Dukkakgullilar qabilasi - Fabales

Dukkakgullilar qabilasi - Fabales

O'quvchilarga / Botanika
Dukkakgullilar qabilasi - Fabales - rasmi

Material tavsifi

Dukkakgullilar qabilasi - Fabales Reja: Dukkakgullilar qabilasining tasniflanishi. Mimozasimonlar kenja oilasi vakillarining tuzilishidagi o'ziga xos xususiyatlar. Sezalpinsimonlar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va ahamiyati. Dukkaksimonlar kenja oilasi vakillarining tuzilishi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Tayanch ibora va atamalar: aktinomorf, zigomorf, fillodiy, staminodiy, nektarnik, azotobakter. Daraxt, buta, yarim buta va ko'p yillik yoki bir yillik o't o'simlik. Barglari murakkab (patsimon bo'lingan, panjasimon murakkab, yoki uchbargli) yoki to'liq rivojlanmaganligi tufayli ikkilamchi sodda bargli, ko'pincha yonbargli. Gullari shingil (shoda), boshoq, kallak singari gul to'plamlariga yig'ilgan, qo'sh jinsli yoki ayrim hollarda bir jinsli, aktinomorf (Mimosoideae) yoki, ko'pincha, zigomorf, besh a'zoli, qo'sh gul qo'rg'onli. Gul kosacha barglari (3-) 5 (6), erkin yoki ayrim hollarda ma'lum darajada tutash. Gulkosa barglari toj barglariga teng, erkin yoki ikkitasining ost kismi tutash. Changchisi aksariyat turlarda 10 ta. Mevasi-dukkak. Urug'i to'g'ri (Mimosoideae) yoki qayrilgan (Fabaceae), endospermsiz yoki endospermli. Ko'pchilik sistematiklar Fabales (Leguminosae) qabilasini Ra'nogullilar (Rosales) qabilasiga yaqin deb qaraydilar, ayrim hollarda ularni birlashtirishga harakat qiladilar. Lekin Comer (1976), undan so'ng Taxtadjyan (1987) ularning urug'ining ichki tuzilishidagi farqni inobatga olib bu yaqinlikni inkor etadilar. Qabilaga faqat birgina dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasi mansub. Dukkakdoshlar oilasi - Faboceae Mazkur oila mimozasimonlar (Mimosoideae), sezalpinsimonlar (Cesalpinideae) va dukkaksimonlar (Faboideae) deb ataluvchi uchta kenja oilaga bo'linadi. Mimozasimonlar kenja oilasi - Mimosoideae Dukkakdoshlar orasida eng qadimiy sodda tuzilishli turlar bo'lib, aksariyat qismi daraxt va butasimon o'simlik. Gullari aktinmorf, changchilari erkin joylashgan, urug'chisi bitta meva bargidan shakllangan. Kenja oilaga tropik va subtropik o'lkalarda tarqalgan 56 turkumga mansub 2.800 ga yaqin tur kiradi. Bir qadar katta hajmli turkumlardan Akatsiya (Acacia), Albitsiya (Albizzia) va Mimozalar (Mimoza) hisoblanadi. Akatsiya (Acacia) juft patsimon bargli uncha katta bo'lmagan daraxt, gullari aktinomorf. Changchilari och pushti rangli. Akatsiyaning tashqi qiyofasi nihoyatda turli-tuman. Avstraliya akatsiyalarining barg yaprog'i reduktsiyalangan barg bandi fillodiylarga aylangan. Afrika savannalari akatsiyalarining tanasi soyabonsimon shaklda. Turkumga 500 ga yaqin o'simlik turi mansub. O'zbekistonda akatsiyaning kumush akatsiya (Acacia dealbata) deb ataladigan turi manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Albitsiya (Albicia) juft patsimon bargli daraxt. Turkum tarkibida 100 ga yaqin turi bo'lib, tropik va subtropik o'lkalarda keng tarqalgan. O'zbekistonda Samarqand, Toshkent, Denov shaharlarida lenkoran albitsiyasi (Ajulibrissin) deb ataluvchi turi manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Mimozalar (Mimosa) turkumining 350 dan ortiq turi, asosan, Janubiy Amerika tropiklarida tarqalgan. Kenja oilaning O'zbekistonda keng tarqalgan turi Jinjakdir (Lagonichum farctum). Buning balandligi 30-50 sm ga qadar bo'lgan, butacha, loy tuproqli Qarshi va Sherobod cho'llarida tarqalgan. Uning ildizi va dukkagi tarkibida 12% ga qadar oshlovchi tannid moddasi tufayli qadimda ko'nchilikda ishlatilgan. Tabobatda dukkagidan tayyorlangan qaynatma ich ketish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.38 MB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga