Fotosintetik apparat tuzilishi Barg - fotosintetik organ Yashil о'simliklarning bargi eng muhim organlardan biri bо'lib, unda fotosintez jarayoni sodir bо'ladi. Shuning uchun ham barg asosiy fotosintetik organ deb ataladi. Uning hujayraviy tuzilishi transpiratsiya, nafas olish va asosan fotosintezga moslanib tuzilgan (15- chizma). Barg plastinkasining ustki va ostki tomoni pо'st bilan qoplangan. Qoplovchi tо'qima epidermis bir qator zich joylashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar yupqa pо'stli, rangsiz va tiniq bо'lib, yerug'likni yaxshi о'tkazadi. Pо'st hujayralari orasida joylashgan maxsus juft hujayralar ogizchalar vazifasini bajaradi. Ularning turgor holati о'zgarib turishi mumkin ( shunga qarab ular urtasidagi teshikcha ochiladi yoki yopiladi). Og'izchalar kо'pchilik о'simliklarda bargning pastki tomonida, ayrimlarida esa ustki tomonida ham bо'lishi mumkii. Fotosintez jarayonida ana shu og'izchalar orqali karbonat angidrit yutilib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Ustki va pastki pustlar orasida barg etini (mezofil) xosil kiluvchi xujayralar joylashgan. Aksariyat yer ustida usuvchi usimlik barglarida u ikki kavatdan iborat. Ustki pust ostida joylashgan kavat tayokchalarga uxshash, chuzinchok bir-biriga zich joylashgan xujayralardan tashkil topgan. Bu xujayralarda xloroplastlar soni kup. Ular organik moddalarni sintez kiluvchi asosiy kavat xisoblanadi. Uning ostidagi xujayralar kupincha dumalok shaklda bulib, bir-biri bilan bushliklar xosil kilib joylashadi. Bushliklar ogizchalar bilan tutashgan. Bu esa gazlarning almashinuvi uchun kulay sharoit yaratadi. Undan tashkari bu xujayralarda xam xloroplastlar bor, yani ular fotosintez jarayonida katnashadilar. Barglarda fotosintez tuxtovsiz davolm etishi uchun ular suv bilan taminlangan bulishlari kerak. Bunda ogizchalarning ochikligi katta axamiyatga ega. Xloroplastlar. Fotosintez jarayoni asosan barglarda va kisman yosh novdalarda sodir bulishining sababi ularda xloroplastlarning borligidir. Usimliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai - organik moddalarni tayyorlaydi. Bargning xar bir xujayrasida urtacha 20-50 tagacha va ayrimlarida undan kuprok xam xloroplastlar bor. Xlorofill pigmenti xloroplastlarda joylashganligi uchun ular yashil rangda buladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonining xamma reaksiyalari ruy beradi: yoruglik energiyasining yutilishi, suvning fotolizi va kislorodning ajralib chikishi, yoruglikda fosforlanish, karbonat angidridning yutilishi va organik moddalarning xosil bulishi. Shunga asosan ularning kimyoviy tarkibi va tuzilmaviy shakli xam murakkab xususiyatga ega. Xloroplastlar tarkibida suv kup, urtacha 75 %ni tashkil etadi, kolganlari kuruk moddadan iborat. Umumiy kuruk moddalar xisobida oksillar 35-55%, lipidlar 20-30%, kolganini mineral moddalar va nuklein kislotalar tashkil etadi. Xloroplastlarda juda kup fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan xamma pigmentlar joylashgan xloroplastlar kush kavatli membrana bilan uralgan bulib, ular yukori funksional faollikka egadirlar. Ichki tuzilishi juda murakkab stroma va granalardan iborat. Ular uz navbatida lamellyar va plastinkasimon tuzilishi bilan tavsiflanadi. Granalarda tilakoidlar joylashgan. Yosh xloroplast granalarida 3-6 ta tilakoid bulsa, voyaga yetganlarida ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.8 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: doc