Chinnigulkabilar kichik ajdodi Reja: Chinigulnamolar qabilasi Semizo'tdoshlar oilasi Kaktusdoshlar oilasi Chinniguldoshlar oilasi Gultojixo'rozdoshlar oilasi Sho'radoshlar oilasi Toronnamolar qabilasi Torondoshlar oilasi Karmaknamolar qabilasi Karmakdoshlar oilasi. Mazkur ajdodcha 3 qabila, 19 oila, 650 turkum va 11500 ga yaqin turni birlashtiradi. Bu sinfcha vakillari bir yillik, ko'p yillik o'tlar, yarimbutalar, butalar yoki kichikroq daraxtlardan iborat. Yog'ochligining naychalari oddiy perforatsiyali. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, gul qismlari halqa (sikl) tarzida joylashgan. Ginetsey (mevachi) apokarp yoki sinkarp. Mo'rtagi to'g'ri yoki egilgan. Chinnigulkabilar qadimgi ayiqtovonlarning ayrim vakillaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Taraqqiyot jarayonida deyarli barcha turlari ancha quruq iqlimli sharoitlarda o'sishga moslashgan, ammo ularning ayrim turlari o'rmon, o'tloq va baland tog'-yaylov mintaqalarida ham tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu ajdodchaning 3 qabilasi borligi qayd etilgan: Chinnigulnamolar (Caryophyllales), Toronnamolar (Polygonales), Karmaknamolar (Plumbaginales). Bulardan Chinnigulnamolar qabilasi bir qator belgilariga ko'ra boshqalariga nisbatan soddaroq tuzilgan. Chinnigulnamolar qabilasi - Caryophyllales Qabila 17 oilani o'z ichiga oladi. Uning turlari o't, buta va daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, butun, navbatlashib yoki qaramaqarshi, ba'zan halqa holida joylashgan, aksariyat yonbargsiz. Gullari turli xil to'pgullarda joylashgan, ikki jinsli, ba'zan bir jinsli, aktinomorf, 4-5 a'zoli, gulqo'rg'oni ikki qavat, ba'zan gultojsiz, changchilari 5-10 ta yoki ko'p. Urug'chisi sinkarp-mevachi barglari qo'shilib o'sgan, ba'zan qisman apokarp, tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Mevalari ko'sakcha. Kronkvist sistemasiga ko'ra (Cronquist, 1957), Chinnigulnamolar filogenetik jihatdan Dilleniyanamolarga bog'lanadi va hatto Ayiqtovonnamolardan kelib chiqqan bo'lishi ham chtimol deb ko'rsatiladi. Bu fikrni A.L. Taxtadjyan ham tasdiqlaydi. Olimning fikricha, Chinnigulnamolar qabilasi 17 oilani birlashtiradi. Shulardan Chinniguldoshlar, Kaktusdoshlar va Sho'radoshlar oilasiga mansub turlar O'zbekistonda ancha keng tarqalgan. Semizo'tdoshlar oilasi - Portulacaceae Bu oila vakillari bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar, qisman yarimbuta va butachalardan iborat. Barglari oddiy, butun, navbatlashib yoki qarama-qarshi o'rnashgan, etli va sershira (sukkulent), yonbarglari ham etli. Gullari bittadan, simoz yoki ratsimoz to'pgullarda joylashgan ikki jinsli, aktinomorf, ba'zan zigomorf, gultojibarglari yo'q, kosachabarglari (gultojibargsimon) odatda 4-5 ta, ba'zan 2-3 ta, oq, sariq, qizil rangli, erkin yoki asosi qisman tutash. Changchilari kosachabarglari soniga teng, yoki undan 2-4 marta ko'p. Urug'chisi 2-8 mevabargdan tashkil topgan, ustunchalari erkin yoki qisman qo'shilib o'sgan, tugunchasi yarim ostki, gul formulasi: Ca2Co5A5G(2-8). Mevasi ko'ndalang yorilib ochiladigan ko'p urug'li ko'sakcha. Semizo'tdoshlarning 30 turkumga mansub 600 ga yaqin turlari mavjud va ular Yer yuzining barcha qismlarida, ko'proq iliq va o'rta mintaqalarda, ayniqsa, Shimoliy Amerikamng g'arbiy tumanlarida va And tog'larida tarqalgan. O'zbekistonda semizo't - Portulaca turkumining bitta turi oddiy semizo't (P. oleracea) o'sadi. Bu tuksiz, poya va barglari etli, tik yoki yoyilib o'suvchi, bo'yi 15-35 sm ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
311.36 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: docx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
311.36 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: docx