Gamamelidkabilar kichik ajdodi

Gamamelidkabilar kichik ajdodi

O'quvchilarga / Botanika
Gamamelidkabilar kichik ajdodi - rasmi

Material tavsifi

Gamamelidkabilar kichik ajdodi Reja: Gamamelidnamolar qabilasi Temirdaraxtdoshlar oilasi Chinordoshlar oilasi Kazuarinnamolar qabilasi Kazuarindoshlar oilasi Emannamolar qabilasi. Emandoshlar oilasi Qayinnamolar qabilasi Qayindoshlar oilasi Yong'oqnamolar qabilasi Yong'oqdoshlar oilasi Daraxt yoki butalar, ba'zan yarimbutalar: barglari oddiy, patsimon, yonbargchali yoki yonbargchasiz, poyaga navbatlashib yoki qaramaqarshi o'rnashgan. Changchilari 2 hujayrali, 3 teshikchali. Urug'chisi apokarp yoki sinkarp. Mevasi yong'oqcha yoki ko'sakcha. Gamamelidkabilar magnoliyasimonlar ajdodining ancha qadimgisi bo'lib, magnoliyanamolardan kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Ularning evolutsiya jarayonida entomofiliyadan anemofiliyaga o'tishi xarakterlidir. Mavjud 17 ta qabila orasidagi eng qadimgilari Trixodendanamolar (Trichodenrtales), Sersidifillnamolar (Cercidiphyllales) va Evpteleyanamolar (Euptelcales) hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ancha keng tarqalgan vakillari Gamamelidnamolar qabilasini tashkil etadi. Gamamelidnamolar qabilasi - Gamamelidales Bularga daraxt va butalar kiradi. Barglari oddiy, yonbargchali. Naychalari narvonsimon perforatsiyali. Gullari shingil, boshoq, boshchasimon to'pgullarda, ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf, aksariyat 2 qavat gulqo'rg'onli, ba'zan tojsiz yoki gulqo'rg'oni butunlay yo'q. Kosachalari 4-5 (10) ta, mayda, erkin yoki qisman tutash, tojbarglari 4-5 ta, changchilari (3) 4-5 (10) ta. Mevachilari 2-3 (8) mevachibargli, ustunchalari erkin, tumshuqchasi ustuncha bo'ylab joylashgan. Mevalari to'p yong'oqcha yoki to'p bargak (chinorda). Gamamelidnamolar Trixodedranamolar va Kazuarinnamolarni Buknamolar (Fagales) va unga yaqin boshqa qabilalar bilan bog'lovchi bo'g'in bo'lib xizmat qiladi. So'nggi klassifikatsiyalarga binoan bu qabilaga Temirdaraxtdoshlar, Rodoleyadoshlar, Altingiyadoshlar va Chinordoshlar oilalari kiradi. Temirdaraxtdoshlar oilasi - Gamamelidaceae Bu oila 26 turkumga mansub 100-130 turni o'z ichiga oladi. Chinordoshlarga yaqin turuvchi bu oilaning vakillari Amerika, Janubiy Afrika, Madagaskar oroli, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oila 5 oilachaga bo'linadi. O'zbekistonda bitta temirdaraxt (Parrotia persica) nomli tur manzarali daraxt sifatida ekiladi. Chinordoshlar oilasi - Platanaceae Yirik daraxtlar, barglari oddiy, panjasimon bo'lakli, yon bargchali, navbatlashib joylashgan, namatsimon tuklar bilan qoplangan. Gullari bir jinsli (ba'zan ikkinchi jins boshlang'ichi rudiment holda saqlangan), gulqo'rg'oni ikki qavat, ko'rimsiz. Changchilari 2-8 ta, urug'chilari 3-8 ta, urug'chibarglardan iborat, apokarp. Urug'chili va changchili gullari alohida sharsimon to'pgullarda o'rnashgan. Gul formulasi: Ca4,3-6 Co4,3-6 A3-8 G0; Ca3-4 Co3-4 A0 G4,3-8. Mevasi yong'oqcha. Chinordoshlar oilasining Chinor - Platanus turkumiga mansub 10 turi mavjud. Ular Bolqon yarimorollaridan to G'arbiy Himolay tog'lari, Hindixitoy va Amerikada, Kanadadan Meksikagacha juda keng tarqalgan. Markaziy Osiyoda chinorning bitta turi madaniy holda o'sadi, ba'zan yovvoiylashgan tuplarini ham uchratish mumkin. Sharq chinori (P. orientalis) (35-rasm) madaniy holda mamlakatimizda juda qadimdan ekiladi. Vodilda (Farg'ona), Sayrobda (Qashqadaryo), Urgutda, Dahbeddagi (Samarqand) 800-100 yoshli chinorlar botanik yodgorliklardandir. Dunyodagi eng keksa chinor Egey dengizidagi Kos orolida bo'lib, uning yoshi 2300 yildan ko'proq, tana aylanasi 18 metr keladi. Chinorlar o'ta sersoya va tez o'suvchi manzarali daraxtlardir. Ularni urug'idan, novda qalamchalaridan ko'paytirish mumkin, ba'zan ildiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 388.79 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 388.79 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga