Generativ organlar

Generativ organlar

O'quvchilarga / Botanika
Generativ organlar - rasmi

Material tavsifi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Fan. BOTANIKA (O'simliklar anatomiya va morfologiyasi, tuban o'simliklar) Mavzu: Generativ organlar Reja: 1. Gul tuzilishi 2. Changchining tuzilishi 3. Urug'chining tuzilishi 4. Changlanish 5. Urug'lanish Barg morfologiyasi Barg anotomiyasi deganda nima tushiniladi va barg qanday vazifani bajaradi? Bir pallali o'simliklar poyasi qanday anotomik tuzilishga ega? Bir pallali va ikki pallali o'simliklar poyasining ichki tuzilishida qanday farqlar bor? Blits savollar Generativ organlar Generativ organlarga - ko'payuvchi organlar: gul, meva va urug' kiradi. Gul - gulli o'simliklarning reproduktiv (lot. re - yangidan; produkcio - hosil qilish) organi hisoblanadi. Gul o'simliklarda shakli o'zgargan novda bo'lib, uning barglari gul a'zolariga aylangan. Gul - faqat yopiq urug'li o'simliklardagina bo'ladi. Gulda urug'chi tugunchasi bo'lib, uning ichida urug'i bo'lgan meva hosil bo'ladi. Shuning uchun ham, ular yopiq urug'li o'simliklar deyiladi. Yopiq urug'li o'simliklardagina qo'sh urug'lanish bo'lib, bu xususiyati bilan ochiq urug'lilardan farq qiladi. Generativ organlar Meva - urug'ni har qanday noqulay sharoitdan asraydi, uning yer yuziga tarqalishiga imkoniyat yaratadi, urug'ni saqlanishiga, har xil sharoitga moslanishiga va uning unib chiqishiga yordam beradi. O'simlik meva va urug'i har xil yo'llar bilan, yani: hayvonlar, qushlar, shamol, suv, hasharotlar va in­sonlar yordamida tarqalishga moslashgan. Gul - o'simliklarning generativ organi bo'lib, u gulband, gulo'rni, kosabarg, tojbarg, changchi va urug'chidan iborat. 1.Kosachabarg gul o'rnida tashqi doirani tashkil qiladi. Ular o'simliklarning turiga qarab har xil miqdorda bo'ladi. Masalan, ko'knori gulida ikkita, sholg'om gulida to'rtta, tokda beshta bo'ladi. Kosachabarg, odatda yashil rangda bo'ladi, ayrim o'simliklarda boshqa xil rangda bo'lishi mumkin: o'rikda qizg'ish rangda, anor gulida ham boshqa rangda. Kosachabarglar bazan ikki qator bo'lib joylashadi. Tashqi qatorni ostki kosacha deb ataladi. Bunday gullar gulxayridoshlar oilasiga mansub bo'lib, g'o'za, tugmachagul kabi o'simliklarda uchraydi. Birikkan kosachabarglar Kosachabarglar birlashgan (pechak gulida) yoki erkin joylashgan (karam gulida) bo'lishi mumkin. Ay­rim o'simliklarda kosachabargi, umuman bo'lmasligi (lola, boychechak gullarida) ham mumkin. Kosachabarg gul a'zolarini tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya qiladi. Gulqo'rg'on Kosachabarg bilan tojbarglar birgalikda gulni tashkil etadi va gulqo'rg'on deyiladi. Gulqo'rg'on gulning ichki qismini tashqi muhitning noqulay ta'siridan (qurib qolish va sovuqdan) saqlaydi. Tojbarg tubida gul o'rnida nektardon joylashgan bo'lib, ular hasharotlarni o'ziga jalb etish uchun shira ajratib chiqaradi. gulning tuzilishi Agar gulda faqat kosachabarg yoki tojbarg bo'lsa, bunday gulqo'rg'on oddiy gulqo'rg'on deyiladi. Oddiy gulqo'rg'on Gulqo'rg'oni bo'lmagan gullar gulqo'rg'onsiz (yalong'och gullar) gullar deyiladi Gullar: a-qiyshiq gul (zigomorf); b-to'g'ri gul (aktinomorf); v-assimetrik gul; g-gul qismlari: 1-gul bandi, 2-kosachabarg, 3-tojbargning naysimon qo'shilib o'sgan qismi, 4-tojbarg asosi, 5-tojbarg Gullarning shakli Gulqo'rg'on (tojbarg, kosachabarg) barglarining shakliga ko'ra ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 13.76 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 13.76 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga