DUNYo O'RMONLARI. DYeNDROLOGIK TARKIBI VA GYeOGRAFIK TAQSIMLANIShI Reja: Dunyo o'rmonlarining guruhlari Dunyo o'rmonlarining taqsimlanishi O'rmonlarning dendrologik tarkibi va turlari Yer yuzida ekologik omillar, yani issiqlik, namlik, yorug'lik va boshqalar hududiy taqsimlangan. Shu sababli o'simlik va tuproq qoplamlari ham gorizontal ravishda hududiy joylashgan. Bu tabiiy hududlar haqidagi ta'limotni birinchi bo'lib V.V.Dokuchaev yaratgan. Tabiiy hudud yer yuzining bir qismi bo'lib, iqlimi, o'simligi va tuproq qoplami bilan xarakterlanadi. MDH hududida 7 ta tabiiy hudud bo'lib, ular quyidagilardan iborat: tundra hududi, o'rmon-tundra hududi, o'rmon hududi, o'rmon-dasht hududi, dasht hududi, dasht-cho'l hududi, cho'l hududi. Shimoldan janubga borgan sayin bu gorizontal hududlar bir-biri bilan almashinadi. Bu xil gorizontal hududlikdan tashqari, tog'lik rayonlarda vertikal hududlik (poyaslik) kuzatiladi. Bunda tog' balandliklarida shu balandlik uchun xos iqlim sharoiti va o'simlik hamda tuproq tiplari rivojlanib, tog' o'rmon ko'tarilgan sari bular o'zgarishi mumkin, bu o'zgarishda navbatdagi poyaslar paydo bo'ladi. Gorizontal va vertikal hududlarning ayrimlari iqlim sharoiti va o'simliklari hamda tuprog'i bilan bir-biriga o'xshab ketsa-da, ayrim holatlarda to'g'ri kelmay, farq qiladi. Agar tuproq sharoiti qulay bo'lsa, shu hududga xos bo'lmagan o'simlik qoplami rivojlanishi mumkin. Masalan, dasht va cho'l hududlaridagi va daryo bo'ylab o'sadigan to'qayzorlarni ko'rsatish mumkin. Bu tip o'simliklar intrazonal o'simliklar deb ataladi. Tabiiy o'rmonlar va o'rmon tiplari. O'zbekistondagi tabiiy o'rmonlarni tashkil etuvchi asosiy tur bo'lib archa kiradi. Archazorlar tuproqni muhofaza qiladi, suvni himoya qiladi va uni tartibga soladi. Bizning tog' mintaqamizda archaning uch turi uchraydi: qora archa (zarafshon archasi), saurarcha (yarimsharsimon archa), o'rik archa (turkiston archasi). Ular bir birlaridan tashqi ko'rinishi, vertikal tuzilishi bilan farq qiladilar. Archadan keyin tog'larda tabiiy ravishda yong'oqzorlar o'sadi: handon pista 600-1700 m balandlikda, grek yong'og'i 100-1500 m, bodom 800-1600 m va mevali daraxtzorlar (olma, olxo'ri, do'lana, nok va boshqalar) tog'larda kichik guruh bo'lib (karkas) uchraydi, daryolar yonida xurmo, zarang, olcha uchraydi. O'zbekistonda tabiiy o'rmonzorlardan tashqari kichik o'rmon-zorlar ko'rinishida, qishloq xo'jalik ekinlari atrofida o'rmon ixotazorlari, kanallar, suv omborlari, atomobil, gaz quvurlari atrofida 10 mln. ga sun'iy daraxtzorlar mavjud. Bu yerda har xil daraxt, buta o'simliklari uchraydi. Bizning sharoitimizga moslashib qolgan introduksiya qilingan turlar o'sadi. Ularning ko'pchiligi (eman, qayrag'och, oq akas, safora, teraklarning ayrim turlari) bizda tezroq o'sadi (o'z vataniga nisbatan), issiq iqlim va havoning quruqligiga yaxshi chidaydi. Ularning katta massivlari G'arbiy Tyanshan, Zarafshon, Nurota, Xisor tog'larida hamda Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining tog'larida dengiz sathidan 800-1700 m balandliklarda joylashgan. Chirchiq, Oqsoqota, Parkent, Bosh qizil soy daryolari havza-larida, Chotqol, Pskom va Ugom tog'larida 80-90 yoshdagi yong'oq daraxt-larining balandligi 20-25 m va daraxt tanasining aylanasi 80-100 sm ni tashkil qiladi. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.19 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.19 MB
Ko'rishlar soni
71 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: pptx