Botanika fanining qisqacha rivojlanish tarixi. Reja: Botanika fanining rivojlanish davrlari. Fanning rivojiga hissa qo'shgan tariviy manbaalar. Botanika fanining rivojlanish tarixi jamiyatning rivojlanish tarixi bilan bog'liq. Ibtidoiy odamlar hayotining dastlabki davrlaridan boshlab foydali va za-rarli o'simliklarni ajrata bilganlar. Insoniyat ehti-yojlarini qondirish maqsadida atrofini o'rab olgan ta-biatdan oziq-ovqat uchun har xil o'simliklarning urug', meva, don va tugunaklaridan foydalangan. Ularni qaerda va qachon o'sishini o'rganib, madaniylashtirib asta-sekin-lik bilan dehqonchilikka asos solgan. Natijada dehqon-chilik usullari takomillashib xalq botanikasi paydo bo'lgan. O'simliklar haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlar qadimgi Xitoy, Hindiston, Misr, Yaqin Sharq mamla-katlari xalqlari orasida bo'lgan, lekin o'sha qo'lyozmalar bizgacha etib kelmagan. Mashhur olim, yunon faylasufi va tabiatshunosi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) o'simliklar haqida ancha ma'lumotlar to'plagan. Uning o'simliklar nazariyasi kitobi bizgacha etib kel-madi. Aristotelning shogirdi Teofrast (371-286 yil-lar) botanika tarixida birinchi bo'lib, O'simliklarning tabiiy tarixi kitobida o'simliklarni tashqi qiyofasi-ga asoslanib to'rt guruhga: daraxt, buta, chala buta va o'tlar-ga ajratgan. Ildiz, poya va bargning ahamiyatini yozgan, lekin meva va urug'ning farqini aniq tasavvur etolma-gan, Teofrast juda ko'p o'simliklarni bilgan, ulardan foydalanish va sun'iy sharoitda o'stirishga alohida eti-bor bergan. Teofrastning asarlari botanika rivojlani-shida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Shuning uchun Karl Lin-ney uni botanika fanining otasi deb atagan. Qadimgi Yunon va Rim tabiatshunoslarining ishla-rida botanika mustaqil fan tariqasida rivojlanmasdan qoldi, chunki o'sha davrdagi tabiatshunoslar asosan dori-vor va dehqonchilik uchun kerakli o'simliklarni izohlash bilan cheklandi. Jumladan Rim tabiatshunosi Pliney (kattasi 23-79 y.) Tabiat tarixi degan asarida 100 ga yaqin o'simliklarni tasvirlab, dorivor o'simliklarga ko'proq etibor bergan. Yunon olimi Dioskarid (yangi eraning 79 yilida vafot etgan) o'zining Dorivor modda-lar degan kitobida 500 dan ortiq o'simliklarni ta'rif-lab, ularning tarqalgan va o'sadigan joylarini bayon et-gan. Uning bu asari botanika va tib tarixidan muhim o'rin egallagan. IX-X asrlarda islom mamlakatlarida tabiatshunoslar ko'paydi. Shulardan biri Abu Sulaymon Hindiston, Xi-toy o'lkalariga sayohatga borib u yerda juda ko'p miqtsorda shifobahsh o'simliklarni yig'di. Biroqo'rta asr feodaliz-mi zulmi ostida hamma sohalardagi kabi botanika fani-ning rivoji ham vaqgincha to'xtadi. Shunga qaramasdan mash-hur olim Abu Ali ibn Sino (980-1037) asarlari botanika fanining rivojida katta turtky bo'ldi. Uning Alqonuni fit tib, yani Tib qonunlari asari O'rta Osiyo, Yaqin Sharqva Yevropamamlakatlarida XV-XVII asrlar davomi-da bir necha marta nashr etildi va botanika fanining ri-vojlanishiga salmoqli ta'sir etdi. Botanikaning rivojlanishi XV asrga, yani uyg'onish davriga to'g'ri keldi. Bu davr buyuk geografik kashfiyotlar bilan xarakterlanadi. 1492 yilda Xristofor Kolumb Ame-rikaga, 1498 yili Vasko de Gama dengiz yo'li orqali Af-rika qirg'oqlarini aylanib Hindistonga boradi. U yer-dan juda ko'p miqdorda manzarali va oziq-ovqat, dori-darmon ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.67 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: doc