Gullarning changlanishi haqida

Gullarning changlanishi haqida

O'quvchilarga / Botanika
Gullarning changlanishi haqida - rasmi

Material tavsifi

32-§. GULLARNING CHANGLANISHI 6-sinf botanika darsligi asosida. 2017. Changdonda yetilgan changlarning urug'chi tumshuqcha-siga tushishiga changlanish deyiladi. Changlanish chetdan changlanish, o'z-o'zidan changla­nish va sun'iy changlanishga bo'linadi. Gullarning chetdan changlanishi. Ko'pchilik o'sim-liklar gulining changi va urug'chisi bir vaqtda yetilmay-di. Shuning uchun ham bitta guldagi chang shu gulda-gi tumshuqchani changlay olmaydi. Bunday holda bir gulning changi boshqa guldagi urug'chining tumshuq-chasiga tushishi kerak. Yetilib yorilgan changdondan chiq-qan changning hasharotlar, shamol, suv, qushlar va o'zga vositalar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tu­shishiga chetdan changlanish deyiladi. Gullar ochilgan vaqtda xushbo'y hid taratib hasharotlarni o'ziga jalb qila-di. Gullardan ular o'ziga kerak bo'lgan narsa - chang va xushbo'y asal shirasi (nektar)ni oladi. Ular gullardagi chang va nektarni turli a'zolari (xartumi, oyoqlari, tuklari) yorda­mida olib o'tadi. Yetilgan urug'chining tumshuqchasi nam va yopishqoq bo'lib, tushgan changni tutib qoladi Hasharotlar yordamida changlanuvchi o'simliklarga olma, o'rik, nok, beda, oqquray, g'o'za kabilar kiradi Bug'doy shamol yordamida changlanadigan o'simlikdir. Uning guli ikki jinsli. Bug'doy gullari murakkab boshoqda o'r-nashgan bo'lib, changchilari boshoqdan tashqarida osilib tura-di. Shamol esgan vaqtda tebrangan changchi gullardagi chang-donlar bir-biriga urilib yoriladi va ulardan chang sochiladi. Shamol yordamida bu changlar boshoqdan urug'chi gulning tumshuqchasiga o'tadi. Bordi-yu, shamol esmay, chang bo-shoqdagi hamma tumshuqchalarga tushmay qolsa, u holda siy-rak donli boshoq hosil bo'ladi va hosildorlik pasayib ketadi. Gullarning o'z-o'zidan changlanishi. Agar bir tup o'simlik changchisidagi chang shu guldagi urug'chining tum­shuqchasiga tushsa, bunday changlanish o 'z-o 'zidan changlanish deyiladi. Sun'iy changlatish. Agar o'simlikning guli odamlar tomonidan changlantiriladigan bo'lsa, uni sun'iy changlatish deyiladi. Sun'iy changlatishda yetilgan boshqa yoki shu o'simlikning changi olinib, shu yoki boshqa o'simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o'tkaziladi. Makkajo'xori gul-lari, ko'pincha, sun'iy yo'l bilan qo'shimcha changlantiriladi. Buning uchun makkajo'xori changi maxsus idishlarga yig'ib olinadi, so'ngra gullarning tumshuqchasiga sepiladi Savol va topshiriqlar Changlanish deb nimaga aytiladi? Gullar qanday usullar bilan changlanadi? O'simliklar qanday qilib hasharotlarni o'ziga jalb etadi? Shamol yordamida changlanish qanday nomlanadi (bug'doy misolida)? Gullarning changlanishi Changdonda yetilgan changlarning urug'chi tumshuqchasiga tushishiga changlanish deyiladi. Changlanish Chetdan changlanish O'z o'zidan changlanish Sun'iy changlanish 1 2 3 Yetilib yorilgan changdondan chiqqan chang hasharotlar yordamida boshqa gulning tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi. M. olma, o'rik, nok, beda, oq quray, g'o'za. Agar bir tup o'simlik changchisidagi chang shu guldagi urug'chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o'z-o'zidan changlanish deyiladi. Agar o'simliklarning gullari odam tamonidan changlatilsa bu changlanish sun'iy changlanish deyiladi. M. makkajo'xori. Urug'lanish Changchi va urug'chidagi jinsiy hujayralarning qo'shilish jarayoni urug'lanish deyiladi. Gulli o'simliklarda qo'sh urug'lanish jarayoni mavjud Urug'langan tuxum hujayradan mo'rtak hosil bo'ladi. Urug;langan markaziy hujayradan endosperm hosil bo'ladi. Urug'kurtakdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 09:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Botanika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.56 MB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga