Ebriogenez. Urug'langan tuxum hujayraning bo'linishi

Ebriogenez. Urug'langan tuxum hujayraning bo'linishi

O'quvchilarga / Botanika
Ebriogenez. Urug'langan tuxum hujayraning bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

Ebriogenez. Urug'langan tuxum hujayraning bo'linishi Reja: Ikki pallali o'simliklar mo'rtagining rivojlanishi Bir pallali o'simliklar mo'rtagining rivojlanishi Mo'rtak normal rivojlanishining buzilishi Urug' va mevani hosil bo'lishi Partenokarpiya Embriolog olimlarning embriogenez jarayonini o'rganishdagi urinishlari boshqa yo'nalishdagilarga qiyoslaganda ozroq. Shunga qaramay bunday tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos darajada katta. Embriogenez jarayonini, avvalo uning dastlabki davrlarini o'rganish o'simliklar sistematikasi, filogenezidagi muammoli masalalarni hal etishda, hamda embriologiya oldida turgan asosiy masalalardan biri - tizimlishtirish jarayonlarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Embriogenez bo'yicha XIX asrning o'rtalariga kelib embriologiya sohasida erishilgan yutuqlar embrional tip rivojlanishlarning klassifikatsiyasi uchun asos bo'ldi. Rivojlanib shakllanayotgan mo'rtakni morfologik xususiyatlari, embrional tiplarning tavsiflari ularning klassifikatsiyasiga doir xorijda, Respublikamizda yuqori darajada ilmiytadqiqot ishlari olib borilgan. Bu borada diqqatga sazovor ishlar R.Suej (1948) tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, u yopiq urug'li o'simliklarning ko'plab turlarida mo'rtakning rivojlanishi va unga doir qonuniyatlarni aniqlagan. Bir pallali o'simliklarning mo'rtakini kelib chiqishi, ya'ni uning hosil bo'lishi va rivojlanishi embriogenezning asosiy masalalaridan biri sifatida hozirgi kungacha ko'pchilik olimlar tomonidan muhokoma qilib kelinmoqda. Bu borada ko'plab tadqiqotlar tabaqalashmagan mo'rtakning morfologiyasini o'rganish bilan bir qatorda mo'rtakni rivojlanish darajalari hamda o'simlik o'sayotgan muhitda urug'ni yetilish davridagi aloqadorliklariga shuningdek o'simliklarning filogeniyasi ham hisobga olingan. Mo'rtakni in vitro usulida o'stirib o'rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar katta nazariy va amaliy ahamiyatga bo'lib, duragay mo'rtakni keng miqyosda tajribada o'rganish natijasida g'alladoshlarning o'zaro uzoq formalarida tabiiy sharoitda o'sayotganlarida olinmagan natijalar olingan. O'stirish usuli seleksionerlarning oldida katta imkoniyatlar yaratadi. Bu usulda o'zaro chatishmaslik va duragay o'simliklarni olish, mos kelmagan hollarda ham chatishtirishni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Mo'rtakni sun'iy oziq muhiti sharoitida o'stirilganda, uning morfologik, fiziologik o'zgarishlari va rivojlanishlarini batafsil o'rganish imkoniyatlari yaratiladi. Zero bu ishlar ilmiy tadqiqotlarni boshqarib boriladigan sharoitda amalga oshiriladi. Proembrional bosqich mo'rtakni hosil bo'lishi zigotani bo'linishidan boshlanadi. Buning uchun zigota avvalo to'liq darajada yetilishi lozim. Yetilish uchun unda bir qator morfologik va biokimyoviy o'zgarishlar ro'y berishi, natijada mo'rtak xalta ancha kattalashadi. Zigotada tuxum hujayraga nisbatan endoplazmatik to'rning membranalari soni, Golji apparatining faolligi oshadi, polisomalar vujudga keladi. Zigota simmetriyaga o'qiga ega bo'lib, qutublilik qonuniyati asosida rivojlanadi. Zigotadagi qutublilik hossasi o'simliklar va hayvonlar uchun xarakterli belgi hisoblanib, unda aniq tashqi morfologik va ichki fizologik qutbiyligi oqibatida yuzaga keladi. Morfologik qutubiyligi uning yuqori qismida nisbatan mo'lroq sitoplazmada - yadro uning pastki oz qismli sitoplazmada esa - vakuol joylashgan. Fiziologik qutublilik moddalarning almashinuvidagi tezlikda ifodalanadi. Zigotaning yuqorigi - apikal tomonida moddalar almashinuvi jadalroq, pastki - bazal qismida esa sekinroq sodir bo'ladi. Zigotaning birinchi bo'linishi ko'ndalang to'siq hosil bo'lishi bilan amalga oshishi natijasida apikal, boshqacha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.57 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.57 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga