Chetdan changlanish usullari. Biotik changlanish Reja: Zoofiliya. Entomofiliya. Sapromiofiliya (kopkonli gullar). yopiq uro'g'li o'simliklarning asosiy changlanish usullari -biotik hamda abiotik omillar yordamida amalga oshadi. Biotik omillar yordamida changlanishga, asosan, hayvonlar yordamida changlanish usullari kiritiladi (yun. Zoon-hayvon, filiya-muadbbat, dustlik manosini anglatadi). Abiotik omillar yordamida changlanish usullari esa shamol va suv oqimlari yordamida amalga oshadi. Aksariyat changlanish usullarining maxsus atamalari bo'lib, bu atamalarning ikkinchi kismiga-filiya kushimchasi kushiladi. Zoofiliya - birinchi navbatda xasharotlar (entomofiliya) hamda kushlar (ornitofiliya), kurshapalaklar (xiropterofiliya) va boshqa hayvonlar yordamida changlanish usullaridir. Entomofiliya. Xasharotlar fakatgina gul evolyutsiyasidagina emas, balki uning kelib chikdshida xam kagga ahamiyatga ega bo'lgan. Dastlabki yopiq uro'g'li o'simliklar, ehtimol, ikki jinsli gullarga ega bo'lgan, lekin ularda nektardonlar bo'lmagan. Xashoratlarning gulga tashrifi esa ularning changlar bilan oziqlanishi asosida bo'lgan. yopiq uro'g'lilardagi ayrim jinslilik va shamol yordamida changlanish ikkilamchi, yani keyinchalik paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Entomofiliyaning taraqqiy etishida ikki davrga - qadimgi va zamonaviy davrlar ajratib kursatiladi (Grinfeld,1983). qadimgi davrda entomofiliya sodda ko'rinishga ega bo'lib, shamol yordamida changlanishdan ustunlikka ega bo'lmagan. Xasharotlar gulga fakat changlar bilangina jalb etilgan. Changlanish dastlab kungizlar yordamida amalga oshgan (kantarofiliya). Mezozoy erasining Bur davrida gullarda nektardonlarning paydo bo'lishi va ularning nektar ajrata boshlashi bilan entomofiliyada katta o'zgarish sodir bo'lgan. Nektar va gul changi xashoratlarning asosiy ozigiga aylanishi xasharotlarni gulga jalb etishini kuchaytiradi. Nektar changlovchi xasharotlar tarkibini xam uzgartirgan. Dastlabki changlovchilar kungizlar bo'lgan bulsa, keyinchalik changlovchilar katoriga pardakanotli, kushkanotli va tangachakanotli xasharotlar kushilgan. Bunday o'zgarishlar gulli o'simliklarning Bur davrida kuchli taraqqiy etishiga sababchi bo'lgan. Shu vshstdan boshlab entomofiliya rivojining ikkinchi davri boshlanadi. Nektar o'simliklarning chetdan changlanishida muhim rol uynay boshlaydi. Uning paydo bo'lishi xasharotlar va yopiq uro'g'li o'simliklar orasida yangi turlarning paydo bo'lishiga olib kelgan. Gullarning diametri kichrayib, tojibarglarning naychalari uzunlashgan. Bu esa o'z navbatida xasharotlar xartumchalarining rivojlanishiga olib kelgan. Pardakanotli, kulpkanotli va tangachakanotli xasharotlar asosiy changlovchilarga aylanishgan. Umurtkali hayvonlar (kushlar, kurshapalaklar, kemiruvchilar) asalshirali o'simliklar taraqqiyotiga keyinchalik kushilishgan, lekin ular tropik urmon o'simliklarining changlanish jarayonida muhim rol uynay boshlagan. Malumki, xasharotlar guldan ozik (gul changi va nektar) olish uchun kelishadi. Bundan tashqari, ular gullarga boshpana yulab, gullarga tuxum krish, qurilish materiallarini yigish va boshqa sabablarga ko'ra kunishadi. Gul changi xasharotlar guldan oladigan asosiy ozik manbai hisoblanadi. Ularning tarkibida oqsillar, gglar, uglevodlar, fermentlar va vita'minlar yuqori sifatli ozikalar hisoblanadi. Shu sababli xasharotlar nafaqat entomofil, balki anemofil o'simliklar gul changini xam yigishadi, bunda ularni changlantirishmaydi. Chang hosil kiladigan anemofil o'simliklar changlovchi xasharotlarni chalgitishi natijasida bazan entomofil o'simliklar changlanishiga bilvosita ta'sir xam ko'rsatishi mumkin va ularning changlanish intensivligi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.33 MB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: doc