Don - dukkakli ekinlarni umumiy tavsifi. No'xat ekini

Don - dukkakli ekinlarni umumiy tavsifi. No'xat ekini

O'quvchilarga / Botanika
Don - dukkakli ekinlarni umumiy tavsifi. No'xat ekini - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Dukkakli ekinlarni xalq xo'jaligidagi ahamiyati va tarqalishi 2. No'xatning ahamiyati, biologiyasi. 3. No'xatning yetishtirish texnologiyasi. 1.Soyaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, tarqalishi, hosildorligi 2.Sistematikasi, biologik xususiyati, navlari 3.Soyani yetishtirish texnologiyasi 1.Dukkakli - don ekinlari dukkakdoshlar oilasiga mansub bo'lib, bu guruhga no'xat, yasmiq, kuk no'xat, soya, loviya, mosh, vika, oddiy no'xat va lyupin o'simliklari kiradi. Dukkakli don ekinlarining eng avvalo, doni poyasi va barglari tarkibidagi oqsil miqdori ko'pligi bilan xarakterlanadi. Bu ekinlarni ko'pchiligini donini tarkibida 20-30% oqsil bor. Bu galla ekinlari donidagi oqsilga karaganda 2-3 marta ko'pdir. Soya doni tarkibida 35-52% oqsil va -17-27% moy xam bo'ladi. Bu ekinlarning donini tarkibida A, V, V2, S, D, YE, RR va boshqa vita'minlar bor. Bu ularning oziq-ovqatlik va yem-xashaklik qimmatini yanada oshiradi. Bu dukkakli ekin donidan tashqari,poyasidan to'yimli pichan, silos, xashaki un tayyorlanadi. Poxoli tarkibida 8-15% oqsil bo'lib, bu galla ekinlar poxolidan 3-5 marta ortik. Ko'pchilik dukkakli ekinlar doni oziq-ovqat va yengil sanoatida qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Kuk no'xat va loviya konservasi, yorma, un tayyorlanadi va xakozalar. Dukkakli don ekinlari azot tuplovchi o'simliklardir, tuganak bakteriyalari orqali dukkakli don o'simliklari xar gektar yerga 50-100 kg havodan azot to'plashi aniqlangan. No'xat, mosh va lyupinning ildizi qiyin eriydigan , fosforli birikmalarni uzlashtira oladi. Don dukkakli ekinlarini ko'pi kuzgi no'xat, mosh, vika, soya, lyupin, kukat o'g'it sifatida ishlatiladi. Bo'larni ko'pincha tuproqga kushib xaydab yuborilsa, yerni organik moddalar va azotga boyitadi. Bu esa keyingi ekinlarni hosilini ancha oshiradi. mustaqil Respublikamizni sugoriladigan yerlarida xar gektar yerga 20-30 tonna kukatni tuproqka aralashtirib xaydab yuborilganda,azot miqdori gektariga 140-200 kgga yetgan, hosil esa 30-50% ortgan. Shunday qilib, dukkakli don ekinlar tuproqning unumdorligini oshirishga sugoriladigan yerlardan unumli foydalanishga va o'simliklarni umumiy maxsuldorligini oshirishga yordam beradi. Dunyo dehqonchilikda dukkakli don ekinlari 135 mln.gektar atrofida ekiladi. Dukkakli don ekinlari Hindiston, Xitoy va Amerikada keng tarkalgan.Respublikamizda dukkakli don ekinlari 1998 yili 22,2 mingga atrofida ekildi.O'zbekistonda ko'prok mosh, soya, oddiy no'xat loviya ekiladi. 2.No'xat qimmatli oziq-ovqat va xashaki o'simlikdir.Uning doni tarkibida O'rtacha 19-30% oqsil, 4-7% moy, 46-60%. kraxmal, V.vitamin, turli mineral tuzlar va ovqat hazm qilishga yordam beradigan eng muhim aminokislotalar bor. No'xatdan suyuk va kuyuk ovqat, shuningdek polov va boshqa har xil taomlar tayyorlanadi. No'xat chorva mollari uchun xam to'yimli ozukadir.U mollarga yorma holda yoki maydalab beriladi. Odatda mollarga koramtir, tarkibida oqsil ko'p bo'lgan navlar doni beriladi. No'xatni kukati va poxolini mollarga berib bo'lmaydi, chunki uni tarkibida (barglarida) juda ko'p organik kislotalar bor,poxoli esa juda dagal bo'ladi. No'xat qurgoqchilikka chidamli o'simlik.shuning uchun ko'prok lalmikor yerlarga ekiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.94 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.94 MB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga