Don ekinlarining umumiy tavsifi

Don ekinlarining umumiy tavsifi

O'quvchilarga / Botanika
Don ekinlarining umumiy tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Reja: Don ekinlarining halk hujaligidagi ahamiyati. Don ekinlarining guruhlarga bo'linish i. Don ekinlarining rivojlanish davrlari va ularni utish sharoitlari. Bugdoy ekini. a) Halk hujaligidagi ahamiyati, tarqalishi, ekin maydoni hosildorligi. b) Bugdoyning sistematikasi, asosiy turlari. Biologiyasi va navlari. v) Ekinni parvarish qilish. 5. Arpa ekini. a) Halk hujaligidagi ahamiyati, tarqalishi, hosildorligi. b) Sistematikasi, biologiyasi va navlari. v) Ekinni parvarish qilish. 6.Suli va javdar ekini. a) Suli va javdar ekinlarining ahamiyati, tarqalishi, hosildorligi. b) Sistematikasi, biologiyasi va navlari. v) Etishtirish texnologiyasi. 7. Kuzgi don ekinlari. a) Kuzgi don ekinlarining ahamiyati va biologik xususiyatlari. b) Kuzgi don ekinlarining kishda nobud bo'lish sabablari va ularga qarshi kurash choralari. Don ekinlari inson uchun asosiy ozik-ovqat mahsulotlari, don va erma beradi. Dondan sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun hom-ashyo va kontsentrat ozik olinadi. Kontsentrat ozik hashaki va ozik-ovqat oqsili manbai hisoblanadi. Donni qayta ishlash chiqindilari-somon, pohol, tupon chorva mollari uchun ozik bo'ladi. Ekin maydoni bo'yicha don ekinlari yer yuzida birinchi urinni egallaydi. Har yili 700 mln.ga dan ortik maydoga don ekinlari ekilmokda. O'zbekistonda ham don ekinlarining ekin maydoni keskin kupaytirilishi natijasida 1998 yili O'zbekistonda 3.3 mln.t. don etishtirilib don mustaqilligiga erishildi. Don ekinlari orasida bugdoy eng kimmatlisi hisoblanadi. uning doni tarkibida 20-21 % gacha oqsil bor. Bugdoydan oliy navli un tortiladi. Javdar uni ham deyarli non yopishda ishlatiladi. Kepagi mollar uchun yahshi ozikdir, somon-poholi esa tushama sifatida ishlatiladi. Arpa doni turli hil maqsadlarda, jumladan, ozik-ovqatga, texnikaviy maqsadlarda ishlatiladi va mollarga beriladi. Suli eng muhim em-hashak ekinidir. Uning donidan ham krupa, gerkules, tolkon, bolalar uni va boshqa kimmatli bir qancha ozik-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Makkajo'xori ozik-ovqat, em-hashak ekini, shuningdek, sanoat uchun hom-ashyo sifatida ishlatiladi. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga karab 3 ta biologik gruppaga bulinadi: 1) Birinchi guruhga haqiqiy don ekinlari- kungirboshlilar oilasiga mansub ekinlar kiradi (bugdoy, arpa, suli, javdar).Bu ekinlarning boshqa ekinlardan asosiy farq qiluvchi belgisi-donida uzunasiga ketgan egatcha bo'ladi, mo'rtakda bir necha boshlang'ich ildiz rivojlanadi, tupguli boshok yoki ruvak bo'ladi. Bu ekinlar uzun kun o'simliklaridir, issiqlikka talabchan emas, namsevar. 2)Ikkinchi guruhga tariksimon ekinlar- makkajo'xori, tarik, sholi o'simliklari kiradi. Bu guruhga yana bir o'simlik-marjumak kiradi, u marjumakdoshlar oilasiga mansubdir. Bu guruhga mansub ekinlarning donida uzunasiga ketgan egatcha bulmaydi, mo'rtakda bittadan boshlang'ich ildiz rivojlanadi. Guli ruvak yoki suta bo'ladi. Ekiladigan navlari bahori, issiksevar, qisqa kun usimligi va kurgokchilikka chidamli (sholi bundan mustasno). 3) Uchinchi guruh don-dukkakli ekinlar. Bu guruh vakillari dukkaklilar oilasiga mansubdir. Asosiy vakillari-loviya, soya, no'xat, ku no'xat, yasmik, burchok. Bu ekinlarning hammasi uk ildizli, bargi murakkab, mevasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.47 MB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga