BURChOQDOShLAR OILASI VA ULARNI DORIVORLIK xususiyatLARI Mashg'ulotning maqsadi: Fabaceae-Burchoqdoshlar (Dukkakdoshlar) - oilasining o'ziga xos morfologik belgilarini, klassifikatsiyasini, hayotiy shakllarini, tarqalishini, keng tarqalgan turlarini lotincha nomlarini va xalq xo'jaligidagi hamda xalq tabobatidagi ahamiyatini o'rganish. Mashg'ulotning qisqacha mazmuni: Burchoqdoshlar - Fabaceae oilasi eng katta oilalardan biri bo'lib, 500 turkumga mansub 1200 turni o'z ichiga oladi. Bu oila vakillari yer sharining hamma quruqliklarida uchraydi. O'zbekistonda esa 57 turkumga mansub 528 turi o'sadi. Bu oilaga o'tlar, chala butalar, butalar, lianalar, bazan daraxtlar ham kiradi. Ularning barglari murakkab patsimon, panjasimon, uch bo'lakchali, goho oddiy bo'ladi. Gullari ikki jinsli, gulyon barglari bor. Gulkosachabargi 4-5 ta, gultojisi ham 4-5 ta, changchisi 10 ta, shundan 9 tasi qo'shilib o'sgan, bittasi alohida. Bu oila 3 kenja oila - mimozadoshlar (Mimosaceae), tsezalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseae yoki Fabaceae)ra ajratiladi. Burchoqdoshlar ‒ Fabaceae oilasiga beda (Medicago), qashqarbeda (Melilotus), sebarga (Trifolium), esparset (Onobrichus), no'xat (Cicer), burchoq (Lathyrus), yasmiq (Lens), boqla (Vicia), miya (Glycyrrhiza), yantoq (Alchagi), afsonak (Thermopsis), ko'kno'xat (Pisum), astragal (Astragalus) kabilar kiradi. Oilaning eng yirik turkumi astragal (Astragalus) bo'lib, unga 3300 ga yaqin tur kiradi. Beda ‒ Medicago. Bir va ko'p yillik o'tlar, bazan bargi uch bo'lakchali chala butalar. Bularga eng muhim em - xashak o'simliklari kiradi. O'zbekistonda 8 turi o'sadi. Bedaning bitta Medicago sativa nomli turi em - xashak sifatida keng maydonlarda ekiladi. Mo'tadil iqlimli muhitlarda istiqomat qiluvchi kishilarga no'xat, beda, mosh, loviya o'simliklari ularning yoshliklaridan tanish. Tropiklarda o'sadigan yomg'ir daraxti yoki saman va dunyodagi eng chiroyli daraxtlardan biri, bazan, o'rmon yog'dusi deb ataladigan qirollik deloniksi malum va mashhurdir. Burchoqdoshlar oilasi hozirgi kunda 500 ga yaqin turkumlarni o'z ichiga olgan. Gulli o'simliklar ichida turlarining xilma-xilligi, sonining ko'pligidan bu oila Orxideyadoshlar va murakkabguldoshlar oilasidan so'ng uchinchi o'rinda turadi. Burchoqdoshlar - ko'p hollarda bo'yi baland, bazan, 80 m.gacha etadigan daraxt, buta, butacha, chalabuta va o't o'simliklardir. Daraxtsimon va o'tsimonlar orasida chirmashib o'sadiganlari ham bor. Ularning uzunligi 60-80 metrlargacha boradi. Burchoqdoshlar orasida o'simliklar olamining g'aroyib xususiyatlari ham bor. Ulardan albitsiyaning o'roqsimon deb ataladigani barcha daraxtlar ichida eng tez o'sadi. Dunyoda eng yengil yog'ochlik beradigan daraxt eshinomena virjiniya hisoblanadi. O'tsimon burchoqdoshlarning 70 %ga yaqin turlarida, mimozalarning 10-15 % o'simliklarining ildizlarida tuganaklar bo'ladi. Ular shakli va kattaligiga ko'ra turlicha bo'lib, rizobium bakteriyasining ildiz to'qimasining parenximasiga kirib olishi va u yerda rivojlanishi natijasida hosil bo'ladi. Tuganaklari bo'lgan dukkakli o'simliklar har yili bir gektar tuproqni 100-140 kg. azot bilan boyitadi. Burchoqdoshlarning yaproqlari yon bargchali murakkab, barvaqt to'qilib ketadi. Ko'pchiligida yaprog' ikki karra murakkab juft patsimon. Murakkab toq ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.98 MB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: pptx