KURS ISHI Mavzu: gULNING MORFOLOGIK TUZILISHI Xitoy roza guli (Hibiscus rosa) Oila - Malvaceae - Gulxayridoshlar Turkum - Althaea - Gulxayri (Altey) Tur - Althaea officinalis - Dorivor gulxayri Althaea officinalis - dorivor gulxayri, ko'p yillik o't. Bo'yi 70-150 sm. Poyasi tik o'sadi. Bir oz shohlangan, barglari tuxumsimon, uchburchak-yuraksimon, bazan 3-5 bo'lakli. Iyun-sentyabr oylarida gullab urug'laydi. O'rta Osiyo halq tabobatida qon tuflash, sil bronxial astmada, yo'tal va ko'krak og'rig'i mahallarida ildizlari, barglari va gullaridan tayyorlangan qaynatmasi yumshatuvchi dori sifatida, shuningdek, tomoqni chayqash uchun ham ishlatiladi. Suvyig'ar (Aquiligia) Gullari yirik, ochiq rangli, ikki doiradan iborat, gulqo'rog'oni bor. Tashqi tomonida ovalsimon barglari bor.Ulardan keyin esa gulkosachalar bilan navbatlashib turadigan voronkasimon 5 ta yirik gulbarglari bor. Gul markazida bir doirada bo'lib joylashgan 5 onalikdan iborat ginetsey bor, urug'ko'rtagi bir nechta bo'ladi. Pufanak (Anemone L.) Pufanak erta bahorda, daraxtlar barg chiqargan vaqtda gullaydi. Uning gulida oddiy. Ko'pincha besh azoli bo'ladigan gulqo'rg'on va spiral holda joylashgan bir qancha otaliklar bilan onaliklari bor. Ko'p yillik o't o'simlik. Boysun pufanagi (Anemone boissunensis), Buxoro pufanagi (Anemone bicharica), Cho'ziq pufanak (Anemone protracta). Bo' o'simliklar O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Adonis - Sug'uro't (Adonis). Ko'p yillik va bir yillik o'tsimon o'simlik. Barglari qo'sh patsimon, ingichka bo'laklarga kesilgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, gul kosachabarglari 5-8 ta, gultojbarglari 5 tadan. Changchilari va urug'chilari xam cheksiz. Mevasi ko'p azoli yong'oq. Meva tibbiyotda yurak kasalini davolashda ishlatiladi. Sariq rangli gultojbarglaridan bo'yoq olinadi. Qizg'aldoq - Roemeria Bir yilik o't o'simlik bo'lib, bo'yi 5-20 sm. Cho'l va adir zonasidagi ,toshli va qum tuproqli erlarda o'sadi.Barglari 2 bazan 3 bo'lauli patsimon efimer o'simlik mevasi ko'sak. Lola daraxti (Liliodendron tulipifera) Magnoliyadoshlar oilasiga yana Lola daraxti (Liliodendron tulipifera) xam kiradi. Lola daraxtining bo'yi 30-40 m li bo'lib, guli lolaning guliga o'xshaydi. Lekin rangi loladek ochiq bo'lmaydi. Barglaringing uchi o'tkir to'rt pallasi bor, barg uchi katta kertikli bo'ladi. Lola daraxtining yog'ochi asboblar tayyorlashda ishlatiladi. Magnoliya va lola daraxti manzarali daraxtlar sifatida O'zbekistonda ko'plab ekiladi. Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) Magnoliyadoshlar (Magnoliaceae) oilasi Oila vakillari daraxt va butalardan iborat bo'lib, ularning 12 turkumga mansub 240 ga yaqin turi mavjud. Ular asosan Janubiy - Sharqiy Osiyoning va Shimoliy Amerikaning janubi- g'arbidagi o'rmonlarda tarqalgan. Barglari oddiy, guli to'g'ri. Ikki jinsli, gul qo'rg'on bo'laklari 6-12 va undan xam ko'p. Changchi va urug'chilari ko'p, tumshuqchasi bandsiz. Tugunchasi yuqorda turadi. Mevasi murakkab, qubbaga o'xshash bo'lib, bargchalardan iborat. Bu oilaning eng asosiy turkumlaridan biri yirik gulli magnoliyadir - Magnolia grandiflora. Bo'yi 30 metrga etadigan daraxt bo'lib, gullari yirik, kattaligi 10-25 ...

Joylangan
16 Oct 2024 | 09:02:01
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.15 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 09:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Oct 2024 [ 09:02 ]
Bo'lim
Botanika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.15 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 09:13 ]
Arxiv ichida: pptx