Fiziologik jarayonlarning molekulyar asoslari

Fiziologik jarayonlarning molekulyar asoslari

O'quvchilarga / Botanika
Fiziologik jarayonlarning molekulyar asoslari - rasmi

Material tavsifi

Fiziologik jarayonlarning molekulyar asoslari Reja: 1.O'simlik hujayralarining ontogenezi va hujayra tuzilmalarining biogenezi 2. Oqsillar va nuklein kislotalarning sintezi 3. DNK qo'shaloq zanjirining replekattsiyasi 4. Oqsillar va nuklein kislotalarning sintezi Tayanch so'zlar; Kation, anion, oqsil, nuklein kislotalar, fitogormonlar,polifenollar, alkoloidlar, nukleosoma, DNK qo'shaloq zanjirining replekattsiyasi. O'simlik hujayralarining ontogenezi va hujayra tuzilmalarining biogenezi O'tkazuvchi to'qimalar orqali hujayraga kiruvchi suv va ozuqa moddalar, ya'ni saxaroza, amidlar, aminokislotalar va boshqa organik birikmalar, mineral kationlar va anionlar hujayrani o'zini tashkillashtiruvchi moddalarning sintezi uchun, xususan, oqsillar, nuklein kislotalar va boshqa azot saqlovchi birikmalar, qandlar va polisaxaridlar, lipidlar, ikkilamchi metebolizm moddalari, ya'ni vita'minlar, fitogormonlar, polifenollar, alkoloidlar va boshqalarning biosintezi uchun ishlatiladi. Ushbu jarayonlarda asosiy o'rinni informatsiyani saqlovchi va beruvchi nuklein kislotalar tomonidan kodlanuvchi oqsillar tutadi.oqsillar hujayra hayot faoliyatining va tuzilmalari biogenezining asosini tashkil qiladi. Hujayra tuzilmalari biogenezining asosiy printsplaridan biri, bu, molekulalardan yuqori turuvchi komplekslarning o'z-o'zidan yig'ilishidir. Oqsillar va nuklein kislotalarning sintezi Ma'lumki har bir hujayra ikki tipdagi nuklein kislotalarni ya'ni dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalarini tutadi. Yevkariot hujayralarda DNK yadroda joylashgan bo'lib xromosomalarning asosiy komponentini tashkil qiladi. Mitoxondriyalar va xloroplastlarda prokariot tipdagi DNK bo'lib ko'rinishi jihatidan halqaga o'xshaydi. Ribonuklein kislotasining barcha 3 ta tipi ya'ni mRNK, rRNK va tRNK DNK matritsasi asosida sintezlanadi. (trankriptsiya). Ammo yadro DNK si asosida sintezlangan RNK molekulalari o'zlarining sedimentattsiya koeffittsenti boyicha xloroplastlar va mitoxondriyalar DNK lari asosida sintezlangan RNK molekulalaridan farq qiladi. Pilisomalardagi oqsil sintezida RNK molekulalarining barcha tiplari qatnashadi (tranlattsiya) va ushbu jarayonning borishi tsitoplazma, mitoxondriya va xloroplastlarda deyarli bir xil bo'ladi. DNK molekulasida o'simlikning o'sishi, rivojlanishi va hayot faoliyatiga oid barcha informatsiyalar to'rtta nukleotidning navbatlashishi ko'rinishida yig'ilgan bo'ladi ushbu informatsiya DNK (tripletkodi) molekulasining qo'shish zanjiri boylab ushbu tur organizmiga mos ravishda 3 ta azotli birikma ko'rnishida yig'ilgan bo'ladi. DNK molekulasidan chiquvchi informatsiya sintezlanuvchi oqsil molekulasini kodlaydi 1. rasmda polipeptid zanjirlarga xos xususiyatlar beruvchi alifatik, aromatik, oltingugurt tutuvchi, dikarbon, ikki asosli, oksiaminokislotalar va iminokislotalar keltirilgan. 4-rasm. Polipeptid zanjirlarga xos xususiyatlar beruvchi aminokislotalar klassifikatsiyasi: R-radikal (V.V.Kuznetsov, G.A Dmitrieva, 2005). O'z navbatida aminokislotalarning navbatlanishi oqsil molekulasining tuzulishini va xususiyatlarini belgilaydi. DNK molekulasidan oqsil molekulasiga informattsiyaning berilishida RNK molekulalari qatnashadi. 5-rasm. Oqsillar sintezida ribonuklein (RNK) va dezoksiribonuklein (DNK) kislotalarning o'rni: 1-yadro DNKasi (oqsil tuzilishi haqida informasiya tutadi), 2-informatsion rRNK (oqsil tuzilishi haqidagi informatsiyani sitoplazmaga tashiydi), 3-ribosoma (aminokislotalarning bir biriga bog'lanishi natijasida oqsil sintezida roy beradi), 4-oqsil molekulasi, 5-tashuvchi tRNK(aminokislotalarni ribosomaga tashiydi), 6-aminokislotalar, 7-hujayra yadrosi, 8-sitoplazma DNK qo'shaloq zanjirining replekattsiyasi: Prokariot organizmlar genomiga nisbatan yevkariot organizmlar genomiga juda murakkab tuzilgandir. Bu albatta tabiiydir. Chunki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 5.07 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 5.07 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga