Dorivor tirnoqgul, oddiy bo'ymodaron

Dorivor tirnoqgul, oddiy bo'ymodaron

O'quvchilarga / Botanika
Dorivor tirnoqgul, oddiy bo'ymodaron - rasmi

Material tavsifi

Dorivor tirnoqgul, oddiy bo'ymodaron, dorivor gulxayri, katta zubturum o'simliklar etishtirish texnologiyasi. Reja: Dorivor tirnoqgul Oddiy bo'ymodaron Dorivor gulxayri Katta zubturum Dorivor tirnoqgul - Salendula Officinalis L. astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo'yi 30-50 (bazan 60) sm ga etadigan o't o'simlik. Ildizi shoxlangan o'q ildiz. Poyasi qattiq, tik o'suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan, qirrali bo'lib, yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, bandli, cho'ziq-teskari tuxumsimon, sertuk, poyada ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, tuxumsimon yoki lantsetsimon, gullari savatchaga to'plangan. Mevasi - pista. Iyun oyidan boshlab, kech kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab etiladi. Geografik tarqalishi. Bizda yovvoyi holda o'smaydi. Manzarali o'simlik sifatida Moldova, Ukraina, Rossiyaning Yevropaqismining janubiy tumanlarida hamda Kavkazda, dorivor o'simlik sifatida esa Krasnodar o'lkasida, Poltava va Moskva viloyatlarida o'stiriladi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot diametri 5 sm (3-8 sm) bo'lgan gulbandsiz yoki 3 sm dan oshiq bo'lmagan bandli sariq yoki to'q sariq rangli butun savatchalardan tashkil topgan. Savatchaning o'rama barglari kulrang-yashil tusli, bir-ikki qavat joylashgan bo'lib, tor lantsetsimon shaklli va o'tkir uchli. Gul o'rni yassi, bir oz botiq va tuksiz. Savatcha chetidagi tilsimon gullari 25-250 ta, 2-3 qator (maxsus navlarida 15 qatorgacha) bo'lib, yuqori qismida 2-3 tishchasi bor. Savatchaning o'rtadagi gullari naychasimon, besh tishli. Mahsulot kuchsiz, yoqimli hidga hamda bir oz sho'r va achchiq mazaga ega. XI DF ga ko'ra, mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 11%, 10 li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2%, gul bandining qoldiqlari, jumladan, tahlil vaqtida savatchalardan ajratilgan gul bandlari 6% dan, gullari to'qilib ketgan savatchalar 20%, qo'ng'ir rangga aylangan savatchalar 3%, poya va barg aralashmalari 3%, organik aralashmalar 0,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi hamda 70% spirt yordamida ajratib olingan ekstrakt moddalari 35% dan kam bo'lmasligi lozim. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 7,6-7,8 mg % karotin (karotinoidlarning umumiy miqdori savatchaning tilsimon chetki gullari tarkibida 3% ga etadi), 0,62-0,4% efir moyi, 0,33-0,88% flavonoidlar (kvertsetin, izoramnetin, izokvertsetin va boshqalar), kumarinlar (eskuletin, skopoletin, umbelliferon), 3,44% smolalar, 4% gacha shilliq, 10,4-11,2% oshlovchi moddalar, 19% gacha achchiq modda kalenden, 6,84% olma, pentadetsid va oz miqdorda salitsilat kislotalar, triterpen diollar (arnidiol va faradiol), triterpen saponin-kalendulozid hamda alkaloidlar bo'ladi. Tirnoqgul o'simligining bargi va ildizida glikozidlar bo'ladi. Glikozidlar yig'indisidan kalendulozid S va kalendulozid D glikozidlari ajratib olingan. Kalendulozid S gidrolizlanganda 2 molekula glyukoza, bir molekula galaktoza va oleanol kislota (aglikoni)ga parchalanadi. Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari turli yaralar, kuyganni davolashda, stomatit, angina va boshqa tomoq og'rig'i kasalliklarida og'iz hamda tomoqni chayqash uchun ishlatiladi, shuningdek, gastrit, me'da va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.31 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.31 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga