Botanika faniga kirish. O'simlik hujayralarining tuzilishi

Botanika faniga kirish. O'simlik hujayralarining tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Botanika faniga kirish. O'simlik hujayralarining tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Hujayra haqidagi ta'limot asoslari. 2. Hujayra va uning qismlari. 3. Hujayraning bo'linish hodisasi. 4. Fermentlar, vita'minlar, antibiotik va fitonsidlar. 5. Hujayraning kimyoviy tarkibi. Angiliyalik fizik Robet Guk o'zi takomilashtirgan mikroskop bilan 1665 - yilda o'simlik hujayradan iborat ekanligini kashf etdi. XIX asrning birinchi yarimidagina hujayrada yadro, protoplazma borligi aniqlandi. XIX asrning oxirida S.G. Navashin gulli o'simliklarda qo'sh urug'lanish hodisasi borligini kashf etdi. Biz endi yuksak va tuban o'smiliklar organlarining hujayralardan iborat ekanligini, ya'ni ichi yarim suyuq modda bilan to'lgan, bir - biridan pishiq to'siq bilan ajralgan, ko'pi o'z to'sig'i orqali suyuqlikni o'tkazadigan juda mayda alohida pufakchalar yoki hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. Bu hujayralarni ko'rishda mikroskopdan foydalaniladi. Yirik hujayralarni masalan: pishgan olma, tarvuz, ildiz tukchalari, paxta tolasi hujayralarini ko'z bilan ko'rsa bo'ladi. Yorug'lik mikroskopida 200 marta kattalashtirib ko'rsatsa, elektron mikroskopida 200 marta kattalashtirib ko'rish mumkin. Yorug'lik mikroskopida hujayraning quyidagi qismlari 1. Sitoplazma. 2. Hujayra shirasi - vakuola. 3. Po'sti. 4. Yadrosi ko'rinadi. Elektron mikroskopda esa membrana, teshikcha (porasi), yadrocha, mitoxondriya, endoplazmatik to'r, plastidalar, vaukola, Gol'dji apparati, ribosomalar ko'rinadi. O'simlik hujayrasi o'z ichidagi suyuqlikni o'rab olgan po'stiga ko'ra, ma'lum shaklda bo'ladi, shakli jihatidan hujayra parenxima va prozenxima hujayralariga bo'linadi. Parenxima hujayra uzunligi, kengligi, balandligi taxminan bir xil. Prozenximali hujayralar ikki tomoni uchlangan uzunasiga cho'zilgan bo'ladi. Sitoplazma va yadro hujayraning asosiy elementlaridir. O'simlik hujayrasidan bundan tashqari plastidalar, mitoxondriya, ribosoma va boshqa elementlar bor. Bu organoidlarning yig'indisi protoplast deyiladi. Yadrosiz ko'k yashil suv o'tlari va bakteriyalar. Yadro o'rnida uning vazifasini bajaruvchi DNK (dizeksiribonuklein kislota) uchraydi. Hujayra organelalaridan tashqari sitoplazmada hujayraning umumiy modda almashuvida qatnashadigan turli qo'shimchalar moy tomchilari, kraxmal, kristallar va boshqalar bor. Bular zahira oziqlantiruvchi moddalardir. Yorug'lik mikroskopi yordamida gialoplazma deb ataluvchi bir tarkibli suyuq modda unga yopishgan donachali zarrachalar granulalar ajratiladi. Demak, giaplazma bu sitoplazmaning matriksidir. Sitoplazmada bir qancha organellar mavjud, endoplazmatik to'r, ribosoma, Gol'dji apparati, sferasoma. Sitoplazmaning kimyoviy tarkibi organik moddalar SO2, O2, H, N, Ca, K, P, Cu, rux, kobal't va boshqalar bor. Oddiy oqsillar sitoplazmada giston, protamin, al'bulin va globulinlar bor. Murakkab oqsillar oddiy oqsil birikmalar - lipidlar, uglevodlar, hamda nuklein kislotalardan tashkil topgan. Hujayra 3 qavatdan tashkil topgan. 1) Tashqi qavat - plazmallema. 2) O'rta qavat - mezoplazma. 3) Ichki qavat - tonoplast deb yuritiladi. Plazmollema - hujayra po'sti bilan hujayraning ichki qismini bog'lab turadigan yupqa membriana. U silliq tuzilgan bo'lsada granula tuzilishga ega, o'tkazuvchanlik jarayonida hujayra po'stini hosil qilishda ishtirok etadigan moddalarning shilimshiqlanishini tartibga solib turadi. Tarkibi - 2 ta oqsil va 1 ta lipid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.51 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.51 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga