Dilleniyakabilar - Dillenidae sinfchasi. Qovoqnamolar qabilasi - Cucurbitales

Dilleniyakabilar - Dillenidae sinfchasi. Qovoqnamolar qabilasi - Cucurbitales

O'quvchilarga / Botanika
Dilleniyakabilar - Dillenidae sinfchasi. Qovoqnamolar qabilasi - Cucurbitales - rasmi

Material tavsifi

Dilleniyakabilar -Dillenidae sinfchasi Qovoqnamolar qabilasi -Cucurbitales R E J A Dilleniyakabilar -Dillenidae sinfchasining klassifikatsiyasi Dilleniyakabilar -Dillenidae sinfchasining tuzilishi Barcha qabilalarning tuzilishi Qovoqnamolar qabilasi -Cucurbitales tuzilishi va turlari Dilleniyakabilar - Dillenidae sinfchasi katta sinfchalardan biri bo'lib, bu sinifchaga 31 ta qabila, 7 ta oila, 1910 taga yaqin turkumga mansub 3600 ta ga yaqin turni o'z ichiga oladi. Ularga Choynamolar -Theales qabilasi Xurmonamolar-Ebenales qabilasi Gunafshanamolar -Violales qabilasi Tolnamolar - Salicales qabilasi Yulq'unnamolar-Tamaricales qabilasi Qovoqnamolar qabilasi -Cucurbitales Choynamolar -Theales qabilasi Bu qabila 12 ta oilani o'z ichiga oladi. Choydoshlar-Theaceae oilasi. Bu oilaga 4 turkumga mansub 560 ta tur kiradi. Choylar asosan tropik hamda subtropik hududlarga xos doim yashil o'simlik bo'lib, daraxt va butalardan iborat. Barglari oddiy, ketma-ket joylashgan, yon bargchasiz. Gullari aktinomorf, yirik ikki jinsli gultoji va gulkosachalardan iborat. Changchilari cheksiz ginetsey sinokarp 2-5 uyali. Mevasi sinakarp ko'sakcha yoki rezavor meva. Urug'i endospermsiz, vatani Xitoy, Hindiston va Shri-lanka. Gul formulasi:* ♀♂ Са5Со5А~ G( 3) Dalachoydoshlar- Hypericaceae oilasi Dalachoydoshlar oilasi - Hypericaceae. Oilaga 9 ta turkum, 400 dan ortiq tur kiradi. Asosan, tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan. Oilaga keng tarqalgan Teshik dalachoy - Hypericum perforatum L. hisoblanadi. O'zbekistonda 3 turi o'sadi. Teshik dalachoy - Hypericum perforatum L. Adir va tog'larning sernam yerlari, ariq bo'ylarida o'sadi. Ko'p yillik o't. Bo'yi 30 - 35 sm, ildizi yog'ochlashgan. Poya va shoxlari silliq. Barglari oddiy, nashtarsimon gullari 2 jinsli, aktinomorf, changchilari cheksiz, urug'chisi 3 ta. Mevasi ko'sakcha, iyul-sentyabr oylarida gullab urug'laydi. Dalachoyning barcha turlari dorivorlik xususiyatiga ega (98-rasm). Gul formulasi:* ♀♂ Са(5)Со5А~ G( 3) Xurmonamolar-Ebenales qabilasi Qabila filogenetik jihatdan choynamolarga yaqin turadi. qabilaga asosan daraxt va butalar kiradi. Barglari ketma - ket, ba'zan qarama - qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli, ba'zan bir jinsli aktinomorf, changchilari gultojibarglari qo'shilib o'sadi. Mevasi shirali rezavorsimon. O'zbekistonda qabilaning bitta xurmodoshlar-Ebenaceae oilasiga mansub bir turi xurmo-Diospyros lotus tabiiy xolda o'sadi, juda ko'p navlari mavjud. Navruzguldoshlar-Primulaceae oilasi Bu oilaga 30 turkum 100 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan ko'p yillik o'tlardan iborat. Barglari ildiz bo'g'zida hosil bo'ladi, butun yoki patsimon qirqilgan. Aktinomorf ikki jinsli. Gulkosocha va gultojbarglari 5 tadan changchisi 5 ta urug'chisi 5 ta tugunchasi ustki mevasi ko'sakcha. O'zbekistonda 8 ta turkumga mansub 24 ta turi o'sadi. Navruzgul turkumi (Primula) - soybonsimon to'pgulli ko'p yillik o't o'simlik kiradi. Navruzgullarning yer sharida 300turi, O'zbekistonda 10 ta turi tarqalgan. Ular asosan Surxandaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Farqona viloyatlarining tog'li tumanlarida tarqalgan. Bu oilaning vakillari tarkibida saponinlar, alkoloidlar, smolalar va efir moylari mavjud. Ularda vitamin C ko'p ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 62.27 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 62.27 KB
Ko'rishlar soni 75 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga