Ekinlarning o'g'itga talabchanligini aniqlashning fiziologik asoslari Reja: 1. O'simliklar tomonidan oziq moddalarni o'zlashtirish davrlari. 2. O'simliklar tomonidan tuproqdan oziq elementlarini olib chiqib ketilishi va uning turlari. 3. O'simliklar tomonidan tuproqdagi oziq moddalarni o'zlashtirilishi. 4. O'simliklarning mineral va mahalliy o'g'itlar tarkibidagi oziq moddalarni o'zlashtirishi. 5. Ekinlarning ildiz va angiz qoldiqlarini tuproqning oziq rejimiga ta'siri. Oziq moddalar o'zlashtirilishi o'simliklarning yoshiga qarab o'zgarib boradi. Oziq moddalar o'zlashtirilishiga nisbatan tanglik (kritik) va eng ko'p (maksimal) o'zlashtiriladigan davrlar farqlanadi. Oziqlanish muhitida ma'lum bir moddaning yetishmasligiga va uni o'simliklarning rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatishi oziqlanishdagi tanglik davr deb yuritiladi. Ekinlar keyinchalik mazkur element bilan mo'l-ko'l darajada ta'minlansada, tanglik davrinipg asorati uzil-kesil yuqolmaydi. Azot va fosforga nisbatai tanglik davr odatda erta bahorda, mikroorganizmlar faoliyati sust bo'lganda namoyon bo'ladi. Rivojlanishning nisbatan kechroq muddatlarida o'simliklarning oziqlanishiga bo'lgan talabi kuchayadi, qaysiki oziq moddalar eng ko'p (maksimal) o'zlashtiriladigan davr deb yuritiladi. Ekinlarni uzluksiz ozuqa moddalari bilan ta'minlash uchun o'g'it qo'llash 3 usulda amalga oshiriladi. - asosiy o'gitlash (ekishgacha) - qatorlab o'gitlash (ekish bilan birga) - qo'shimcha oziqlantirish (ekinlar o'suv davrida) Asosiy o'g'itlash. O'g'itlashning bu usuli ekinlarni butun o'suv davrida, ayniqsa oziq moddalariga talab qo'yiladigan, jadal rivojlanish davrida, oziq elementlari bilan ta'minlash uchun qo'llaniladi. Asosiy o'gitlashda rejalashtirilgan o'g'it me'yorining asosiy qismi kuzda xaydov oldidan tuproqqa kiritiladi. O'g'itni ekish bilan birga qo'llash. Ekish bilan birga o'g'it qo'llashda maxsus o'g'itlagich moslamalaridan foydalaniladi. O'g'itlarni bu usulda qo'llashdan kutiladigan asosiy maqsad nixollarni rivojlanishning ilk 6-15 kunlarida oziq moddalar bilan yetarlicha ta'minlash bo'lib, asosan oson eriydigan mineral o'g'itlardan foydalaniladi. Ekinlarni qushimcha oziqlantirish. Ma'lumki sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida, shuningdek nam iqlimli regionlarda azotli o'g'itlarni, ayniqsa nitratli va ammiakli-nitratli azotli o'g'itlarni, asosiy o'g'itlash vaqtida qo'llab bo'lmaydi. Azotli o'g'itlarning 70-80 foizi, kaliyning yarmi va fosforning kamroq qismi tuproqqa qo'shimcha oziqlantirish sifatida kiritiladi. Qishlok xo'jalik ekinlari tuproqdan oziq moddalarni turli miqdor va nisbatlarda olib chiqib ketadi. Bunda o'simliklarning turi va navi bilan bir qatorda tuproq-iqlim sharoitlari ham muhim o'rin egallaydi. O'simliklarning oziq moddalariga bo'lgan talabi umumiy -hosil bilan olib chiqib ketiladigan oziq moddalar miqdori bilan yoki asosiy mahsulotning hosil birligi bilan belgilanadi. Oziq moddalarning biologik va xo'jalik chiqimi tushunchalarini farqlay olishimiz lozim. O'simliklar tomonidan hosilning biologik massasini (don, somon, angiz va ildiz qoldiqlari) shakllantirish uchun o'zlashtiriladigan oziq moddalar miqdori biologik chiqim iborasi bilan yuritiladi. Xo'jalik chiqimi esa faqatgina mahsulotning tovar qismi bilan (don va somon, ildizmeva va palak) olib chiqib ketiladigan oziq moddalar miqdorini ko'rsatadi. Agar somon yoki palak notovar mahsulot sifatida paykalda qoldirilsa, ular tarkibidagi oziq moddalarning miqdori xo'jalik chiqimiga kiritilmaydi. O'simliklar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
986.64 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
986.64 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: pptx