Dorivor issop, yapon soforasi, atirgul, sarimsoq piyoz o'simliklar o'stirish texnologiyasi

Dorivor issop, yapon soforasi, atirgul, sarimsoq piyoz o'simliklar o'stirish texnologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Dorivor issop, yapon soforasi, atirgul, sarimsoq piyoz o'simliklar o'stirish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Dorivor issop, yapon soforasi, atirgul, sarimsoq piyoz o'simliklar o'stirish texnologiyasi. Reja: Dorivor issop Yapon soforasi Atirgul Sarimsoq piyoz Dorivor issop - labguldoshlar (lamiace) oilasiga kiradi. O'tkir hidli, ko'p yillik, bo'yi 85-90 santimetr bo'lgan, doim yashil chala buta. Ildizi o'q ildizli. Poyasining asosiy qismi yog'ochlangan, shoxlangan 4 qirrali. Barglari qarama-qarshi joylashgan, bandsiz yoki kalta bandli lantsetsimon yoki chiziqsimon, chetlari bir oz pastga qayrilgan. Uning gullari siyoh rang, pushti rang barglar oralarida 3-7 tadan soxta mutovkalarga to'plangan. Mutovkalar boshoqsimon, uzunligi 20-22 santimetrga boradigan soyabonlarni tashkil qiladi. Mevasi 4 ta aniqmas qirrali, tuxumsimon yong'oqchadan iborat. Uzunligi 2,5-3 mm bo'lib, yong'oqchalarning usti notekis, rangi to'q-qo'ng'ir yoki qo'ng'ir qora. Geografik tarqalishi. Dorivor issop Qrim, Kavkaz, Moldova, Janubiy Yevropa, O'rta Yer dengizi atroflaridagi mamlakatlarda hamda O'rta Osiyo mamlakatlarida o'stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Bargida 0,90-1,98 foiz efir moyi, dubil moddalar, kislotalar va gulida flavonoid-diosimin C34H44O6 , issopin va glyukoza bor. Efir moyi tarkibida a va b pinyanlar, 1- pinokamfon, 1- pinokamfeola va uning uksus efirlari aldegin, kamfen, tseniol, uksus kislotasi, spirt aralashmalari va seskviterpenlar tutadi. Ishlatilishi. Dorivor issopning efir moyi farmatsevtikada asosan surtmalarning, qisman sirtga ishlatadigan boshqa dorilarning hidini yaxshilash uchun ishlatiladi. Efir moyi antiseptik xususiyatga ega bo'lganidan kuygan joylarni tuzatuvchi vosita sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda ko'krak organlari, nafas siqilishi, bronxit va bronxial astma kasalliklarni tuzatishda ishlatiladi. Issop moyi oziq-ovqat sanoatida keng foydalanib kelinmoqda. Dorivor issop o'simligini etishtirish Dorivor issop o'simligi asosan urug'idan va vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladi. Uning yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun unumdor tuproqlar va quyosh yaxshi tushadigan maydonlarni tanlash kerak bo'ladi. Issop ko'p yillik o'simlik bo'lgani uchun uni almashlab ekish dalalariga joylashtirishni rejalashtirmaslik kerak, chunki u bir yerda 20-25 yil davomida hosil berishi mumkin. Dorivor issop o'simligi ekiladigan erlarni kuzda gektar hisobida 15-20 tonna chirigan go'ng va 30-40 kg superfosfat, yog'ingarchilik kam bo'ladigan mintaqalarda va sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda 20 kg dan azot o'g'iti berib yerni 25-28 santimetr chuqurlikda haydab qo'yiladi. Issop urug'idan ko'paytirish eng yaxshi usul hisoblanadi. Uning eng mo'tadil ekish vaqti oktyabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi dekadasi hisoblanadi. Urug'lar chuqurroq ekiladi. Agarda ekish bahor oyiga qoldirilsa, urug'lar stratifikatsiya qilinishi shart. Buning uchun ularni namlangan qumli yashiklarga solib, isitilmaydigan xonalarda saqlanadi. Urug'lar qurib qolmasligi va mog'orlamasligi uchun vaqti-vaqti bilan namlab turiladi. Ekishdan oldin yerlar begona o'tlar qoldiqlaridan tozalanadi, boronalanadi va mola bilan tekislanadi. Havo harorati 15-17 gradus isiganda egat oralari 70 sm qilib ekiladi. Har bir gektar yerga 4 kg gacha urug' sarflanadi. Agar tuproq tarkibida nam etishmasa ekilgandan keyin darhol sug'oriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.34 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.34 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga