Fotosintezda uglerod o'zlashtirilishi yo'llari fotosintezning fiziologik va ekologik aspektlari

Fotosintezda uglerod o'zlashtirilishi yo'llari fotosintezning fiziologik va ekologik aspektlari

O'quvchilarga / Botanika
Fotosintezda uglerod o'zlashtirilishi yo'llari fotosintezning fiziologik va ekologik aspektlari - rasmi

Material tavsifi

Fotosintezda uglerod o'zlashtirilishi yo'llari fotosintezning fiziologik va ekologik aspektlari Reja; Fotosintezda karbonat angidridning o'zlashtirilishi. Fotosintezning S3 S4 va SAM yo'llari. Fotosintez ekologiyasi. Fotosintezga ta'sir etuvchi omillar. Fotosintezning kunlik va mavsumiy jadalligi. Fotosintez va hosildorlik. Fotosintezda karbonat angidridning o'zlashtirilishi. Fotosintezning ikkinchi bosqichi- qorong'ulik bosqichi deyiladi. Chunki bu bosqichda boradigan reaksiyalar yorug'lik talab qilmaydi va SO2 ning o'zlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Yorug'lik bosqichining asosiy mahsuloti bo'lgan ATF va NADF N2 lar karbonat angidridning o'zlashtirilib uglevodlar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Karbonat angidridning o'zlashtirilishi ham oddiy jarayon emas. U juda ko'p bioximik reaksiyalarni o'z ichiga oladi. Bu reaksiyalarning xarakterlari to'grisida batafsil ma'lumotlar bioximiyaning yangi usullarini qo'llash natijasidagina olinadi. hozirgi paytda SO2 ni o'zlashtirishning bir necha yo'li aniqlangan: S3-yo'li (Kalvin sikli); S4-yo'li (Xetch va Slek sikli); SAM-yo'li. Fotosintezning S3 S4 va SAM yo'llari. Fotosintez jarayonida SO2 ning o'zlashtirish yo'lini 1946-1956 yillarda Koliforniya dorilfununida, amerikalik bioximik M.Kalvin va uning xodimlari aniqladilar. Shuning uchun ham u Kalvin sikli deb ataladi. Keyingi yillardagi izlanishlarning natijalari ko'rsatishicha, bu sikl hamma o'simliklarda sodir bo'ladi. Birinchi asosiy vazifa SO2 o'zlashtirilishi oqibatida vujudga keladigan dastlabki organik moddani aniqlash edi. Aytish lozimki, mazkur jarayonda hosil bo'ladigan uglevodlarni aniqlash juda qiyin, chunki miqdor jihatidan kam bo'lgan turli-tuman oralik moddalar hosil bo'ladi. Bu vazifani xal qilish uchun M. Kalvin uglevodning radioaktiv 14 14 atomlaridan (nishonlangan S) foydalaniladi. Radiaktiv S ning emirilish davri 5220 yulga teng bo'lib, tajriba o'tkazish uchun juda 14 qulay hisoblanadi. Bir hujayrali suv uti xlorella nishonlangan SO2 bo'lgan sharoitda har xil muddatlarda saqlanadi va fiksatsiyalanadi. Fiksatsiyalangan suv o'tlarida hosil bo'lgan organik moddalar xromotografiya usuli bilan bir-biridan ajratiladi va radioavtografiya usulini qo'llash bilan har bir organik modda 14 tarkibidagi S miqdori aniqlandi. Natijada 5 sekundda S ning 87 fosfoglitserat kislotasida qolganlari esa boshqa moddalar tarkibida14 topildi. Bir minutdan keyin esa nishonlangan S bir qancha organik va aminokislotalar tarkibida qayd etildi. Shunday qilib, karbonat angidridning o'zlashtirilishi natijasida hosil bo'ladigan dastlabki 11 modda fosfoglitserat kislota ekanligi malum bo'ldi. M.Kalvin nishonlangan R32 va S14 dan foydalanish natijasida fosfoglitserat kislotasining hosil bo'lishi yo'lini ham aniqlandi. Uning nazariyasi bo'yicha SO2 ning dastlabki o'zlashtirilishi uchun aktseptorlik vazifasini ribuloza 1,5-difosfat bajaradi: ribuloza 1,5-difosfatenol shakli karbonat angidridni biriktirish natijasida olti uglerodli beqaror oraliq modda hosil bo'ladi va u darxol suv yordamida parchalanadi va 3- fosfoglitserat kislotasi hosil bo'ladi: Bu reaksiya ribulozadifosfatkarboqsiloza fermentining ishtirokida sodir bo'ladi. Dastlabki organik modda - 3-fosfoglitserat kislotasidan iborat bo'lganligi uchun bu yo'lga fotosintezning S3 yo'li deyiladi. Xloroplastlarda hosil bo'lgan 3-fosfoglitserat kislotasidan xloroplastlarda yoki hujayra tsitoplazmasida boshqa uglevodlar: oddiy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 95.15 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 95.15 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga