Don ekinlarining umumiy tavsifi va rivojlanish davrlari

Don ekinlarining umumiy tavsifi va rivojlanish davrlari

O'quvchilarga / Botanika
Don ekinlarining umumiy tavsifi va rivojlanish davrlari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Don ekinlarining halk xo'jaligidagi ahamiyati 2. Don ekinlarining guruhlarga bo'linishi 3. Don ekinlarining rivojlanish davrlari va ularni o'tish sharoiti 1. Don ekinlari inson uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari don va yorma beradi. Donli o'simliklarning unidan non yopiladi, Don yuqori quvvatli ozuka va yengil sanoatiga xom-ashyodir. Dondan qayta ishlab yog, kraxmal, spirt, ishlab chiqariladi. Don ekinlari qishloq xo'jalik hayvonlarini yem-xashak bilan ta'minlashda ham muhim urinni egallaydi. Don va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar oziq-ovqatda, qog'oz sanoatlarida va boshqa tarmoqlar uchun xom-ashyo bo'lib xizmat qiladi. Don xo'jaligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Don ekinlari orasida bug'doy eng qimmatli ekin hisoblanadi. Uning doni tarkibida 20-21% gacha oqsil bor. Bug'doydan oliy sort un tortiladi. Bug'doy unining kepagi chorva mollari uchun kuchli konsentrat oziq hisoblanadi. Javdar uni deyarli non yopishda ishlatiladi. Kepagi mollar uchun yaxshi oziqdir. Somon poxoli to'shama sifatida ishlatiladi. Arpa doni turli xil maqsadlarda oziq ovqatga, texnikaviy maqsadlarga ishlatiladi va chorva mollariga beriladi. Perlovka (oqlangan arpa) va arpa krupasi eng yaxshi oziq ovqat hisoblanadi. Arpa yormasi cho'chqalar uchun eng qimmatli oziqdir. Arpa doni pivo tayyorlash sanoati uchun bebaho xom ashyodir. Arpadan to'qimachilik sanoatida keng ko'lamda foydalaniladigan solod (undirib yanchilgan arpa) ekstrakti olinadi. Suli eng muhim yem xashak ekinidir. Uning donidan ham krupa, gerkules, talkon, bolalar uni va bir qancha qimmatli oziq ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Suli otlar va yosh mollar va parrandalar uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi Makkajo'xori va sholi har xil mahsulot olinadigan oziq ovqat, yem xashak va sanoatda turli mahsulotlar olish uchun xom ashyolar hisoblanadi. Tariq krupabop ekin. Oklangan tariq tarkibida oqsil ko'p, tez pishadi va tez hazm bo'ladi, somoni, to'poni va chikitlari to'yimliligi jihatidan o'tloq pichanidan qolishmaydi. Grechixa krupabop asosiy ekinlardan biridir. Doni tarkibida mineral tuzlar, fosfor, temir va organik kislotalar, limon, shovul, olma va boshqa kislotalar ko'p bo'ladi, tarkibidagi oqsil va kraxmal tez hazm bo'ladi. Don ekinlarining oziq ovqatlik, oziquboplik ahamiyatini ifodalaydigan eng qimmatli qismi oqsildir. Don tarkibidagi oqsillarning erish xususiyatiga qarab 4 gurppaga bo'linadi: suvda eriydigan - albumin, tuzlar eritmasida eriydigan - globulin, ishqorda eriydigan - glyutenin va spirtda eriydigan - gliadin. Oqsillarning hammasi ham bir xil qiymatga emas. Oziq ovqatga ishlatiladigan don tarkibida kleykovinadan tarkib topgan gliadin va glyutenin ko'prok ahamiyatga ega. Nonning sifati, xajmi, govakligi ana shu oqsillarning miqdori va nisbatiga bog'liq. Gliadin va glyuteninning nisbati 1:1 bo'lishi eng yaxshi hisoblanadi. Bugdoy oqsilining asosiy qismini tashkil etgan aminokislotalarning 8 tasi (hammasi 20 dan ortik) lizin, triptofon, metionin , valin, leytsin, izoleytsin, treonin, fenilopanin oziq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.13 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.13 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga