Reja: 1. Zotlarni tumanlashtirish va rejalashtirish. 2. Naslchilik kitoblari - sistemalari, DNК. 3. Zotlar bo'yicha kengashlar, sun'iy urug'g'lantirish stansiyalari; inkubatorlar, parrandachilik stansiyalari; ippodromlar, ko'rgazma va marosimlar. 4. Chorvachilikda xisob kitob ishlari. 5. Naslchilik ishida xisoblash texnikasini qo'llash. Chorvachilikni tobora jadallashtirish, naslchilik ishini samarasini oshirishga qaratilgan bo'lib, zotlar va podalarni jadallashtirishni talab qiladi. Mavjud zotlarni genetik potensialini oshirish maqsadida, yangi liniyalar yaratish, yangi zotlar yaratish uchun, yirik masshtabli seleksiyani tashkil qilish, embrionlarni ko'chirish (transplantasiya) uchun chet eldan keltirilgan mashhur zot buqalaridan foydalanish lozim. Hozirgi vaqtda respublikada yangi va yagona naslchilik xizmati tashkil qilingan. Bu tashkilot hozirgi zamon fan yutuqlaridan foydalangan holda butun kuchni mollarning genetik potensialini ko'tarib, mahsuldorlikni oshirib mahsulot sifatini yaxshilash va iqtisodiy samarasini ko'tarishga qaratilgan. Chorvachilikni industrilizasiyalashtirish, biotexnologiyani qo'llab naslchilik ishini ko'tarish respublikada qishloq xo'jaligi fanlar akademiyasi rahbarligida bo'lib, chorvachilik ilmiy tekshirish instituti, seleksion markazlar va naslchilik xo'jaliklarida olib boriladi. Bu xo'jaliklarda yig'g'ilgan, to'plangan naslchilik ishi bo'yicha ma'lumotlar genetika, matematik tahlillar qilinib, ko'p yillik naslchilik seleksion dastur tuziladi. Seleksion markazlar naslchilik xizmatida bo'lib, zotlar bo'yicha (sovetlar) kengash tashkil qilib, naslli erkak hayvonlarni o'z avlodining sifati bo'yicha baholash ishlaini olib boradi. Respublika naslchilik ishi birlashmalari viloyat, tuman birlashmalari bilan naslchilik xo'jaliklari ishini boshqarib boradi. Bu tashkilotlarda naslchilik ishini yaxshilash bo'yicha chet ellardan keltirilgan zotli mollar bilan naslchilik xo'jaliklarini ta'minlash va sun'iy urug'lantirishni yaxshi yo'lga qo'yish ishlari yuklatilgan. Naslchilik zavodlari - naslchilik xo'jaliklarining oliy shaklidir. Ular zotni takomillashtirishni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu zavodlarda eski liniyalar urg'ochi hayvon oilalari va hayvonlarning zavod tiplari takomillashtiriladi va yangilari yaratiladi. Naslchilik zavodlari - sun'iy urug'g'lantirish stansiyalarini va boshqa naslchilik xo'jaliklarini yuqori qimmatli nasldor erkak hayvonlar bilan ta'minlab turiladi. Naslchilik zavodlarida ko'pincha mashhur urug'g'boshilarni inbriding usulida urchitish qo'llaniladi. Bu erda juda puxta zootexnikaviy va naslchilik hisoboti yuritiladi. Ixtisoslashgan naslchilik xo'jaliklari - qimmatli nasldor erkak va urg'ochi hayvonlarni o'stirish, ularni sotish bilan shug'ullanadi. Bu erda olib boriladigan naslchilik ishlari naslchilik zavodlaridagi maqsadni ko'zda tutadi. Jamoa xo'jaligidagi naslchilik fermalaridagi naslchilik ishlari urg'ochi hayvonlar podasini yaxshilashga qaratilgan. Zotlarni tumanlashtirish ulardan kelgusida to'g'ri va samarali foydalanishni ko'zda tutadi. Barcha zotlarni zonalar, viloyatlar va tumanlar bo'yicha tarqatib urchitish muhim davlat tadbiri hisoblanib, rejalashtirilgan holda naslchilik ishini yaxshilashga qaratilgan. 1930 yildan beri davlat tomonidan ishlab chiqilgan barcha hayvon turlari bo'yicha ularni tumanlashtirish rejasi tuzilgan. Chorvachilikni jadallashtirish barcha zotlarni takomillashtirishni, yangi zotlarni yaratishga majbur qiladi. Bu ishlar ikki yo'nalishda borishi lozim: 1. Barcha mavjud zotlarni chet ellardan keltirilgan mashhur naslli erkak hayvonlar bilan yaxshilash, yangi zotlar yaratish; 2. Barcha mavjud zotlar orasida-ichida ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.3 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.3 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: doc