Dorivor o'simliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish Reja: Dorivor o'simliklarni muhofaza qilish. Dorivor o'simliklardan samarali foydalanish. Dorivor o'simliklar xomashyosini tayyorlash. Mamlakatimiz hududi juda katta bo'lib, turli iqlimli tumanlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz o'simliklar dunyosi - florasi turli o'simliklarga boy. Ularning ichida dorivorlari ham ko'p bo'lib, har yili ming tonnalab dorivor o'simliklar mahsuloti tayyorlanadi hamda kasalliklarni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi. Mamlakatimizda yovvoyi holda o'sadigan o'simliklarning tabiiy boyligi har qancha ko'p bo'lmasin, baribir ularni ham chegarasi bor. Cheksiz miqdorda Yer yuzida hech qanday boylik bo'lmaganidek, o'simlik dunyosining zaxirasi ham cheksiz emas. Shuning uchun ham tabiiy holda o'sadigan o'simlik boyliklaridan to'g'ri foydalanilmasa bu cheksiz boyliklar bir vaqtlar kelib Yer yuzida yo'q bo'lib ketishi mumkin. Dorivor o'simliklar va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish O'zbekiston Respublikasi Vazirlir Mahkamasining tegishli qarorlarida o'z ijobiy aksini topdi. Bu borada 1972 yil dekabr oyida qabul qilingan Tabiat muhofazasini kuchaytirish va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash to'g'risida va 1977 yilda Sobiq Ittifoq Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan O'rmonlar muhofazasini va o'rmon resurslaridan foydalanishni bundan keyin yaxshilash choralari to'g'risidagi qarori va boshqa qarorlari diqqatga sazovordir. Malumki, hamdo'stlik mamlakatlarining hududini o'ndan bir qismini o'rmonlar tashkil qiladi. Ular ichida juda ko'p miqdorda turli dorivor o'simliklar o'sadi. Shuning uchun ham o'rmonlarni muhofaza qilish ularda yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarni muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. Tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan (o'rmon, suv va suv boyliklari, yer osti boyliklari va boshqalar) to'g'ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz - Respublika Konstitutsiyasida o'z aksini topgan. Akademiklar Ye. M. Lavrenko va A. L. Taxtadjyanlar tashabbusi bilan tuzilgan Qizil kitobning yo'qolib ketgan va yo'qolib ketish xavfi bo'lgan o'simliklarni, jumladan dorivor o'simliklarni tabiiy o'sish sharoitida saqlab qolishda, yani ularni muhofaza qilishda ahamiyati juda kattadir. Qizil kitobda yo'qolib ketgan va yo'qolib ketish xavfi bo'lgan o'simliklarni faqat ro'yxati keltirilgan bo'lmay, kitobda shu o'simliklarni tabiiy o'sish sharoitida saqlab qolish va tiklash qanday choralar ko'rish lozimligi hamda yo'qolib ketish sabablari keltirilgan. Sobiq Ittifoq Qizil kitobiga 44 ta, O'zbekiston Qizil kitobiga 163 ta o'simlik, shu jumladan 20 tadan oshiq dorivor o'simliklar kiritilgan. Ularning xomashyosini turli maqsadlar uchun yig'ish qatiy man etiladi. Shuning uchun zarur bo'lsa ularni plantatsiyalarda o'stirish talab etiladi. O'zbekiston dorivor o'simliklaridan quyidagilar Qizil kitobga kirgan: 1. Anjir (yovvoyi holda o'sadigani). 2. Anor (yovvoyi holda o'sadigani). 3. Bozulbang. 4. Viktor qoraqabug'i. 5. Yetmak. 6. Solab turlari. 7. Tilla rang adonis va boshqalar. Malumki hududlarda o'sadigan o'simlik va ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.54 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.54 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: doc