Reja: 1. Changlanish va otalanish haqida tushuncha. 2. O'z-o'zidan va chetdan changlanish. 3. Mikrosporogenez va makrosporagenez taraqqiy etishi va rivojlanishi. 4. Uruglanish. 5. Gulli yoki yopiq uro'g'li o'simliklar. 6. yopiq uro'g'li o'simliklar urug ko'rtagining tuzilishi 7. yopiq uro'g'li o'simliklarning ko'shalok otalanishi. 8. Meva hosil bo'lishi. 9. Oddiy meva va murakkab meva. 10. To'p meva. 11. Urug. 12. Uruglarni tuzilishi va tiplari. Changlanish- otalanish. Changning otalanish changdonidan onalik ogizchasiga kelib tushishi changlanish deyiladi. Changlanishi 2 xil bo'ladi: 1. O'zidan changlanish-Avtogamiya 2.Chetdan changlanish-Ksenogamiya 3. O'z-o'zidan changlanish. Bu jarayon kuyidagicha kechadi. 1) Avtogamiya - urugchining tumshukchasiga shu gulning changdonidan chikkan chang tushadi. Bunday changlanish asosan 2 jinsli gullarida o'tadi. 2) Geytenogamiya - bir o'simlik individuli o'rtasida bo'ladi, yani bir gul changdonidan chikkan chang shu o'simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshukchasiga tushadi. 3) Kleystogamiya - bunda gul ochilmasdan oldin, yani yopiqlik paytida changlanish bo'ladi. Kleystogam gullarni binafsha (viola), eryongok (Arachis), arpa (Hordeum) o'simliklarida ko'rish mumkin. Buyuk biolog Charlz Darvin o'zining 27 yil mobaynida o'simlik gulining tuzilishini o'rgandi. Ch.Darvin changlanish usullarini tekshirib ko'rdi. Darvin o'simliklarning o'zidan changlanishi tabiatda ozrok bo'lishi, chetdan changlanish esa ko'prok bo'lishini ko'rdi. Darvin o'simliklarning o'zidan changlanishida hosili sog'lom bo'lmasligini, chetdan changlanishda hosili sog'lom va o'zgaruvchan bo'lishini takidlab o'tadi. Ivan Vlad, Michurin o'simliklarning chetdan changlanishini evolyutsiya taraqqiyot davrida progressiv faktor deb hisobladi. O'zidan changlanuvchi o'simliklarga: arpa, bugdoy, no'xat, loviya, suli, tarik, pamidor, go'za, zigir kiradi. Bu o'simliklar bazan chetdan ќam changlanib turadi. Bazan paxta, zigir 3-5% chetdan changlanadi. Bazida ularda chetdan changlanish 50% gacha boradi. Fakat o'zidan changlanuvchi o'simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko'rimsiz va ochilmaydigan bo'ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryongok (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryongokning yer ustidagi gullari hosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari hosil beradi. Binafsha (viola) ning baќorgi chiroyli gullari hosil bermaydi. Yozgi ko'rimsiz gullar esa hosil beradi,o'zidan changlangan bo'ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi bazi o'simliklarning loviya, no'xat gunchalik vaqtida o'zidan changlanadi. Arpa, bugdoylarning ќam gullari kinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib ko'yadi. O'simliklarning ko'pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ќam chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo'lsa ќam ular bir vaqtda voyaga etmaydi. Bunday hodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Bazan o'simliklarning otaligi oldin etishadi. Bunday o'simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o'simliklar misol bo'ladi. O'simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari etishi hodisai ќam bo'ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Bazan o'simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo'ladi. Bular geterostiliya deyiladi. M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum). Shuningdek bazi o'simliklarning otalik ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.42 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:09 ]
Arxiv ichida: doc