Fotosintez reaksiyalari Reja: 1. Yorug'likda boradigan reaksiyalar 2. Fotosintetik fosforlanish 3.Fotosintezda karbonat angidridning о'zlashtirilishi Yashil о'simliklarda yorug'lik energiyasi ishtirokida organik moddalar hosil bо'lishi va molekulyar kislorod ajralib chiqishini ifodalovchi sxematik tenglamani kо'rsatgan edik: yerug'lik 6SO2+12N2O--S6N12O6+6N2O+6O2 xlorofill Bu tenglama oddiy kimyoviy reaksiya tenglamasi bо'lmay, balki minglab reaksiyalar yig'indisini ifodalovchi xarakterga ega. Barcha reaksiyalar yig'indisi asosan ikkita bosqichni о'z ichiga oladi: 1) yorug'likda boradigan reaksiyalar; 2) yorug'lik shart bо'lmagan, ya'ni qorong'iliqda boradigan reaksiyalar. Yorug'likda boradigan reaksiyalar Fotosintezning birinchi bosqichidagi reaksiyalar faqat yorug'lik ishtirokida boradi. Bu jarayon xlorofill aning boshqa yordamchi pigmentlar ishtirokida (xlorofill b, karotinoidlar, fikobilinlar) yorug'lik yutishi va о'zlashtirishidan boshlanadi. Natijada suv yorug'lik energiyasi ta'sirida parchalanib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi, NADF.N2 (digidronikotinamid - adenin - dinukleotid fosfat) va ATF (adenozintrifosfat) hosil bо'ladi. Yorug'Lik energiyasi. Yorug'lik energiyasi elektromagnit tebranish xususiyatiga ega. U faqat kvantlar yoki fotonlar holida ajraladi va tarqaladi. Har bir kvant yorug'lik ma'lum darajada energiya manbasiga ega. Bu energiya miqdori asosan yorug'likning tо'lkin uzunligiga bog'liq bо'lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi : E=hc bu yerda, YE-kvant energiyasi, djoul (kDJ) hisobida, h~yorug'lik konstantasi, doimiy son 6, 26196. 10-34 Dj s-tо'lqin uzunligi, S-yorug'lik tezligi 3. 1010 sms. Kuyosh yorug'ligining kо'zga kо'rinadigan va fotosintetik faol qismidagi (400-750 nm) nurlarda har bir kvantning energiyasi turlicha bо'ladi. Masalan, tо'lqin uzunligi 400 nm.ga teng bо'lgan spektrning bir kvantining energiyasi 299,36 kDJ ga teng, shu asosda 500 nm-239, 48 kDJ, 600 nmg199, 71 kDJ,700 nm-170, 82 kdJ va hokazo. YA'ni tо'lqin uzunligi qisqa bо'lgan yorug'likning energiyasi kо'proq va uzunlariniki aksincha oz. Shuning uchun ham qisqa ultrabinafsha nurlar(tо'lqin uzunligi 300 nm.dan qisqa) Yerdagi tirik organizmcharga zararli ta'sir qilishi mumkin. Chunki ularning energiyasi kо'p. Tо'lqin uzunligi 300-400 nm.ga teng nurlar asosan о'sish va rivojlanishni boshqarishda ishtirok etadi. Bu nurlar ta'sirida hujayralarning bо'linib kо'payishi va о'simlikning rivojlanish jarayoni tezlashadi.Tо'lqin uzunligi 400-700 nm.gacha bо'lgan nurlar fotosintezda ishtirok etadilar, chunki bu spektrlarning energiya darajasi fotosintetik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Tо'lqin uzunligi 750 nm va undan; uzun nurlarning energiyasi juda kamligi sababli ular fotosintezda ishlatilmaydi. Har bir pigment, jumladan, xlorofill molekulasi bir kvant yorug'lik energiyasini yutish qobiliyatiga ega. Pigmentlarning bir molekulasi birdaniga ikki kvant moioxromatik yorug'likni yutolmaydi. Kvant yorug'lik pigment molekulasining bironta elektroni tomonidan yutiladi va bu elektron qо'zg'algan xolatga о'tadi. Natijada pigment molekulasi ham qо'zgangan holatda bо'ladi. Xlorofill molekulalarining energetik darajalari 27-chizmada kо'rsatilgan. YA'ni xlorofill molekulasi qizil nurlardai bir kvant yutganda elsktron asosiy darajadan (S°) birinchi singlst (S1) darajaga о'tadi (S°-S1). Ularningbu holati juda qisqa davom etib (10-8-10-9 soninga teng), yuqori reaksiya qobiliyatiga ega. ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.57 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.57 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: doc