Fitotsenozning tuzilishi

Fitotsenozning tuzilishi

O'quvchilarga / Botanika
Fitotsenozning tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Fitotsenozning tuzilishi Reja: Fitotsenozning turlar tarkibi Fitotsenozdagi turlar orasidagi O'zaro munosabatlar Turlar orasida miqdor va sifat munosabatlari O'simliklar jamoasining qavatliligi O'simliklarning hayotiy shakllar bo'yicha xilma-xilligi. Fitotsenoz grekcha so'zdan olingan bo'lib, fiton o'simlik, kainos-umumiy degan manoni bildirib o'simliklar qavmi, birlashib yashovchi o'simliklarninp tabiiy guruhidir. U o'ziga xos turlari, strukturasi, ekologik muhiti bilan xarakterlanadi yoki ayrim sharoitda bir to'da o'simliklar yoki bir qancha turlarga oid o'simliklarning qavm bo'lib yashashidir. 1904 yilda geobotanik olim G. F. Morozov birinchi bo'lib o'rmon o'simliklarining qavm bo'lib yashashini aniqlagan. Undan keyin 1908 yilda akademik V. N .Sukachev tomonidan fitotsenozdagi barcha turlarning qavmi o'rganiladi. 1915 yilda I. K. Pachoskiy faqat bitta o'simlik hukmron bo'lib o'sadigan dalalarga qo'llasa, 1917 yilda Sukachev esa hamma o'simliklarga qo'llaydi. 1918 yilda Sukachev nazariyasi G. Gams tomonidan qo'llab quvvatlanadi. Sukachev tomonidan 1956 yilda fitotsenozga birinchi bo'lib to'gri ta'rif berildi. «Fitotsenoz yoki o'simliklar jamoasi, ma'lum hududda o'sadigan o'simliklarning har birining xarakterli xususiyatlarini; o'simliklarning bo'y balandligini, tarqalishini, hayotiy holatini, vegetatsiyasini, gullash va urug'lashini, qovrashini, o'simliklarning bir-biriga ta'sirini, o'sadigan joyini, iqlim va tuprog'ini, inson va hayvon ta'siri kabi ekologik omillar majmualarini o'z ichiga oladi» deb ta'rifladi. Fitotsenozdagi o'simliklarning majmuasi bu tasodifiy emas, undagi o'simliklar konkret tarixiy taraqqiyot natijasida yig'ilgan uyushma - qavm hisoblanib, unga tuban va yuksak o'simliklar kiradi. Ular ekologiyasining har xilligi bilan ajralib turadi. Har bir fitotsenozning o'ziga xos bo'lgan muhim belgilari mavjuddir. Ya'ni har bir fitotsenoz boshqasidan turlar tarkibi, turlar orasidagi miqdor va sifat munosabatlari, qavatlilik-pogonalik, mo'llik, hayotiy shakli, gorizontal tuzilishi kabi belgilari bilan farq qiladi. Odatda fitotsenozlarning tuzilishini o'rganishda quyidagi belgilarni hisobga olish lozim. 1) ftotsenozning floraviy tarkibi; 2) fitotsenozni tashkil etuvchi turlar soni, ularning umumiy massasi, turlar orasidagi miqdoriy nisbatlar; 3) har bir individlarning holati (ahvoli); 4) fitotsenozda turlarning vertikal va gorizantal taqsimlanishi hamda shu asosda strukturaviy qismlarga bo'linishi. Har bir fitotsenozning komponentlari makonda vertikal taqsimlanish (yaruslilik) va gorizantal taqsimlanish (o'rnashish, joylashish) xusisiyatiga ega. Fitotsenozning turlar tarkibi Fitotsenozni o'rganishda turlar tarkibi eng muhim belgilaran biri hisoblanadi. Shuning uchun ham turlar yig'indisi flora yoki floristik tarkib deb yuritiladi. Turlar tarkibi fitotsenozning xususiyatini va tashqi qiyofasini belgilaydi. Har bir jamoada yuksak o'simliklardan tashqari bir qancha bakteriyalar, suv o'tlari, zamburug''larning ko'plab turlarii mavjud bo'ladi. Fitotsenozda shunday turlar borki son jihatdan unchalik katta hajmni egallamaydi, lekin o'zining ishtiroki bilan fitotsenozda muhitni boshqaradi. Misol uchun bazi bir turlar tuproqning xususiyatini ifoda etadi. Bu esa fitotsenozga to'liq tavsif berishga imkon yaratadi. Bunday o'simliklarni muhitni belgilovchi - d e t e r m i n a n t o'simliklar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.92 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.92 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga