Dilleniyakabilar kichik ajdodi

Dilleniyakabilar kichik ajdodi

O'quvchilarga / Botanika
Dilleniyakabilar kichik ajdodi - rasmi

Material tavsifi

Dilleniyakabilar kichik ajdodi Reja: Choynamolar qabilasi Choydoshlar oilasi Dalachoydoshlar oilasi Navro'zgulnamolar qabilasi Navro'zguldoshlar oilasi Gunafshanamolar qabilasi Gunafshadoshlar oilasi Tolnamolar qabilasi Toldoshlar oilasi Yulg'unnamolar qabilasi Yulg'undoshlar oilasi Qovoqnamolar qabilasi Qovoqdoshlar oilasi Qizilyuguruknomalar (Begoniyanamolar) qabilasi Begoniyadoshlar oilasi Qizilyugurukdoshlar oilasi Kovulnamolar qabilasi Kovuldoshlar oilasi Karamdoshlar oilasi Rezedadoshlar oilasi Gulxayrinamolar qabilasi Gulxayridoshlar oilasi Baobabdoshlar oilasi Gazandanamolar qabilasi Qayrag'ochdoshlar oilasi Qatrong'idoshlar oilasi Tutdoshlar oilasi Nashadoshlar oilasi Gazandadoshlar oilasi Sutlamanamolar qabilasi Sutlamadoshlar oilasi Bu ajdodchaga daraxtlar, butalar va o'tlar kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Yog'ochli naychalari narvonsimon yoki oddiy perforatsiyali. Gulqo'rg'oni ikki qavat, spiral, spirosiklik yoki halqa hosil qilib o'rnashgan; tojibarglari erkin yoki tutash; urug'chisi apokarp yoki sinkarp; ustunchalari erkin yoki qo'shilib o'sgan; tugunchasi ustki yoki ostki. Ushbu kichik ajdodning soddaroq vakillari Magnoliyakabilar (Magnoliidae) va Ra'nokabilar (Rosidae) ajdodlari oralig'ida filogenetik jihatdan bog'lovchi halqa hisoblanadi. Hajmiga ko'ra Dilleniyakabilar gulli o'simliklarning eng yirik sistematik guruhi bo'lib, 31 ta qabilani birlashtiradi. Choynamolar qabilasi - Theales Qabilaga daraxtlar, butalar, o'tlar, ba'zan daraxtsimon lianalar kiradi. Barglari oddiy yonbargchali yoki yonbargchasiz, poyada navbatlashib, qarama-qarshi halqa hosil qilib o'rnashgan. Gullari bittadan yoki bir nechtadan bo'lib, har xil to'pgullarda o'rnashgan, ikki jinsli, aktinomorf, qo'sh gulqo'rg'onli, 5 a'zoli. Kosacha va tojbarglari erkin. Changchilari kam sonli, erkin yoki tutash. Ginetsey senokarp, parakarp, ikki va undan ko'p urug'chibargdan iborat, ustunchalari erkin yoki tutash. Meva xillari turlicha, urug'lari endospermli yoki endospermsiz. Choynamolar qabilasi Dilleniyakabilarga ancha yaqin turadi va ular bilan umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Hozirgi klassifikatsiyalarga ko'ra qabila 13 ta oilani o'z ichiga oladi. Choydoshlar oilasi - Theaceae Bu oilaga 4 ta turkumga mansub 560 ta tur kiradi. Choylar asosan tropik kamda subtropik hududlarga xos doim yashil o'simlik bo'lib, daraxt va butalardan iborat. Barglari navbatlashib joylashgan, yon bargsiz. Gullari qo'sh jinsli, yarim yoki to'liq doira shaklida joylashgan. Gul formulasi: Ca5-7Co(5-9). Toj barglarining ko'pincha asosi tutash, (changchilari ham tutash) Urug'chisi 6-2 ta tub qismi bilan tutash meva bargidan shakllangan. Tugunchasi ikki yoki kqp xonali. Mevasi ko'sakcha (41-rasm). Oilaning tipik vakili Choy o'simligi Thea sinensis dastlab Xitoyda tarqalgan, uning nomi dunyoning har xil viloyatlarida te, chi, chna deb yuritilgan. Choy o'simligining aksariyat qismi buta va qisman yarim buta shaklida. Barglari oval, cheti nishli, oqish to'r bilan qoplangan. Guli oqish yoki och qizil, pushti rangli, mevasi yog'ochlangan ko'sakcha. Bargining tarkibida 5% tein deb ataladigan kishining asabiga tez ta'sir qiluvchi alkoloid va og'izni burushtiruvchi tannid moddasi va yoqimli hid tarqatadigan efir moyi bor. Choyning ho'l barglari yig'ilib, maxsus usulda quritiladi, undan ko'k va qora choy olinadi. Yer yuzining iliq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.05 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga