Botanika 5 sinf. So'z boshi

Botanika 5 sinf. So'z boshi

O'quvchilarga / Botanika
Botanika 5 sinf. So'z boshi - rasmi

Material tavsifi

Botanika 5. So'z boshi 5-sinf botanika darsligi asosida. 2015. Ma'lumki, ona tabiatni rang-barang o'simliklar olamisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Yer yuzida o'simlik turlari juda keng tarqalgan. Bu o'simliklarni jazirama cho'llardan tortib, to baland tog'lar cho'qqisigacha bo'lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin. O'zbekistonda tabiiy holda o'sadigan yuksak o'simliklarning 4500, O'rta Osiyoda 800, Yer yuzida esa 500 00 dan ortiq turi borligi aniqlangan. O'simliklarning turli sharoitda o'sishi tabiatshunoslik darslaridan sizga ma'lum. O'simliklar o'sishda joy tanlamaydi. Ular suvsiz, qumli va sho'rxok cho'llarda, hamisha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadigan joylarda, inson qadami yeta olmaydigan g'oyat baland tik qoya-toshlarda, g'orlar ichkarisida va suv ostida ham o'saveradi. Tabiatda dengiz, daryo, ko'l va kanallarda, shuningdek, botqoqliklarda o'sadigan o'simliklar ham kam emas. O'simliklar uzoq yillar davomida turli sharoitda o'sishga moslashgan. Tabiatshunoslik darslarida olgan bilimingiz siz uchun yangi fan - biologiyaning bir bo'limi - botanikani yanada mukammal o'rganishingizda katta yordam beradi. Botanika - yunoncha «botane» - ko'kat, o't, o'simlik degan ma'noni bildiradi. Bu fan o'simliklarning paydo bo'lishi, hayoti, tashqi va ichki tuzilishi, rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog'liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini o'rganadi hamda o'rgatadi. O'simliklarning o'sishi va rivojlanishini mukammal o'rganganimiz sari tabiatni asrab-avaylashimiz zarurligini to'liqroq anglab boramiz. Madaniy o'simliklarni to'g'ri parvarish qilishni bilishimiz esa ulardan yuqori hosil olish imkonini beradi. Biz yashab turgan jonli tabiatni o'simliklar olamisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Yashil o'simliklar barcha tirik mavjudot uchun hayot manbayi hisoblanadi. Ulardan hayvonlar, qushlar, hasharotlar hamda suvda yashovchi hayvonlar oziq sifatida foydalanadi. O'simliklar havodagi kislorodni boyitadi. Kislorod bilan esa barcha tirik organizmlar nafas oladi. O'simliklar tuproqning unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi. O'simliklarning odamlar hayotida tutgan o'rni benihoya katta. Ulardan odamlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish mat eriallari, uy-ro'zg'or buyumlari va boshqa narsalar tayy orlanadi. Ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda, ayniqsa, xalq tab obatida ishl atiladigan dorivor o'simliklarga bo'lgan talab yanada orta boshl adi. Tabiatda o'zi va mevasi iste'mol qilinadigan o'simliklar juda ko'p. Rovoch, qulupnay, malina, ukrop, do'lana, tut, olxo'ri va hokazo o'simliklarni bunga misol qilib keltirish mumkin. Aksariyat o'simlik turlar i - shuvoq, yantoq, beda, sebarga, izen, keyreuk, saksovul, jav dar kabilar chorva mol lari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi. O'rta Osiyo hududida ham tabiiy o'simliklar juda qadimdan o'rganib kelinmoqda. O'rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O'zbekiston o'simliklariga oid ma'lumotlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida uchratamiz. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy (973-1048) tabobatga bag'ishlangan Кitob as-Saydana fi ttibb nomli asarida diyorimizda o'sadigan juda ko'p dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar bergan. Abu Rayhon Beruniy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.9 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga