang'ich ta'lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (davr talablari nuqtayi nazaridan yangilashni) ko'zda tutadi. Ushbu davlat ta'lim standartining «Boshlang'ich ta'lim» yo'nalishi asosan 2 qismdan iborat: 1- qism. Kirish. Unda har bir soha bo'yicha qo'yiladigan tatablarning umumiy vazifalari ko'rsatilgan. Jumladan, uning 1.3 qismi «tabiat ta'lim sohasi»ga bag'ish-langan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang'ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg'otish va undan oqilona foydalanishni o'rgatish tabiat ta'lim sohasi orqali amalga oshiriladi. Tabiat ta'lim sohasi bo'yicha standart ko'rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasawurga ega bo'lishi, ularni farqlash, qisqacha ta'riflab berish hamda amalda qo'llay olishga o'rgatish nuqtayi nazaridan belgilanadi. 2- qism. Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar. Buning 2.3 qismi «tabiat ta'lim sohasi» bo'lib, quyidagilarni o'z ichigaoladi: 1. Jonli vajonsiz tabiat. Tabiatni o'rganishusullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar. 2. Koinot. Quyosh - eng yaqin yulduz. Yerning o'z o'qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy - Yerning yo'ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy qismlari: tog', tekislik va okeanlar. 3. Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o'zgarishi. Yog'inlar. Tabiatda suv. 4. Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug'lik hodisalari haqida boshlang'ich ma'lumotlar. 5. O'sirnliklar. O'simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o'simliklar. O'simliklardagi mavsumiy o'zgarishlar. 6. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.73 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:08 ]
Arxiv ichida: doc