Bug'doy- ahamiyati, biologiyasi va etishtirish texnologiyasi Reja: Bug'doy- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi Bug'doy biologiyasi va navlari Bug'doy etishtirish texnologiyasi Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Bug'doy eng ko'p tarqalgan asosiy donli ekinlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyo xalqlarining yarmidan ko'prog'i oziq-ovqat sifatida bug'doy nonidan foydalanadi. Bug'doy nonning tarkibida oqsil va kraxmal ko'p, oqsil moddalar asosan kleykovina tarkibida bo'lganligi uchun uning unidan sifatli non tayyorlanadi. Bug'doy noni o'zining tami, to'yimliligi va hazm bo'lishi bilan yuqori baholanadi. Bug'doy donining tarkibida uning naviga, ekish shapoitira qarab 11,0% dan 18-19% gacha oqsil moddasi bo'ladi. Bug'doy nonidagi oqsilni hazm bo'lishi 95% ni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bug'doy donidan yorma tayyorlanadi, uning uni makaron va konditer sanoatida ishlatiladi. Bug'doyning somoni va poxoli em-xashak sifatida chorva mollariga beriladi, yanchishdan chiqqan chiqindilari yuqori sifatli ozuqa hisoblanadi. Texnikada bug'doy donidan spirt, kraxmal, kleykovina, dekstrin, kley va boshqa har xil mahulotlar olinadi. Bug'doy donining sifati, yani tarkibidagi oqsil, kleykovina uning naviga, bug'doy etishtirilayotgan mintaqaning tuproq-iqlim sharoitiga qarab o'zgaradi. Kelib chiqishi va tarqalishi. Bug'doy eng qadimgi madaniy o'simliklardan hisoblanadi. U Misrda eramizdan 600 yil oldin ekilgan, 6u davrda Misrda sug'oriladigan dehqonchilik rivojlangan. Zakavkazeda, Ukrainada, Yevropava Osiyoda bug'doy eramizdan 400 yil oldin ekilgan. Bug'doyning kelib chiqishi va uning birinchi ekilgan mintaqalari to'g'risida aniq bir ma'lumot yo'q. Lekin hozirgi vaqtda ham Armaniston, Gruziya va Ozorbayjonning tog'li tumanlarida bug'doyning juda ko'p yovvoyi turlari uchraydi. Shunga ko'ra bug'doyning kelib chiqish markazi Zakavkaze deyiladi. Hozirgi vaqtda bug'doy butun yer yuzida o'zining ekin maydoni bo'yicha boshqa ekinlar orasida birinchi o'rinda turadi, u ekin maydonining 216 mln. gektarni (FAO, 1994) tashkil qiladi. Bug'doyni ko'p ekadigan mamlakatlarga Rossiya, Xitoy, Amerika Qo'shma Shtatlari, Hindiston, Kanada, Argentina, Fransiya va boshqa bir qator mamlakatlar kiradi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bug'doy asosiy ekinlardan biri hisoblanib, uning ekin maydoni 1,3 mln gektarni tashkil qiladi. Bug'doyning hosildorligi. O'z6ekistonda bug'doy juda yuqori hosil beradi. Lekin lalmi erlarda boshoqli don ekinlarni hosildorligi yog'ingarchilik miqdoriga bog'liq. Sug'oriladigai erlarda kuzgi bug'doy hosili ko'pchilik tuman va ilg'or dehqon-fermer xo'jaliklarida 35-40 tsentnerni tashkil qilmoqda. Sistematikasi - Bug'doy qo'ng'irboshlilar oilasiga (Roaseae), Triticum L avlodiga mansub. Bu avlod 1976 yilda VASXNIL akademik D.D.Bregidov ma'lumoti bo'yicha 27 ta madaniy va yovvoyi turlariga ega. Bug'doyning hamma turlari shaxsiy hujayradagi xromosomalar soniga qarab 4 ta genetik guruhlarga bo'linadi. Bug'doyning turlari yuqorida keltirilgan genetik guruhlardan tashqari morfologik va xo'jalik belgilariga qarab hamma madaniy turlar ikki guruhga bo'linadi. 1. haqiqiy yoki yalong'och donli bug'doy. 2. Polbosimon yoki urug'i qobig'li bug'doy. Butun yer yuzida bug'doyni ko'p ekadigan mamlakatlarda yumshoq va qattiq bug'doy turlari ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 08:52:34
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.08 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 08:52 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.08 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: doc