Geobotanika fanining rivojlanish tarixi va uning o'simliklar qoplamini o'rganishdagi roli Geobotanika-(geootanisa grekcha geo-yer, botanike o'simlik) Yer yuzidagi o'simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o'simliklar geografiyasi kabi bo'limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918 yilda Daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so'z geobotanika so'zining sinonimi sifatida ishlatilib kelinmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo'lib, o'simliklarning yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o'rganadi. Boshqacha qilib aytganda, Yer sharida tarqalgan o'simliklar jamoasi va undagi qavmlar (fitotsenozlar) ning tuzilishi, tarkibi va taraqqiyotini tuproq, iqlim, geologik omillarga bog'lab o'rganuvchi fan tushuniladi va u alohida o'simlik yoki florani emas, o'simliklar guruhini, qoplamini, uyushmasini dunyo floristik oblastlari bo'yicha o'rganadi. Bu fan umumbiologik fanlar toifasiga kirib, bevosita o'simliklar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bilan chambarchas bog'liq. Ma'lumki botanika fani yer yuzasida tarqalgan o'simliklar olamini har tomonlama tatqiq qiluvchi fanlar tizimidan iborat. Botanika fani o'rganish manbalari, maqsad va vazifalari, uslublariga ko'ra ikkita bo'limga ya'ni, fitologiya va geobotanikaga bo'linadi. Fitologiya alohida olingan turlar yoki sittematik guruhlarni har tomonlama o'rganib,ulardan oqilona foydalanish yo'llarini ishlab chiqadi. Fitologiya bir qancha bo'limlarga bo'linadi. 1. O'simliklar anatomiyasi va morfologiyasi. 2. O'simliklar sistematikasi. 3. O'simliklar tsitologiyasi. 4. O'simliklar embriologiyasi. 5. O'simliklar fiziologiyasi. 6. Mikrobiologiya. 7. O'simliklar bioximiyasi. 8. O'simliklar ekologiyasi. 9. Paleobotanika. 10. O'simliklar geografiyasi. Odatda fitologik fanlarni bilmasdan, floraning o'ziga xos jihatlarini yaxshi o'rganmasdan geobotanik bo'lish mumkin emas. Sababi shuki har qanday fitotsenoz va o'simliklar qoplami o'simlik turlaridan tashkil topgan bo'ladi. Gebotanikaning bu fanlar bilan aloqasi o'simliklar qoplamini bir-biridan ajratish, nomlash, jamoaning ekologik, biologik rivojlanishi, geografik joylashuvi, kelib chiqish tarixi sistematik tarkibini bilish uchun zarurdir. Geobotanikaning o'ziga xosligi shundaki u o'simliklar qoplamini va unga ta'sir etadigan omillar majmuasini (iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen, tarixiy geologik) har tomonlama o'rganadi va ular orqali yuzaga keladigan o'zgarishlarning sabablarini ko'rsatib beradi. Shuningdek, o'simliklar qoplamining hosil bo'lish va kelib chiqish qonuniyatlarini o'rganadi. Geobotanika fanining asosiy maqsadi tabiiy holda tarqalgan o'simlik guruhlari qaerlarda qanday ekologik sharoitda uchrashi, ishlab chiqarishda qanday maqsadlarda poydalanishi, sanoatda ishlatilishi va ulardan qanday usullar bilan oqilona foydalanish xususidagi savollarga javob berishdir. Geobotanikaning o'ziga xos vazifalari mavjud bo'lib, o'simliklar qoplamini tabiatning asosiy resursi ilmiy o'rganish va tahlil etish, qoplamning zamon talablariga javob beradigan xaritasini tuzish, iqtisodiy samaradorligini aniqlash va bundan to'g'ri foydalanish yo'llarini ko'rsatib berishdan iborat. Geobotanik tadqiqotlar qo'riq va bo'z yerlarni o'zlashtirishda planlashtirish ishlarini olib borishga asos bo'lib xizmat qiladi. O'zlashtirilayotgan maydonning tuproq qatlami, tuproqning tuzilishi, tarkibi, o'simliklar ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.15 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.15 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:12 ]
Arxiv ichida: doc