Chinnigulkabilar sinfchasi - Caryophyllidae

Chinnigulkabilar sinfchasi - Caryophyllidae

O'quvchilarga / Botanika
Chinnigulkabilar sinfchasi - Caryophyllidae - rasmi

Material tavsifi

Chinnigulkabilar sinfchasi - Caryophyllidae Chinnigulnamolar - Caryophyllales qabilasi Chinnigulkabilar qadimgi ayiqtovonkabilardan kelib chiqqan deb qaraladi. Bu sinf vakillari adir (qurg'oqchil) hududlarda o'sishga moslashgan. Shuning uchun ular cho'l va yarim cho'llarda ancha keng tarqalgan. Sinfcha vakillari asosan o't va butalar yoki past bo'yli daraxtlardan iborat. Gullari ikki jinsli, kamdan - kam xollarda bir jinsli. Bu sinfcha 3 ta qabila 650 turkumga mansub 11500 ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Chinnigulkabilar 3 ta qabilaga Chinnigulnamolar -Caryophyllales qabilasi Chinniguldoshlar-Caryophyllaceae - oilasiga 80 ta turkumga mansub 200 ta tur o'simlik kiradi. O'zbekistonda 24 turkumga oid 122 turi o'sadi. Bu oila vakillari bir yillik ko'p yillik o'tlar bo'lib, barglari qarama-qarshi joylashgan. Gullari 5 doirali. Changchilari 4-5-10 ta urg'ochisi 1-2-5 ta tugunchasi ustki mevasi ko'sak. Ular yer sharining hamma hududlarida o'sadi. Chinnigullilarning yovvoyi holda o'sadigan ba'zi turlari ham chiroyli va nafis gullari bilan ajralib turadi. Masalan: Asl chinnigul-Dianthus superbus uning gullari nozik va kertik - kertik gulbarglar chiqaradi va xushbo'y bo'ladi. Yovvoyi holda o'sadigan turlardan Tukli chinnigul Dianthus coruophyllus ekiladigan xillarini yetishtirishda muhim ahamiyatga ega. Yovvoyi chinnigul - Dianthus tetralepis. Chinniguldoshlar oilasiga kiruvchi bu o'simlik poyasi asosidan yog'ochlangan va kuchli shoxlangan, bo'yi 15 - 25 sm keladigan ko'p yillik o't. Bargining eni 1- ,5 mm, o'tkir, tuksiz, yashil yoki kul rangli bo'ladi. Guli novda uchida bittadan joyiashgan, kosabargi 25 - 32 mm, silindrsimon, tor uchburchakli, o'tkir tishchali. Tojbarglari 40 - 45 mm. oq yoki och qizil rangli. chuqur o'yilgan boladi. May, iyul oylarida gullab, urug'i iyul, avgust oylarida yyetiladi. Bizda barcha tog'li tumanlarda mayda shag'al toshli va toshli Yerlarda o'sadi. Guli xushbo'y hidli bo'lib, tarkibida qimmatli efir moyi bor, undan parfumeriya sanoatida yuqori sifatli atir va odekolonlar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Manzarali o'simlik. Gul dormulasi:* ♀♂ Са(5)Со5А5+5 G( 2) Chinniguldoshlar turkumlari - Yulduzo't-Stellaria. Poyasi yotib yoki biroz ko'tarilib o'sadigan bir yillik va ko'p yillik o'simliklar kiradi. 18 turi O'rta Osiyoda o'sadi. Yetmak-Acanthopullum ildizida ko'pirtiruvchi modda bor, qandolatchilikda ishlatiladi. Zo'rcha -Silene bir yillik, ko'p yillik o't o'simlik, daryo va ariqlar bo'yi, bedapoyalar, sabzavot ekinlari orasida, cho'l, adir va tog' hududlarida uchraydi. Chinniguldoshlar oilasiga mansub 10 ta tur O'zbekiston qizil kitobiga kiritilgan Sho'radoshlar-Chenopodiaseae - oilasiga bir yillik, ikki yillik yarim buta va kichik daraxtlar kiradi. Oila vakillarining barglari oddiy, ketma-ket, qarama-qarshi joylashgan. Gullari mayda, ko'rimsiz, Gulqo'rg'oni oddiy, 5 bo'lakli, changchilari ham 5 tadan, Urug'chisi 2-5 ta mevacha barglardan iborat. Sho'radoshlarga mansub o'simliklar asosan cho'l va yarim cho'llarda o'sadi. Bu oilaga 110 ga yaqin turkum va 1600 tur kiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 264.2 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 264.2 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga