Floristik vohalar va o'simliklarni tarqalish areallari

Floristik vohalar va o'simliklarni tarqalish areallari

O'quvchilarga / Botanika
Floristik vohalar va o'simliklarni tarqalish areallari - rasmi

Material tavsifi

Floristik vohalar va o'simliklarni tarqalish areallari Reja: Floristik voxalar tug'risida tushincha. Asosiy floristik oblastlar tavsifi. O'simliklarni floristik vohalari. A. L. Taxtadjyan (1978) tomonidan berilgan yer sharining floristik oblastlari klassifikatsiyasiga binoan o'simliklar dunyosi bri fancha floristik oblastga mansubdir. Bular-Eron-Turon, Tsirkum-boreal, Sharqiy Osiyo, O'rta yer dengizi floristik oblasti, Atlantik - Shimoliy Amerika, Hindi-Xitoy, Hindiston, Sudan - Zambiya, Madagaskar, Arab floristik vohalari va boshqalar. Eron-Turon floristik oblasti. Bu floristik oblastga birinchi bo'lib, E. Boissier (1867) o'z ishlarida o'ta aniq chegaralanishlarni ko'rsatib berdi. Uning ko'rsatishicha, bu oblast Markaziy va Sharqiy Osiyo, Suriyaning ko'p qismi, Janubiy va Sharqiy Falastin, Iordaniya, Armanistonning tog'liklari, Janubiy va G'arbiy Kavkaz, Volganing boshlanish qismi, Kaspiy dengizi qirg'oqlari bo'ylab Eron hududlari, Eron tog'liklarida tropik bo'lmagan rayonlardan tortib, g'arbiy Himolay tog'larining 83° gacha bo'lgan rayonlar, sharqqa tomon Gobi qumliklarigacha chegaralangan. O'zbekiston ham mazkur floristik vohaga mansubdir. Bu floristik oblast joylanishi jihatidan yer sharining etarli nam, qurg'oqchil va yarim qurg'oqchil hududlariga mansubdir. Shimoliy hududlarida yoz va qish oylarining almashinuvi davomida havo harorati Q25°…Q30° dan -15°…-25° ga ni tashkil etsa, namgarchilikning o'rtacha yillik miqdori 400-450 mm ga va havoning nisbiy namligi o'rtacha 70-75% ga etadi. Janubiy tomonga sari, havo haroratidagi bu mutanosiblikda o'zgarish kuzatiladi, ya'ni Markaziy Osiyo davlatlari hududlarida havo haroratining tizimi o'rtacha Q15°Q18°S ni, qish oylarida-10°-15°S dan yoz oylarida Q40°Q45°S gacha etadi. G. Valter (1975) va E.P. Borisenkov, V.M. Pasetskiy (1988) ning ishlarida ko'rsatilishicha (Toshkent meteorologlarining kuzatishlariga asoslangan holda) bu o'lkalarda namgarchilikning miqdori o'rtacha 170 mm dan 380 mm gacha etadi, namgarchilikning cho'zilishi o'rtacha 60-90 kunni va havoning nisbiy namligi o'rtacha 50-60% ni tashkil etadi. Floristik oblastning janubida markaziy hududlardan farqli o'laroq tez o'zgaruvchan kontinetal iqlimning kuzatilishi ancha kam bo'lib, bu hududlarga mo''tadil tropik bo'lmagan iqlim xosdir. Eron tog'liklarining shimoliy qismidan boshlab, janubga tomon qishning mu'tadilligi va kengliklarda esa subtropik iqlimga xos o'simliklar dunyosi bilan xarakterlanadi. Bu hududlarda va subtropik bo'lgan Suriya kengliklarida havoning harorati hatto yanvar oylarida ham o'rtacha 0°S dan 5-10°S gacha bo'lishi kuzatiladi. Namgarchilik qish va bahor oylarida eng ko'p bo'lib (maksimum - yanvarda) o'rtacha yillik miqdori 300-450 mm gacha etadi hamda havoning nisbiy namligi o'rtacha 55-65% ni tashkil etadi. Janubiy hududlarning qolgan qismlarida esa subtropik iqlim yaqqolroq kuzatilib, havo haroratining yillik o'rtacha kattaligi (Suriya, Falastin, Iordaniya meterologlarining kuzatishlariga asoslanib) 18°S dan 20°S gacha, qish oylarida 10°S dan 15°S gacha va yoz oylarida 42°S dan 46°S gachani tashkil etadi. Namgarchilik miqdori 300-350 mm ni va havoning nisbiy namligi 40-45% ni, ba'zi bir rayonlarda namgarchilikning miqdori 250 mm dan ham kam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.94 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.94 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga