Egiluvchan sagovnikning (cycas revoluta) tuzilishi va taraqqiyoti

Egiluvchan sagovnikning (cycas revoluta) tuzilishi va taraqqiyoti

O'quvchilarga / Botanika
Egiluvchan sagovnikning (cycas revoluta) tuzilishi va taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Egiluvchan sagovnikning (cycas revoluta) tuzilishi va taraqqiyoti Bo'lim:Qarag'aytoifalar (Ochiqurug'toifalar)-Pinophyta (Gymnospermatophyta) Ajdod (sinf): Sagovniksimonlar-Cycadopsida Qabila (tartib): Sagovniknamolar-Cycadales Oila Sagovnikdoshlar-Sycadaceae Turkum:Sagovnik-Cycas Tur: Egiluvchan sagovnik-Cycas revoluta Egiluvchan (oddiy) sagovnikni (Cycas revoluta) o'rganishda dastlab tuvakda o'stirilayotganda to'liq gerbariy va eksponatlar ko'zdan kechiriladi. Darslik va qo'llanmalardagi ma'lumotlar, rasmlar o'rganiladi. SPOROFIT: Egiluvchan (oddiy) sagovnikning jinssiz (sporofit) nasli tuxum hujayra urug'langach hosil bo'ladigan urug'dan rivojlanadi. Sporofit voyaga yetgan daraxtdir. Mavjud chizma-rasmlar, gerbariylardan foydalanib oddiy sagovnikning tanasi qanday ko'rinishda, shoxlanishi va ildiz sistemasi qandayligi o'rganiladi. Bargining shakli, poyada joylashuvi, qubbalarining tuzilishi va boshqa morfologik belgilariga e'tibor beriladi. Qubbadagi sporofil, sporofildagi changdon (sporangiy) va urug'kurtaklar kuzatiladi. Sagovnik bu daraxt, tanasi ustunsimon, shoxlanmagan, bo'yi 20-25 m, poyasining sirti qalin po'stloq yoki periderma bilan qoplangan. Undan keyin kollateral o'tkazuvchi boylam joylashgan, u lub, kambiy va traxeidlardan iborat. Poyaning markazida yaxshi rivojlangan o'zak va o'zak nurlari, po'stloq va o'zakda esa shilimshiq ajratuvchi yo'llar joylashgan. O'zagida ''sago'' degan kraxmal to'plangani uchun bu o'simlik sagovnik deb ataladi. Rasmda ko'rilganidek, oddiy sagovnikning asosiy ildizi ancha uzun, yon ildizlarida simbioz holatda zamburug''lar, azot to'plovchi bakteriyalar va ko'k-yashil suvo'ti Anabaena yashaydi. Rasmda oddiy sagovnikning barglari guj bo'lib tanasining uchki qismida joylashgani ko'riladi. Barglari yirik, patsimon, qalin, qattiq 3m gacha yetadi, asosidan o'sadi va dastlab shilliq qurtga o'xshagan bo'ladi. Barglari yirik va patsimon bo'lganidan, sagovnikni ba'zan sago palmasi deb ham yuritiladi. Sagovnik ikki uyli daraxt, ularda mikrosporofilli g'uddalari 50-70 sm va vazni 40 kg gacha bo'ladi. G'uddasidagi mikrosporofillarda changdonlar sinangiylar hosil qilib joylashgan. Eksponatdan ko'ring. Mikrosporangiyda juda ko'p mikrospora chang bo'ladi. Mikrospora (changcha) unish vaqtida uchta hujayradan iborat bo'ladi: protallial-o'simta, anteridial, undan ikkita ko'p xivchinli spermatazoid hosil bo'ladi va vegetativ, keyinchalik u chang naychasini hosil qiladi (gaustoriya). Shu holatda changcha (mikrospora) atrofga tarqaladi va keyingi rivojlanishi urug'kurtak ichida davom etadi. GAMETOFIT: Mikrosporaning unib undan hosil bo'ladigan butun borliq anteridiyli gametofitdir. Uning tuzilishini chizma rasmlardan foydalanib o'rganiladi. Sagovnikning megasporofili ham poyaning uchida hosil bo'ladi. Ular qisqargan patsimon barglarga o'xshash bo'lib, markaziy tomirining ikki yonida rangi sariq-qo'ng'ir 2-6 ta megasporangiy ya'ni urug'kurtaklar joylashadi. Urug'kurtakning ichki tuzilishi quyidagicha: sirtini uch qavat integument o'rab turadi, uning ichki va tashqi qavatlari seret, yumshoq; o'rta qavati toshsimon; ichida-nusellus (megasporangiy), yuqori tomonda mikropile (chang yo'li), uning tagida esa bo'shliq chang kamerasi bor. U nusellusning uchki qismidan hosil bo'ladi. Nusellusda yirik megaspora rivojlanadi, undan esa mitoz yo'li bilan birlamchi endosperm va ikkita arxegoniy yetishadi (Rasmdan daftarga chizib oling). Mikrospora (changcha) shamol yordamida urug'kurtakka tushib, mikropile orqali chang kamerasiga kiradi. Changchaning vegetativ hujayrasi chang nayini hosil qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 20.07 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 20.07 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga