Reja: 1. Kuzgi bugdoy va javdarni o'g'itlash 2. Bahorgi don ekiilarni o'g'itlash 3. Makkajo'xorini o'gitlash 4. Dukkakli don ekinlarni o'g'itlash Tayanch iboralar: kuzgi bugdoy va javdarni o'g'itlash, bahorgi bugdoy, arpa va sulini o'g'itlash, makkajo'xorini o'g'itlash, dukkakli don eknlari no'xat, soya, mosh, loviyani o'g'itash. Mineral va mahalliy o'g'it me'yorlari va taqsimoti. I. Kuzgi don ekinlari barqaror mul hosil beradi o'g'itlarga nihoyatda talabchanligi bilan xarakterlanadi. Kuzgi bugdoy kuzgi javdarga Karaganda mutadil reaksiya muhitiga va tuproq unumdorligiga bir muncha talabchan. Kuzgi bugdoy va kuzgi javdar tovar mahsulot birligi hisobiga yerdan chikib ketadigan ozik-elementlar jihatdan bir-biriga yaqin turadi. Lekin bugdoyning qiyin eriydigan birikmalardan ozik elementlarini uzlashtirib olish xususiyati javdarnikiga qaraganda kamrok, shuningdek, vaqtinchalik buladigan past harorat va kurg'okchilikka ham unchalik bardosh bera olmaydi. Kuzgi don ekinlari tuplanish davrigacha ozik moddalarni uncha ko'p talab qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning tanqisligiga o'ta sezgir. Urug unib chiqqandan toki nihollar ishlovga kirguncha eng mas'uliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda etarli miqdorda oziq moddalar bo'lishini taqozo qiladi. Kuzgi ekinlar yaxshi usib-rivojlanishi, kishlashi uchun kuzda fosforli kaliyli o'g'itlarni kuproq, azotli o'g'itlarni kamroq qullash kerak. Ayni hol o'simliklarning yaxshi tuplanishiga, baquvvat ildiz otilishiga, tanasida ko'p miqdorda qand moddalar tuplanishiga va albatta sovuqqa chidamliligini oshishiga yordam beradi. Kuzgi don ekinlariga o'g'itlash me'yorini belgilashda ulardan olinadigan hosil miqdori, o'tmishdosh ekin va tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinadi. Madaniylashtirilgan, oldingi ekin yaxshi o'g'itlangan va ko'p yillik utlardan bushagan dalalarda ustiriladiigan kuzgi ekinlarga fosfor kaliyli o'g'itlarning xammasi azotli o'g'itlarning ozginasi kuzda solinadi. Azotning asosiy kismi bahorda qo'shimcha oziqlantirishda beriladi. Agar kuzgi ekinlarga gung solinadigan bulsa, kuzda azotli va kaliyli o'g'itlar berilmasa xam bo'ladi (mexanik tarkibi yengil kamunum yerlar bundan mustasno). II. bahorgi don ekinlari ichida bahorgi bugdoy va arpa nisbatan unumdor, muhiti mutadil yoki mutatilga yaqin tuproqlarda yaxshi usib rivojlanadi. Bu ekinlarning hosildorligi issiqlik rejimi uncha yaxshi bo'lmagan ogir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda va shuningdek, yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda keskin kamayadi. Sulining ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo'lib, bahori bugdoy va arpanikiga nisbatan tuproqning ancha chuqur qatlamlariga tushib boradi. U tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni xam nisbatan kuprok uzlashtirish qobiliyatiga ega. Bir t don (shunga mos miqdorda somon) bilai bahorgi don ekinlari tuproqdan quyidagi miqdorda ozik moddalarni olib chikib ketadi. Bahorgi bugdoy - 38 kg azot, 12 kg fosfor. 25 kg kaliy Arpa - 27 kg azot, 11kg fosfor, 34 kg kalin Suli - 30 kg azot, 13 kg fosfor. 29 kg kaliy bahorgi don ekinlari uchun beda, dukkakli don ekinlari va o'g'itlangan kuzgi donli ekinlar yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. bahorgi ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.08 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.08 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:10 ]
Arxiv ichida: doc