Dilleniyakabilar sinfchasi - dilleniidae

Dilleniyakabilar sinfchasi - dilleniidae

O'quvchilarga / Botanika
Dilleniyakabilar sinfchasi - dilleniidae - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Sinfchaning muhim belgilari. 2. Qabila va oilalarga bo'linishi, ularning vakillari, tarqalishi. 3. Ahamiyati. Bu sinfchaga hayotiy shakli daraxt, buta va o't o'simliklar kiradi. Barglari oddiy, ba'zan murakkab yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari har-xil tipda. Gul qo'rg'oni murakkab, ba'zan oddiy. Gultojbarglari erkin yoki bir-biri bilan qo'shilgan. Ginitseyi apokarp yoki tsenokarp. Tugunchasi ostki yoki ustki. Mevalari har-xil tipda. Bu sinfcha filogenetik nuqtai nazardan, Magnoliya kabilar va Ra'nokabilar sinfchasi oraligida joylashgan, eng katta guruh hisoblanadi. Uning tarkibiga 31ta qabila kiradi. (Taxtadjyan, 1987). Shulardan muhimlariga tuxtalib o'tamiz. Tolnamolar qabilasi - Salicales. Qabilaga faqat toldoshlar (Salicaceae) oilasi mansub bo'lib, uning uchta turkumi (Salix, Populus, Chosenia) va 400 dan ortiq turi ma'lum. Oila vakillari asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o'rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Ularning ko'p qismi daraxt, barglari ketma-ket joylashgan, oddiy, butun, yonbargchali. Gullari boshoq yoki kuchala to'pgulda joylashgan, bir jinsli, ikki o'yli, shamol yoki hasharotlar yordamida changlanadi. Gulqurg'oni rivojlanmagan. Changchilari 2,3,5 tadan ba'zan 20 qadar etadi. Urug'chisi bitta, ikki mevabargchali. Tugunchasi ustki. Mevasi ko'sakcha. 1) Terak (Populus). Bu turkumning 100 dan ortiq turi ma'lum. O'rta Osiyoda oq terak (P. alba), mirza terak (P.nigra), ko'k terak (P. bachofenii), turanga (P. pruinosa) va boshqalar uchraydi. Gul formulasi: Û ♂ PkA2∾,G0;Û ♀PkA0G(2) 2) Tol (Salix). Turkumning 300 dan ortiq turi uchraydi. Ularning kurtaklari bittadan tangacha barg bilan o'ralgan. O'zbekistonda oq tol (Saleix alba), Qora tol (S. excelesa), majnun tol (S.babylonica), singari turlari keng tarkalgan. Gul formulasi: Û ♂ P0 A2 G0; Û ♀ P0 A0 G(2) Ahamiyati: Har ikkala o'simlik ham qurilish material sifatida foydalaniladi. Tolda shirodonlar bo'lgani uchun muhim asal beruvchi o'simlik ham hisoblanadi. Ulardan savatlar tayyorlashda va po'stlog'i ko'nchilikda ishlatiladi. 2. Qovoqnamolar qabilasi - Cucurbitales. Qabila tarkibida bitta qovoqdoshlar (Cucurbitaceoe) oilasi mavjud bo'lib, uning 90 turkumga mansub 800 dan ortiq turi, ayniqsa tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Ularning aksariyat qismi bir yillik chirmashib, yer bag'irlab o'suvchi o'simlik. Barglarini o'zgarishi natijasida gajaklar hosil bo'lgan. Barglari ketma-ket joylashgan, panjasimon. Gullari chetdan changlanadi, bir jinsli, qo'shgulqo'rg'onli, aktinomorf, kosacha va tojbarglari tutash, besh a'zoli, tojbarglari ko'pincha sariq rangli. Changchilari 5ta, ulardan 4tasi tutashib ikki juft changchi hosil qiladi, beshinchisi erkin. Urug'chisi bitta, 3ta meva bargchadan shaqlangan. Tugunchasi ostki. Mevasi qovoq yoki sersuv rezavor meva. Gul formulasi: Û ♂ Ca(5)C0(5)A(2)+ (2)+1 G0; Û ♀ Ca(5)C0(5)A0G(3) Oilaning madaniy holda keng tarqalgan turlaridan qovun (Melo orientalis), tarvuz (Citrullus vulgaris), bodring (Cucumis sativus), oddiy qovoq (Ccurbita pepo), qozon yuvgich (Luffa cylyndrica), turqovoq(Lagenaria vulgaris) va boshqalar. Ahamiyati: Oila vakillari muhim ozik-ovqat, kand ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.79 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga