Evolyusion ta'limot haqida tushuncha Reja: Darvinizim haqida ma'lumot. Evolyusiya nazariyasining asosiy prinsiplari. Darvinizimning mazmuni. Inson qadim zamondan beri organik olamning ikki xossasiga ajablanib qaragan. Bu xossalardan biri uning nihoyatda xilma-xilligidir. Hozirgi vaqtda о'simliklarning 500 00 dan, hayvonlarning 1500 00 dan, zamburug'larning 100 00 dan ortiq turi mavjud. Agar shular qatoriga qadimgi geologikera va davrlarda yashab, sо'ngra qirilib ketgan 700 00 hayvon, 300 00 о'simlik turini qо'shsak, haqiqatdan ham organik olamning xilma-xilligiga hech qanday shubha qolmaydi. Har bir organizm turi tuzilishi, hayot faolyati, yashash muhiti bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Organik olamning ikkinchi ajoyib xossasi organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyatiga kо'ra tevarak-atrof muhitiga moslashganligidir. Masalan, shimoliy о'lkalarda yashaydigan hayvonlar oq rangda, chо'l zonasidagi hayvonlar shu yer rangida ekanligi, baliq tuzilishiga kо'ra suv muhitiga, qushlar esa havo muhitiga moslashganligi bunga yaqol misoldir. Organizmlarning xilma-xilligini va moslanish sabablarini tushintirishda idealistik va materialistik oqim tarafdorlari о'rtasida kо'p asrlar mobaynida keskin kurash davom etgan. Idealistik oqim tarafdorlari rux birlamchi, materiya ikkilamchi, shunga kо'ra, fan va amaliyotga asoslanib, tabiat qonunlarini bilib bо'lmaydi, bu qonunlar faqat xudoga ma'lum, degan fikirni quvvatlaganlar. Bu oqim din bilan chambarchars bog'liq bо'lib, uning bevosita yoki bilvosita nazariy ifodasidir. Materialistik oqim tarafdorlari esa aksincha, barcha borliq, olam asosida materiyaning rivojlanishi tufayli vujudga kelgan, deb ta'lim beradilar. Darvindan oldin va keyin ham, organik olam qotib qolmaganligi, о'zgarishi tо'g'risida bir qancha nazariyalar vujidga kelgan. Biroq bu nazariyalarga kо'ra, organik olamning evalyusiyasi ayrim biror omilning ta'ciri natijasidir, deb tushintirib keldilar. Organik olamning evolyusiyasi organizmlarning takomilashishga intilishi (Lamark), alohida bо'lishi alohidalanishi (Vegener), mutatsion о'zgaruvchanlik (de Friz), muhitiga nisbatan adekvat moslashuvchi о'zgaruvchanlik (Lisenko) asosida amalga oshdi, degan g'oyalar shular jumlasidandir. Angliyalik buyuk tabiatshunos olim Charlz Darvin 1859 yili о'zining «Proisxojdeniye vidov putem yestestvennogo otbora ili soxraneniye blagopriyatstvumox porod v borbobe za jizno» (Tabiiy tanlanish yо'li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun moslashgan zotlarning saqlanib qolishi) degan mashhur asarini nashr ettirdi. Bu asarda hozir mavjud bо'lgan barcha о'simliklar, hayvonlar, odam tо'satdan yaratilmay, balki milion yillar davom etgan tarixiy rivojlanish ma'suli ekanligini isbotlab berdi. Shu bilan bir qatorda, organizmlarning xilma-xil moslanish sabablarini materialistik nuqtai nazardan yoritdi. Darvin organik olamning evalyusiyasi tо'g'risidagi ta'limotni yaratishda tabiatshunoslikning turli sohalari (sistematika, qiyosiy anotomiya, embriologiya, biogeografiya, paleontologiya va boshqa fanlar) da tо'plangan ma'lumotlarga, yangi zot va navlar chiqarish sohasidagi kо'p asrlik seliksiya yutuqlariga hamda о'zi olib borgan kuzatish, tajriba natijalariga, ilmiy xulosalarga tayandi. U juda kо'p dalillarga asoslanib, organik olamning evolyutsiyasi hech qanday ilohiy kuch ishtirokisiz amalga oshishi, bu jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar-omillar о'zgaruvchanlik, ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.55 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.55 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:11 ]
Arxiv ichida: doc