Go'zaning zararkunandalari va ularga qarshi kurash

Go'zaning zararkunandalari va ularga qarshi kurash

O'quvchilarga / Botanika
Go'zaning zararkunandalari va ularga qarshi kurash - rasmi

Material tavsifi

Go'zaning zararkunandalari va ularga qarshi kurash REJA: Kirish I. Adabiyotlar sharxi Biologik usul II. Asosiy qism II.1 G'oza zararkunandalarining turkumlari II.2 G'oza zararkunandalarining individual rivojlanishi II.3 O'rgimchakkananing tuzilishi va o'simlikka ko'rsatadigan zarari II.4 O'simlik bitlari tuzilishi va o'simlikka ko'rsatadigan zarari II.5 Qandalalarning tuzilishi va o'simlikka ko'rsatadigan zarari II. 6 O'simlikning yer osti qismini kemiruvchi zararkunandalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Paxta hosilini oshirish, uning sifatini yaxshilashda Go'za zararkunandalariga qarshi kurashni to'g'riuyushtirishning ahamiyati katta. Chunki ular hosilga katta putur yetkazadi. Go'za zararkunandalari og'iz apparatining tuzilishi va zarar keltirish xarakteriga qarab 2 xil bo'ladi: so'ruvchi va kemiruvchi zararkunandalar. So'ruvchi zararkunandalarga o'rgimchakkana, o'simlik bitlari, akatsiya biti, katta Go'za biti, qandalalar, beda qandalasi, dala qandalasi, sikodalar va boshqalar kiradi. O'rgimchakkana paxta yetishtiriladigan barcha rayonlarda keng tarqalgan. o'rgimchakkanalar o'simlik qoldiqlarida, kesaklar tagida, begona o'tlarda, dala chekkalarida qishlaydi va bahorda Go'za nixollariga o'tadi. U 200 ga yaqin tur o'simlik bilan oziqlanadi. Go'za, tut, qovun, torvuz, loviya, soya, no'xat, beda, olma va boshqalarni zararlaydi, hatto parnik, teplitsalardagi bodringni ham zararlaydi. Uning Go'zaga zarari, tushish muddatiga va o'simlikda qancha turishiga bog'liq. U qancha erta tushsa shuncha ko'p zararlaydi. o'rgimchakkananing tanasi mayda, bo'yi 0,3 - 0,6 mm bo'ladi, Urg'ochisi o'zining rivojlanishida tuxum, lichinka, pronimfa, deytonimfa va imoga davrlarini kechiradi. Lichinkada 3 juft, nimfa va imogasida 4 juftdan oyoq bo'ladi. o'rgimchakkana yozda 8 - 12 kunda, bahorda 25 - 30 kunda rivojlanib avlod beradi. Yil davomida ob - havoning kelishiga qarab 12 - 20 gacha avlod beradi. Urg'ochi o'rgimchakkana 100 - 160 gacha tuxum qo'yadi, 30 - 40 kun hayot kechiradi. O'rgimchakkana odatda shamol, o'rgimchak iplari orqali tarqaladi. U ingichka tolali Go'zalarga suts, o'rta tolali Go'zalarga kuchli zarar keltiradi. o'rgimchakkanalar Go'za otski qismiga g'uj - g'uj bo'lib, o'rnashib Go'zaning butun o'suv davri davomida uning shirasini so'rib oziqlanadi. Zararlangan G'o'za barglari yoki hosil organlari to'qiladi. Kurash choralari. Dastavval eng chidamli navlarni ekish, almashlab ekishnijoriy etish, G'o'zapoyalarni kuzda tozalab olish, dalani kuzda yaxshilab shudgor qilish, tevarak atrofdagi begona o'tlarni yo'qotish ishlariga alohida e 'tibor berish zarur. G'o'zani yagana qilishda zararlangan G'o'za nixollarini yo'qotish kerak. Ariq, yo'l yoqalaridagi begona o'tlarni yo'qotish maqsadida korbalenium, nitrofen eritmasi sepiladi. o'rgimchakkanaga qarshi G'o'za maydonlariga sepishda, etanol, antio, fosfomid (B - 58), zolon, korbofos, tedion, trixlormetafos, etafos kabi ximiyaviy preparatlardan foydalaniladi. Albatta bu kimyoviy dorilarning biri sepiladi. Ularning sepish me 'yorlari turlicha. O'rgimchakkanaga qarshi biologik yo'l bilan ham kurashish mumkin. Buning uchun uning ayrim kushandalaridan jumladan, setorus qo'ng'izidan, kanaxo'r tripsidon, yirtkich qandala va oltinko'zlardan foydalanish mumkin. O'simlik bitlari. G'o'zaga asosan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:12 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.71 MB
Ko'rishlar soni 68 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga