Fotosintezda karbonat angidridning o'zlashtirilishi. Yorug'likda nafas olish

Fotosintezda karbonat angidridning o'zlashtirilishi. Yorug'likda nafas olish

O'quvchilarga / Botanika
Fotosintezda karbonat angidridning o'zlashtirilishi. Yorug'likda nafas olish - rasmi

Material tavsifi

Fotosintezda karbonat angidridning o'zlashtirilishi. Yorug'likda nafas olish Reja: Fotosintezning S3-yo'li. Kalvin sikli. Fotosintezning S4-yo'li. Xetch-Slek sikli. Fotosintez jarayonidagi akseptorlar va birlamchi mahsulotlar. Fotosintezning SAM-yo'li va uning ahamiyati. Yorug'likda nafas olish. Fotosintez jadalligi va sof maxsuldorligi. Fotosintez jadalligiga muhit omillarining ta'siri. Fotosintezning kunlik va mavsumiy jadalligi. Fotosintez va hosildorlik. Tanch so'zlar: Fotosintez, bosqichlar, sikllar, qorong'iliq, CO2ning o'zlashtirilishi, Kalvin sikli, ribuloza-difosfat, FGK, FGA, FDA, Xetch-Slek sikli, fosfoyenolpiruvat, oksaloasetat, malat kislotalar, SAM-yo'li, og'izchalar, olma kislotasi-malat, hujayra vakuolalari, xloroplastlar, peroksisomalar, mitoxondriyalar, glikolat, glioqsilat, glisin, vodorod peroksid, katalaza, fotosintez jadalligi, sof maxsuldorlik, ekologik muhit, yorug'lik, karbonat angidridning konsentrasiyasi, harorat, namlik, ildiz orqali oziqlanish, kislorod, kunlik davomiylik, mavsumiy davomiylik, bir chuqqili, ikki chuqqili, organik modda, sof maxsuldorlik tenglamasi, biologik va xo'jalik hosil. Fotosintezning ikkinchi bosqichi - qorong'iliq bosqichi deyiladi. Chunki bu bosqichda boradigan reaksiyalar yorug'lik talab qilmaydi va CO2 ning o'zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Yorug'lik bosqichining asosiy mahsuloti bo'lgan ATF va NADF. N2 lar karbonat angidridning o'zlashtirilib uglevodlar hosil bo'lishida ishtirok etadi: O2 FGK Yorug'lik ATF NADF. H2 2H2O CO2 Karbonat angidridning o'zlashtirilishi ham oddiy jarayon emas. U juda ko'p bioximik reaksiyalarni o'z ichiga oladi. Bu reaksiyalarning xarakterlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar biokimyoning yangi usullarini qo'llash natijasidagina olindi. Hozirgi paytda CO2 ni o'zlashtirishning bir necha yo'li aniqlangan: S3- yo'li (Kalvin sikli), S4- yo'li (Xetch va Slek sikli) va boshqalar. FOTOSINTEZNING S3 - YO'LI. Fotosintez jarayonida CO2 ning o'zlashtirish yo'lini 1946-1956 yillarda Kaliforniya dorilfununida, Amerikalik bioximik M.Kalvin va uning xodimlari aniqladilar. Shuning uchun ham u Kalvin sikli deb ataladi. Keyingi yillardagi izlanishlarning natijalari ko'rsatishicha, bu sikl hamma o'simliklarda sodir bo'ladi. Birinchi asosiy vazifa CO2 o'zlashtirilishi oqibatida vujudga keladigan dastlabki organik moddani aniqlash edi. Aytish lozimki, mazkur jarayonda hosil bo'ladigan uglevodlarni aniqlash juda qiyin, chunki miqdor jihatidan kam bo'lgan, turli - tuman oraliq moddalar hosil bo'ladi. Bu vazifani xal qilish uchun M.Kalvin uglerodning radioaktiv atomlaridan (nishonlangan 14S) foydalanadi. Radioaktiv 14S ning yemirilish davri 5220 yilga teng bo'lib, tajriba o'tkazish uchun juda qulay hisoblanadi. Bir hujayrali suv o'ti xlorella nishonlangan 14CO2 bo'lgan sharoitda har xil muddatlarda saqlanadi va fiksasiyalanadi. Fiksasiyalangan suv o'tlarida hosil bo'lgan organik moddalar xromotografiya usuli bilan bir - biridan ajratiladi va radiofotografiya usulini qo'llash bilan har bir organik modda tarkibidagi 14S miqdori aniqlandi. Natijada 5 sekundda 14S ning 87% fosfogliserat kislotasida, qolganlari esa boshqa moddalar tarkibida topildi. Bir minutdan keyin esa nishonlangan 14S bir qancha organik modda va aminokislotalar tarkibida qayd etildi. Shunday qilib, karbonat angidridning o'zlashtirilishi natijasida hosil bo'ladigan dastlabki modda fosfogliserat kislota ekanligi ma'lum bo'ldi: CH2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.4 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.4 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga