Evgenol rayhoni, Osh piyoz, Topinambur, Qora smorodina, Pushti katarantus o'simliklari etishtirish texnologiyalari. Reja: Evgenol rayhoni. Osh piyoz. Topinambur. Qora smorodina. Pushti katarantus. Evgenol rayhoni - Ocimum gattisimum L., labgullilar - Labiate oilasiga kiradi. Evgenol rayhoni bo'yi 70-100, bazan 150 sm ga etadigan sershox yarim buta. Poyasi kam tukli, to'rt qirrali, asos qismidan boshlab ko'p shoxlangan. Bargi oddiy, cho'ziq tuxumsimon, tishsimon qirrali bo'lib, poyada bandi bilan qarma-qarshi joylashgan. Gullar sarg'ish, labgullilar oilasiga xos tuzilgan. Avgust oyida gullaydi. Geografik tarqarilishi. Evgenol rayhonining vatani Janubiy Afrika, Madagaskar va unga yaqin orollar. Rossiya shariotida bir yillik o'simlik sifatida o'stiriladi. Evgenol rayhonining boshqa rayhonlar bilan chatishtirib etkazilgan Yubiley navi Qrim, Krasnodar o'lkasida hamda Gruziya, Armaniston, Moldaviya, Qirgiziston Respublikalarida o'stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullaganida yer ustki qismidan 10-15 sm qirqib olinadi (yo'g'on poyalar aralashmasligi kerak) va qurib qolmasdan (mahsulot qurib qolsa yoki quritilsa, tarkibidagi efir moyi miqdori va moydagi evgenol kamayib ketadi) efir moyi olish uchun tezda zavodlarga yuboriladi. Efir moyi bosim ostida qizdirilgan suv bug'i yordamida haydab olinadi. Kimyoviy tarkibi. Ho'l evgenol rayhonining yer ustki qismi tarkibida 0,3-0,8% efir moyi bo'ladi. Efir moyi tarkibida esa 50-80% evgenol, metilxavikol, kamfora va otsimen bor. Efir moyidan evgenol olinadi. Rayhon o'simligini o'stirish texnologiyasi Rayhon O'zbekistonning barcha viloyatlarida ekib o'stiriladi. Undan yuqori xomashyo etishtirish uchun barcha agrotexnik chora-tadbirlari orasida yerni sifatli qilib ishlash asosiy ahamiyatga ega. Chunki yer to'g'ri ishlanganda, rayhon ekiladigan tuproqlarning fizik, kimyoviy va biologik xossalari yaxshilanadi. Uning ildiz tizimini rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Rayhon ekiladigan yerlar unumdor fizik xossalari mo'tadil, sho'rlanmagan va nami etarli bo'lishi kerak. Rayhon ekiladigan yerlar asosan begona o'tlardan toza bo'lishi shart. Yerlarni kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 15-20 tonna chirigan mahalliy o'g'it va fosfor o'g'itining yillik normasini 70% ni, yani 40-50 kg dan kirgizib, 25-27 sm chuqurlikda haydab qo'yiladi. Rayhon urug'ini parniklarda sepib, 40-45 kundan keyin erta bahorda haydalgan yerlar tekislanib, borona va mola bostirib tuproq harorati (10-12 sm qatlamda) 15-17°S bo'lganda uning ko'chatlari 70 x 70 sm qilib mexanizmlar yordamida yoki qo'lda ekiladi va har bir uyaga 2 tadan o'simlik qoldiriladi va tez-tez sug'orilib turiladi. Rayhon o'simligini begona o'tlar qoplab ketmasligi uchun uni tozalab turish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vegetatsiya davomida 12-13 marta sug'oriladi va 4-5 marta kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlar yordamida yumshatiladi. Rayhon mineral va organik o'g'itlarga juda talabchan ekin hisoblanadi. Uning yaxshi o'sishi, rivojlanishi va ko'proq ko'k massa etishtirishda o'g'itlash tizimini to'g'ri belgilash lozim bo'ladi. Rayhonni sxonalash va gullash fazalarida azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlar bilan oziqlantiriladi va gektar hisobiga 90 ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.81 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.81 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: doc