BOTANIKA FANIGA KIRISH ASOSIY SAVOLLAR Botanika faniga kirish Botanika fanining rivojlanish tarixi Botanika fanining asosiy bo'limlari va usullari O'simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati BOTANIKA FANIGA KIRISH Botanika - o'simliklar haqidagi fan. Botanika atamasi yunoncha botane so'zidan olingan bo'lib, ko'kat, o'simlik degan ma'nolarni anglatadi. Demak, botanika umuman o'simliklar to'g'risidagi fan bo'lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. O'simliklar qadim zamonlardan ayni vaqtgacha tabiat va insonlar hayotida katta ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Yer yuzida tuban va yuksak o'simliklarning 500 mingdan ortiq turlari o'sadi, shulardan 2 ajdod (sinf), 533 oila va 1300 turkumga mansub 250 mingdan ziyod turlari gulli (yopiq urug'li) o'simliklar yoki magnoliyatoifalar bo'limi tashkil etadi. O'zbekistonda 4500 dan ortiq turlari uchraydi. O'simliklar dunyosi sodda tuzilishga ega bir hujayrali o'simliklardan tarixiy taraqqiyot jarayonida asta-sekin takomillashib borgan. Natijada murakkab tuzilishga ega va hozirgi paytda Yer yuzi o'simliklar qoplamida dominantlik qilayotgan gulli (magnoliyatoifa) o'simliklar paydo bo'lgan. Hozirda O'zbekiston botaniklari oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda o'sadigan o'simlik guruhlarini muhofaza qilgan holda, to'qay, cho'l, dasht, o'rmon, tog' va yaylov kabilar doirasida introduktsion biologiya darajalarini chuqur o'rganib ulardan insonlar hayotini yaxshilashda, qishloq va xalq xo'jaligida ayniqsa Orol bo'yi muammolarini hal qilishda keng foydalanishni hal etishdir. BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI O'simliklarni o'rganish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Botanika to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan oldingi IV asrlarda paydo bo'lgan. Dastlab o'simliklardan faqat oziq-ovqat manbai sifatida foydalanilgan. Arxeologik ma'lumotlarga ko'ra, Misrda dorivor, oziq-ovqat va boshqa foydali o'simliklardan eramizdan avvalgi 600-500 yillar oldin foydalanilgan. Botanika fanining rivojlanishida dorishunoslarning roli benihoya katta bo'lgan. Dorivor o'simliklarni ilmiy asosda o'rganishga Gippokrat, Aristotel, Dioskorid, Pliniylar katta hissa qo'shishgan. BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI Botanika fani bundan 2400 yil oldin yuzaga keldi. Mashhur yunon faylasufi va tabiatshunos olimi Aristotel (yer.av. 384-322 yy.) o'simliklar haqida ancha ma'lumotlar to'plagan. Uning «O'simliklar nazariyasi» nomli kitobi bizning davrimizgacha etib kelmadi. Aristotelning shogirdi Teofrast (yer.av. 371-286 yy.) o'simliklar haqidagi ma'lumotlarni to'pladi va ularning tasnifini yaratdi. Ular 600 ta o'simlik turlarini ajrata olishganlar. Teofrast o'zining qarashlarini 10 tomli O'smliklarni tabiiy tarixi asarida bayon etgan. O'simliklarni tashqi qiyofasiga asoslanib to'rt guruhga: daraxt, buta, chala buta va o'tlarga ajratadi. Ildiz, poya va bargni ahamiyatini yozadi, lekin meva va urug'ni farqini aniq tasavvur etolmagan. BOTANIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI Qadimgi yunon va rim tabiatshunoslarini ishlarida botanika mustaqil fan tariqasida rivojlanmasdan qoldi, chunki o'sha davrdan tabiatshunoslar asosan dorivor va dehqonchilik uchun kerakli o'simliklarni izohlash bilan cheklandi. Jumladan Rim tabiatshunosi Pliniy Starshiy (23-79 yy.) ―Tabiat tarixi degan asarda 100 ga yaqin o'simliklarni tasvirlab, dorivor o'simliklarga ko'proq e'tibor bergan. Yunon ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.69 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.69 MB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: pptx