Dorivor o'simliklar va ularni etishtirishning qisqacha tarixi

Dorivor o'simliklar va ularni etishtirishning qisqacha tarixi

O'quvchilarga / Botanika
Dorivor o'simliklar va ularni etishtirishning qisqacha tarixi - rasmi

Material tavsifi

Dorivor o'simliklar va ularni etishtirishning qisqacha tarixi Reja: Odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish o'simliklar-giyohlar. Yil davomida o'simliklarning hosildorlik miqdori. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi bor. 100 dan ortiq o'simlik turlarining kimyoviy, farmokologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 577 turi mavjud. Shulardan hozirgi vaqtda 250 turi ilmiy tabobatda ishlatilmoqda. Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri ularning tarkibidagi birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simlikning har xil qismlarida turli miqdorda to'planadi. Dori tayyorlashga o'simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig'iladi. Masalan, po'stloq, kurtak erta bahorda, barg o'simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to'la ochilganda, meva va urug'lari pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda olinadi. Dorivor o'simliklarning ta'sir etuvchi moddasi - alkoloidlar, turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta'sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va boshqa shilliq moddalar. Efir moylari, vita'minlar, smolalar va boshqa birikmalar bo'lishi mumkin. Ko'p o'simliklardan mikroorganizm va viruslarni yo'qotadigan antibiotiklar va fitontsidlarga boy preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o'zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansublarda uchraydi, shu bilan birga bazi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo'lmagan, turli oilaga mansub o'simliklar tarkibida ham bo'lishi mumkin. Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o'sadigan o'simliklarni turli kasalliklarni davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o'simliklarni turi ko'payib, xalq tibbiyoti shifobahsh o'simliklar bilan boyigan. Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o'simliklarning aksariyati asrlar davomida xalq ishlatib kelgan o'simliklardan olingan. Xalq meditsinasida qo'llanib kelinadigan dorivor o'simliklarni ilmiy tabobatda ishlatib bo'lmaydi. O'zbekistonda dorivor o'simliklardan ko'proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong'oq, jag'-jag', zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyo't, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio't va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor po'stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg'am ko'chiruvchi va yumshatuvchi, jag'-jag' va lagoxilus dorilari qon ketishni to'xtatuvchi, pista bujg'uni va choyo'tdan tayyorlangan dorilar me'da-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor o'simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan: 1. ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab - alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar; 2. Farmokologik ko'rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og'riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor o'simliklar. Toshkentdagi kimyo-farmatsevtika zavodlarida O'zbekistonda o'sadigan va ekib o'stiriladigan dorivor o'simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo'llaniladigan psoralen, yapon soforasi g'unchasidan vitamin A dek ta'sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkoloidi, kendordan strofantin, tsimarin, yurak glikozidlari va boshqa preparatlar olina boshlandi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.49 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga