Changlanish, changni unishi va chang nayining o'sishi

Changlanish, changni unishi va chang nayining o'sishi

O'quvchilarga / Botanika
Changlanish, changni unishi va chang nayining o'sishi - rasmi

Material tavsifi

Changlanish, changni unishi va chang nayining o'sishi Reja: Changlanish turlari Chang donasini unishi Chang nayining o'sishi O'simliklar olamining juda katta qismi uchun yangi organizmni hosil bo'lishida erkak va urg'ochi gametalarni urug'lanish jarayonida qo'shilishi lozim. Bu hodisa amfimiksis deb nomlanadi. O'simliklarda urug'lanish sodir bo'lishi uchun avvalo changlanish ro'y berishi ya'ni, chang donalarini urug'chining tumshuqchasiga tushishi, chang donalari unishi, chang nayini hosil qilishi, spermiylarni mo'rtak xaltaga yetib borishi lozim. Mana shu jarayonni qanday amalga oshishini birinchi marta Amichi (1824) tomonidan o'rganilgan. CHANGLANISH TURLARI Tadqiqotchi mutaxassislarning olib borgan kuzatuv natijalariga ko'ra, hozirda changlanishning to'rt xil tarzda ro'y berishi aniqlagan. Jumladan: Avtogamiya - o'zidan changlanish, bir gulning changi shu guldagi urug'chining tumshuqchasiga kelib tushishiga aytiladi. Avtogamiya (autos - o'z-o'zidan, gamos - qo'shilish) degan ma'noni anglatadi. Allogamiya yoki ksenogamiya - chetdan changlanish, urug'chi tumshuqchasiga boshqa o'simlikning chang donasini kelib tushishiga aytiladi. Ksenogamiya (xenos - chetdan) degan ma'noni anglatadi Kleystogamiya - yashirin changlanish ochilmagan gulda urug'chining tumshuqchasiga o'sha gulning changdonidagi chang donasini tushishiga aytiladi. Kleystogamiya (kleiston - yopiq, yashirin) degan ma'noni anglatadi. Bunda chang donalari urug'chining tumshuqchasiga to'kilmaydi, ochilmagan chandondan una boshlaydi, u yerdan chang nayi urug'chining tumshuqchasigacha yetib keladi. Shundan keyin urug'chining ustunchasi bo'ylab urug'kurtakka yetib boradi. Geytenogamiya - changlanish bir uyli ayrim jinsli o'simliklarda ro'y beradi. Bu xildagi changlanishda urug'chi gullar shu o'simlikning changchi gullaridagi chang donalari bilan changlanadi. Gulli o'simliklarda chetdan changlanish - allogamiya, o'zidan changlanish - avtogamiyaga nisbatan ko'p uchraydi va nisbatan progressiv belgi hisoblanadi. Ayrim olimlar fikriga ko'ra o'zidan changlanuvchi gulli o'simliklar o'ziga xos boshi berk rivojlanish deb qaraydilar. Yopiq urug'li o'simliklardagi changlanishning bir xilidan ikkinchi xiliga o'tish hodisasi ham o'ziga xos hisoblanadi. Mana shu holatdagi changlanish evolyutsiya jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, chetdan changlanish o'simlikda geterozigotalikning darajasini orttiradi, o'zidan changlanish esa o'simliklarning hatto yangi tur darajasida hosil bo'lishini ham cheklashga olib keladi. Dastlabki yopiq urug'li o'simliklar asosan chetdan changlanishga moslashgan deb hisoblanadi. Shu bilan birga chetdan changlanish sharoiti bo'lmagan hollarda o'zidan changlanish ro'y bergan. Bir qator o'simliklarda chetdan changlanishning o'zidan changlanish bilan almashishi tashqi muhit omillari ta'sirida, ayniqsa gullashi oxirlab qolganda ro'y beradi. Chang donalarini bir o'simlikning gulidan ikkinchi o'simlikning guliga o'tishi turli vositalar: shamol yordamida - anemofiliya, suv oqimi yordamida - gidrofiliya, hasharotlar yordamida - entomofiliya, qushlar yordamida - ornitofiliya, sut emizuvchilar yordamida - animalofiliya, hatto chumolilar yordamida - mirmikofiliya amalga oshadi. Changlanishlarning qaysi bir usuli evolyutsiyada dastlabki ekanligi haqida bir guruh tadqiqotchilar (N.I.Kuznetsov, 1936) shamol yordamida changlanishni birlamchi, boshqa guruh tadqiqotchilar (A.L.Taxtadjyan, 1954, 1961, 1964, 1966, 1970, Ims, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.08 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga