Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valeriana-doshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar vaastraguldoshlar oilalari

Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valeriana-doshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar vaastraguldoshlar oilalari

O'quvchilarga / Botanika
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valeriana-doshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar vaastraguldoshlar oilalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Dukkakdoshlar oilasiga tasnif. 2. Mimozagullilar oilasiga tasnif. 3. Kapalakgullilar oilasiga tasnif. 4. Kapalakgullilar oilasining bazi vakillari to'g'risida tushuncha 5. Tsezalpinlar oilasiga tasnif. 6. Soyabonguldoshlar oilasiga tasnif. 7. Valerianadoshlar oilasiga tasnif. 8. Ituzumdoshlar oilasiga tasnif. 9. Labguldoshlar oilasiga tasnif. 10. Astraguldoshlar oilasiga tasnif. Dukkaklilar (Leguminosae) oilasi Bu tartibga kiradigan o'simliklar daraxtlar, lianalar, butalar va utlar xolida bo'lib, odatda katorma-kator turadigan yonbargli murakkab barglar chikaradi. Gullari pentamer (bazan tetramer), zigomorf yoki aktinomorf bo'lib, dumalok gulkurgoni besh azoli doiralardan tashkil topgan androtsey va bir azoli ginetsey bor. Gul tugunchasi yuqori tomonda, bir uyada, plantsetasi chetda joylashgan. Bu tartibga o'simliklarning eng tipik belgisi mevalarning loviya shaklida (yoki loviyaga uxshaydigan boshqa shaklda) bo'lishidir. Mimozagullilar (Mimosaceae) oilasi Bu oilaga kiradigan o'simliklar asosan daraxtlar xolida bo'lib, yonbarglari bor, patsimon yoki kushpatsimon murakkab barglar chikaradi. Gullari aktinomorf axyon-axyonda zigomorf va mayda-mayda bo'lib, kallak yoki boshoksimon tupgul hosil qiladi. Gulkurgonidan ochiq rangli uzun-uzun otalik iplari chikib turadi, usha iplarning ochiq rangi(sarik, pushti yoki kizil) changlovchi xashoratlarni jalb qiladi. Gulkurgoni kushalok yoki gultoji taraqqiy kilmay kolganligi natijasida bazan oddiy bo'ladi. Kosachabarg asosan beshta (lekin, kupincha turtta, uchta yoki oltita) bo'lib, bir-biriga kushilib, goxo kushilmay usadi. Gulbarglarining soni kosacha barglarning soniga baravar, ular kushilmagan yoki bazan bir-biriga birmuncha usgan bo'ladi. Otaliklarining soni turlicha. Bazi avlodlarida ularning soni kosachabarglar soniga baravar bulsa, bazilarida ikki marta ko'p, yoki bir talay. Otalik iplari goxo mutlako erkin tursa, goxo kushilib usib naycha hosil qiladi, yoki gultoj bilan kushilib ketgan bo'ladi. Birdan-bir meva bargchasi ustki tugunchali bir uyali onalik hosil qiladi. Mevasi loviya shaklida bo'lib, ochiladi yoki bir urugi bugimlariga bulinib ketadi. Mimozagullilar oilasining vakillari ikkala yarim sharning tropik va subtropik zonalarida keng tarkalgandir. Bu oilaning eng katta akatsiya (Acacia) avlodiga taxminan 500 tacha tur kiradi, ularning yarmidan kuprogi Avstraliyada tarkalgan. Avstraliyada usadigan akatsiyalar kupincha plastinkalari xiyla yoki tamoman reduksiyalangan, bandi vertikal tekislikda keng tortgan barglar chikaradi (fillodiy), bu assimilyatsiya kiladigan yuza etarli darajada keng bo'lgani holda buglanishning xaddan tashqari kuchayishiga yul kuymaydi. Acacia avlodining turlari Afrikada xam keng tarkalgan bo'lib, barglarini tukadigan tropik daraxtlari urmonlarda uchraydi va savannalarga manzara berishda xissa kushadi. Afrika akatsiyalari bazan tepasidan bosilgandek bo'lib kurinadigan galati shox-shabba chikaradi, soyabon akatsiya deb shuni aytiladi. Bazi akatsiyalarning yonbarglari tikanga aylangan, ular ichi kavak bo'lishi xam mumkin, ichi kavak shunday tikanlar chumolilarga in bo'ladi. Chumolilar barglarning uchida buladigan yassiksimon alohida ortiklar to'qimasi (ozikli tanalar) bilan oziklanadi, usha tanalarda azotli moddalar bilan moy bo'ladi. Talaygina akatsiyalar gulli moddasini beradi, ayniqsa senegal akatsiyasi (Acacia ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.22 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.22 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga