Gullarni urug'idan va vegetativ ko'paytirish usullari

Gullarni urug'idan va vegetativ ko'paytirish usullari

O'quvchilarga / Botanika
Gullarni urug'idan va vegetativ ko'paytirish usullari - rasmi

Material tavsifi

Gullarni urug'idan va vegetativ ko'paytirish usullari RYeJA: 1. Gulli o'simliklarni ekish usullari. 2. Bir yillik o'simliklarni ko'chatsiz etishtirish usuli. 3. Manzarali va gulli o'simliklarni vegetativ ko'paytirish turlari va tabiiy vegetativ ko'paytirish. 4. Vegetativ ko'paytirishning sun'iy usullari 5. Bargli qalamchalar yoki barglar bilan o'sadigan o'simliklar 6. Manzarali va gulli o'simliklarni payvand qilish usullari 7. Manzarali va gulli o'simliklarni parxish qilib ko'paytirish Gullarni urug'idan va vegetativ ko'paytirish usullari Gulli o'simliklarni ekish usullari 3 xil qatorli, uyali va sepish usuli mavjud. Ekish usuli ekilayotgan urug' miqdoriga, ekish joyiga va vaqtiga, shuningdek hajmiga bog'liq. Qatorli ekish - marker yoki chizg'ich bilan belgilangan egatchalarga hamda katta maydonlarga seyalka yordamida ekishdir. Ekishning uyali usulida yirik urug'lar 2-3 donadan chuqurchalarga ekiladi. Urug'lar sepma usulida qatorli va uyali ekishga ko'ra bir tekis joylashadi. Bu usul bilan urug'lar issiqxonalarga, yashiklarga va sayoz idishchalarga sepiladi, ko'chatlar esa keyinchalik boshqa joylarga ko'chirib o'tqaziladi. Urug'larni sepishda ularni maydon bo'yicha imkoniyati boricha bir tekis, zich qilmasdan sepish kerak aks holda ko'chatlar siqilib, nozik bo'lib qoladi va ularni sayraklatish uchun ko'p vaqt sarf qilinadi. Mayda urug'larni bir tekis sepish uchun qum yoki bo'r bilan aralashtiriladi, juda mayda urug'larni esa, masalan begoniya yaxshi ko'rinishi uchun qor qatlami yoki oqish neytral materal ustiga sepiladi. Urug'lar qanchalik mayda bo'lsa, ular shunchalar yuzaga ekiladi. Manzarali o'simliklar urug'i bevosita ochiq yerga sepiladi yoki ko'chat usuli bilan etishtiriladi. Gulli o'simliklarni ekish usullari Nav urug'larini ko'paytirish sxemasi Urug'chilik tizimi - urug'lar etishtiriladigan ekinlar maydoni va ko'chatzorlar guruhlaridan iborat bo'lib, bunda birlamchi materiallarni tanlab olish hamda urug'larni ko'paytirishning ketma-ket bajariladigan tanlash uslublaridan foydalangan holda navning qayta ishlab chiqarish jarayoni amalga oshiriladi Bir yillik o'simliklarni ko'chatsiz etishtirish usuli mehnat sarfini va o'simliklik tannarxini malum darajada kamaytiradi, bunda o'simlik kuchli rivojlanish bilan ajralib turadi, kamroq kasallanadi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, o'simliklar ko'chat bilan etishtirilgandagiga qaraganda bir muncha kech gullaydi va urug' 2,5-3 barovar ko'p sarf bo'ladi. Bir yillik o'simliklarni ko'chatsiz usulda etishtirishda urug'lar bahorgi don ekinlari singari mart oxiri - aprel boshida ekiladi. Qatordagi o'simliklar va qatorlar orasidagi masofalar ekin vazifasi o'stirilayotgan o'simlik biologik xususiyatlarga ko'ra aniqlanadi. Urug'lar ariq tortuvchi traktor yoki qo'lda tayyorlangan qatorlarga ekiladi. Yerni tayyorlash - yer haydalayotgan yoki kultivatsiya paytida o'g'it to'liq solinmagan bo'lsa u holda jo'yak tortish davomida 1m2 yerga 30-50g superfosfat, 20-30g ammiyak seletrasi va 10-15g kaliy tuzi beriladi. Urug' yaxshi shamollatilgan torf, qum yoki chirindilar bilan ko'mib berkitiladi. Noqoratuproqlar sharoitlarida ekish ishlari qishdan oldin taxminan oktyabrning uchunchi o'n kunligida ekiladi. Bevosita yerga sepilgan urug' ko'chatlari 2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.17 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.17 MB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga