Botanika bog'lari va o'simliklar introduksiyasi

Botanika bog'lari va o'simliklar introduksiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Botanika bog'lari va o'simliklar introduksiyasi - rasmi

Material tavsifi

Botanika bog'lari va o'simliklar introduksiyasi Reja: Botanika bog'lari va uning vazifalari Bioxilma-xillikni saqlashda botanika bog'i ning roli. Respublika etakchi intoduktirlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar Botanika instituti qoshidagi botanika bog'i - Toshkent shaxridagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda o'sadigan o'simliklar dunyosi xar tomonlama o'rganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o'simliklar introduksiyasi va biotexnologiyasiga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Botanika instituti 1932 yilda O'zbekiston Fanlari qo'mitasi qoshidagi o'simliklar xom ashyosi bo'limi asosida shakllangan va 1941 yildan Botanika va tuproqshunoslik instituti deb atala boshlagan. 1948 yilda tuproqshunoslik bo'limi mustaqilinstitut bo'lib ajralib chiqqach, botanikaga oid ishlar Botanika va zoologiya ilmiy tekshirish institutida olib borildi. 1950 yilga kelib mustaqilBotanika ilmiy tekshirish instituti tashkil topdi. 1998 yilda institutga botanika bog'i ko'shilgach, Botanika instituti va botanika bog'i deb ataladigan bo'ldi. Institutda 11 laboratoriya bo'lib, bular orasida deyarli barcha qit'alardan yig'ilgan 1 milliondan ziyod o'simlik nusxalariga ega bo'lgan yirik Milliy gerbariy laboratoriya O'rta Osiyoda yagona laboratoriya hisoblanadi. Institut bevosita tabiatda ish olib boradigan «Qizilkum cho'l stansiyasi» ga, G'arbiy Tyanshan (Ugom tizmasi) da va Orol dengizi bo'yida joylashgan tayanch nuqtalarga ega. Institutda o'simliklar qoplami, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, paleobotanika, o'simliklar xom ashyosi, anatomiyasi, tsitoembriologiyasi, Orol dengizi atrofidagi qurib qolgan erlarni qayta o'zlashtirish, chorva mollari uchun emxashak bazasini tashkil etish, ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalashga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonning tabiiy florasi va o'simliklar jamoasini o'rganish ustida olib borilgan fundamental tadqiqotlarnatijasida 4370tur, 1023 turkum va 138 oilani o'z ichiga olgan va Beruniy mukofotiga sazovor bo'lgan 6 jildli (rus tilida) «O'zbekistonflorasi», 125 oilaga mansub 8097 tur va 1152 turkumni o'zida mujassamlashtirgan 10 jildli «O'rta Osiyo o'simliklari aniklagichi», 10 jildli «O'zbekiston zamburug''lari florasi», «O'rta Osiyo suv xavzalari suvo'tlari florasi», 3 jildli «O'rta Osiyo ko'kyashil suvo'tlar aniklagichi», 2 jildli «Zarafshon florasi va o'simliklari», 2 jildli «O'rtaOsiyo va Janubiy Kozog'iston o'simliklari», 4 jildli «Uzbekistan o'simliklar qoplami va undan oqilona foydalanish», 3 jildli «O'zbekiston paleobotanikasi», «Uzbekistan Qizil kitobi», «Cho'l o'simliklarining ekologik anatomiyasi» kabi 120 dan ziyod monografiya va to'plamlar nashr etildi. Institutda olib borilgan ilmiy tekshirish ishlari o'z maktablari bilan dunyoga tanilgan E.P. Korovin, A.M. Muzaffarov, K.Z. Zokirov, J.K. Saidov kabi olimlar faoliyati bilan bevosita bog'liq. Institut Germaniya, Angliya, Hindiston, Finlyandiya, Isroil, Xitoy, Vetnam, Turkiya hamda MDX davlatlari bilan hamkorlikda ilmiy tekshirish ishlari olib boradi. Institutda botanikaning turli sohalariga bag'ishlangan xalqaro simpoziumlar o'tkazib kelinadi, jumladan 1998 yil may oyida «Janubiy - G'arbiy Osiyo va O'rta Osiyo o'simliklari hayoti» nomi ostida botaniklarning xalqaro anjumani o'tkazildi. Institutda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.25 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.25 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga