Floramizda yovvoyi holda o'suvch dorivor o'simliklarning turlari

Floramizda yovvoyi holda o'suvch dorivor o'simliklarning turlari

O'quvchilarga / Botanika
Floramizda yovvoyi holda o'suvch dorivor o'simliklarning turlari - rasmi

Material tavsifi

Floramizda yovvoyi holda o'suvch dorivor o'simliklarning turlari Reja: 1. Dorivor osimliklar haqida tushinsha 2. Dorivor osimliklarning tasnifi 3. Qizil kitobga kiritilgan ayrim dorivor osimliklarning dorivorlik xossalari haqida DDorivor o'simliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 100 dan ortiq osimlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekiston tabiiy va geografik jihatdan dorivor o'simliklarga boy hudud hisoblanib, respublikada tabiiy holda mavjud 4500 turga yaqin yuksak o'simliklarning, shundan dorivor osimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda osadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin osimlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Qoraqalpog'iston hududida o'simliklarning 1100 ta turi mavjud bo'lib shundan dorivor o'simliklarning 63 оila, 240 turkumga kirivchi 44 turi o'sadi. Hozirgi davrda tibbiyotda qollaniladigan doridarmonlarning qariyib 40-47% o'simlik xom ashyolaridan olinadi. Osimliklar murakkab tuzilishiga ega bolgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo'lib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor osimliklarning quritilgan o'ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tugunagi, piyozi, postlog'i, bargi, guli, g'unchasi, mevasi (urug'i), danagi, sharbati, qiyomi, efir moyi va b.dan doridarmon tarzida foydalaniladi. Mamlakatimizda so'nggi yillarda dorivor va ziravor o'simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi Yovvoyi holda o'suvchi dorivori o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o'simliklarni nafaqat tabiatda yovvoyi holda terib olish, balki madaniy holda plantatsiya usulida ko'paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug'ullanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. O'tgan davr mobaynida 9 ta dorivor o'simliklar yetishtirish klasterlari tashkil etilib, ular tomonidan moychechak, kovrak, limono't, qalampir yalpiz, qizilmiya, za'faron (Crocus sativus L.) va boshqa dorivor o'simliklar yetishtirilmoqda. Ularning faoliyati natijasida o'tgan 2021-yilda 4 ta xorijiy davlatga 1,7 mln AQSH dollar qiymatidagi dorivor o'simliklar xom ashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilindi. Dorivor osimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) tásir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqa 2) farmakologik korsatkichlariga qarab tinchlantiruvchi, ogriq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga tasirqiluvchi, markaziy nerv sistemasini qozgatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor osimliklarning tasir etuvchi moddalari Yangi yulib olingan dorivor osimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki a'zolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam bo'ladi. Bu nam yoqotilmasa (quritish yo'li bilan), osimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.53 MB
Ko'rishlar soni 70 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga