Fotosintez ekologiyasi

Fotosintez ekologiyasi

O'quvchilarga / Botanika
Fotosintez ekologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Fotosintez ekologiyasi Reja: 1. Fotosintezda yorug'likning roli 2.Fotosintezda karbonat angidridning konsentratsiyasi 3.Fotosintezda haroratning o'rni 4.Fotosintezda suv 5.Ildiz orqali oziqlanishning fotosintezga ta'siri 6.Fotosintezda kislorodning miqdori 7.Fotosintezning kunlik va mavsumiy jadalligi Fotosintez ekologiyasi deganda, fotosintez mahsuldorligi tashqi sharoit omillarining ta'siriga bog'liq ekailigi tushuniladi. Bu omillarningta'siri va о'simliklarning bu ta'sirlarga moslashuvi о'simlikshunoslikda katta axamiyatga ega. Chunki fotosintez jadalligi va mahsuldorligi shu munosabatga bog'liq. Fotosintez jadalligi deb bir metr kvadrat yoki dm2 barg yuzasi hisobiga bir soat davomida о'zlashtirilgan SO2 yoki hosil bо'lgan organik modda miqsoriga aytiladi. Fotosintezning sof mahsuldorligi deb bir kecha-kunduz davomida о'simlik quruq massasining barglari yuzasi hisobiga ortish nisbatiga aytiladi. Kо'pchilikо'simliklar uchun bu 5-12 gm2gateng. Fotosintez eng muhim fiziologik jarayenlaridan biri bо'lib, о'simliklar tomonidan boshqariladi va ularning boshqa funksiyalariga ham ta'sir etadi. Shuning uchun xam bu jarayonga tashqi va ichki omillarning ta'sirini о'rganish katta ahamiyatga ega. Yorug'lik. Yorug'lik fotosintezning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bо'lib, uning jadalligi va spektral tarkibi katta ahamiyatga ega. Yorug'lik spektridagi faol (400-700 nm) nurlarning 80-85 foizini barglar yutadi. Lekin shundan faqat 1,5-2 foizi fotosintez uchun sarflanadi, ya'ni kimyoviy energiyaga aylanib, organik modsalar tarkibida (makroergik bog'larda) tо'planadi. Qolgan energiyaning 45 foizi transpiratsiya uchun va 35 foizi issiqlik energiyasiga aylanib sarflanadi. A.S.Faminsinning kо'rsatishicha (1880), fotosintez eng past yorug'likda, xatto kerosin lampasining yorug'ligida ham bо'lishi mumkin. Ayrim olimlarning-kо'rsatishicha, fotosintez kechki nomozshom va ba'zi mintaqalardagi yorug' kechalarda (oqtun) kuchsiz bо'lsa ham davom etadi. Kupchilik о'simliklarda fotosintez tezligi yorug'likning jadalligiga bogliq. Utо'la quyosh yorugliginiig 1 gacha oshib boradi. Yorug'liksevar о'simliklarda esa tо'la quyosh yorug'ligining 1 gacha oshib boradi. Yorug'lik kuchining bundan oshib borishi fotosintezga kamroq ta'sir etadi. Fotosintezning yorug'likka tо'yingan (maksimal) xolati о'simlik turlariga bog'liq. Bu daraja yorug'liksevar о'simliklarda ancha yuqori, soyaga chidamlilarda esa past bо'ladi. Masalan, ayrim soyaga chidamli о'simliklarda (marshansiya moxida) fotosintezningyorug'likkatо'yingan xolati yorug'lik 100 lk bо'lganda yuz beradi, yorug'liksevar о'simpiklarda esa 100-400 lk.da yuz beradi. Kо'pchilik qishloq xо'jalik ekinlari xam yerug'liksevar о'simliklar guruhiga kiradi. Yorug'likning maksimal darajadan yuqori bо'lishi xlorofnllarning va xloroplastlarning' buzilishiga sababchi bо'lishi mumkin, natijada о'simliklarning mahsuldorligi kamayadi. Eng yuqori yorug'likda fotosiitez jadalligi о'simliklarning nafas olish tezligidan sezilarli darajada baland bо'ladi, ya'ni fotosintez uchun yutilgan SO3 ning miqdori nafas olish jarayonida ajralib chiqqan S02 ning miqdoridan kо'p bо'ladi. Yorug'likning pasayib borishi natijasida esa SO2 lar о'rgasidagi farq ham kamayib boradi. Fotosintez jarayonida yutilgan SO2 ning miqdori bilan nafas olishdan ajralib chiqqan SO2 ning miqdori bir-biriga teng bо'lgan yorug'lik darajasi -yorug'likning kompensatsiya nuqtasi deyiladi. Yorug'likning kompensatsiya nuqgasi soyaga chidamli о'simliklarda quyosh yorug'ligining 1 foizda, yorug'liksevar о'simliklarda 3-5 foizida sodir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.61 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.61 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga